Янгиликлар
01
Malakali yuridik xizmat koʼrsatilmoqda
Oʼtgan davr mobaynida Toʼrtkoʼl tuman Yuridik xizmat koʼrsatish markazi tomonidan Prezidentning 2021-yil 29-iyun kungi PQ-5168-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash borasida,tumandagi yuridik xizmat koʼrsatilayotgan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa ularning oʼrta va quyi boʼgʼinlarini huquqiy jihatdan taʼminlash va ularga sifatli va professional yuridik yordam koʼrsatish,davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirirish, mulkiy va boshqa manfaatlarini himoya qilish, shuningdek qabul qilinayotgan yuridik tusga ega hujjat loyihalarining har tomonlama puxta va sifatli boʼlishini taʼminlash maqsadida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, oʼtgan davr mobaynida tumandagi yuridik xizmat koʼrsatilayotgan davlat orgalari va tashkilotlaridan yuridik xizmat koʼrsatish Markaziga “E-huquqshunos” elektron tizim orqali 1851 ta yuridik tusga ega hujjat loyihalari kelib tushgan.
Ushbu hujjatlarning tahliliga koʼra, hujjatlarning 57 foizi ya’ni 1177 tasi ichki idoraviy meʼyoriy buyruqlar va 669 tasi 45 foizini xoʼjalik subektlari hamda fuqarolik tusga ega shartnomalar tashkil qiladi.
Oʼz navbatida, Markaz tomonidan “E-huquqshunos” elektron tizim orqali Markazga kelib tushgan 1851 ta yuridik tusga ega hujjat loyihalari belgilangan muddatlarda ekspertizadan oʼtkazilishi taʼminlandi.
Oʼtkazilgan ekspertiza natijalariga koʼra, “E-huquqshunos” elektron tizim orqali Markazga kelib tushgan 1851 ta yuridik tusga ega hujjat loyihalarining 1721 tasi qonunchilik talabiga muvofiq boʼlgani sababli ijobiy xulosa va 124 tasi esa, qonunchilikka nomuvofiq boʼlgani sababli ijrochilarga puxta ishlash uchun salbiy xulosalar bilan qaytarildi.Shu bilan birga, idoraviy hujjatlarni tayyorlash texnikasiga zid boʼlgani uchun 1 ta hujjat loyihasi rad etildi.
Taʼkidlab oʼtish joyizki, Markaz tomonidan berilgan ijobiy xulosalarning 1102 tasini ichki idoraviy buyruqlar, 619 tasini esa, xoʼjalik subektlari hamda fuqarolik tusga ega shartnomalar tashkil qiladi.
Bundan tashqari, hisob davrida Markaz oʼziga yuklangan vazifalar doirasida Markaz xodimlari tomonidan yuridik xizmat koʼrsatilayotgan davlat organlari hamda tashkilotlari xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida, 117 ta manzilli huquqiy targʼibot tadbirlari oʼtkazildi.
Shu jumladan, oʼtkazilgan 114 ta huquqiy targʼibot tadbirlarining 82 tasini ogʼzaki va 23 tasini ommaviy axborot vositalarida (5 ta televideniyada, gazetada 5 ta, radioda 5 ta, 8 ta qoraqalpoq.adliya.uz) hamda 9 tasini esa, bevosita “E-huquqshunos” elektron tizim orqali amalga oshirilgan huquqiy targʼibot tadbirlarini tashkil qiladi.
Shu bilan birga, yuridik xizmat koʼrsatilayotgan tashkilotlar tomonidan shartnomaviy munosabatlardan nizolar yuzaga kelmagani sababli, sudlarda ishtirok etish va talabnoma va daʼvo arizalarini kiritish uchun zaruriyat boʼlmadi.
B.Аvazmetov,
Toʼrtkoʼl tuman Yuridik xizmat
koʼrsatish markazi boshligʼi,
2-darajali adliya maslahatchisi.