Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

HOKIM YORDАMCHILАRINI RАGʼBАTLАNTIRISH MАXSUS JАMGʼАRMАSI TАSHKIL ETILDI


Taʼkidlash kerakki, 2022-yil 16-fevral kuni Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Hokim yordamchilari faoliyatini qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasini tashkil etish toʼgʼrisida”gi 72-son qarori qabul qilindi.
Ushbu Hujjat Prezidentning 2021-yil 3-dekabr kungi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʼallikni qisqartirish masalalari boʼyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi PQ–31-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan, tuman va shahar hokim yordamchilari faoliyatini yanada qoʼllab-quvvatlash va ragʼbatlantirish maqsadida maxsus Jamgʼarma tashkil etish boʼyicha Nizom tasdiqlandi. Ushbu Nizomga koʼra, maxsus Jamgʼarma yuridik shaxs tashkil etmagan holda shakllantirilishi hamda Moliya vazirligining Gʼaznachiligida shaxsiy gʼazna hisobvaragʼi ochilishi belgilandi.
Mazkur Nizomga asosan, maxsus Jamgʼarma mablagʼlari asosan Prezidentning farmon va qarorlari, Hukumatning qarorlari bilan ajratiladigan mablagʼlari, xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning texnik koʼmak mablagʼlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari mablagʼlari, shuningdek vaqtincha boʼsh mablagʼlarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar mablagʼlari hisobidan shakllantirilishi belgilandi.
Mazkur qaror bilan kiritilgan yangiliklardan biri, endilikda moliyalashtirilgan maxsus Jamgʼarma mablagʼlari hisobidan boshqa hududlardan kelib ishlayotgan hokim yordamchilari va respublika vakillari uchun turar joy ijarasi xarajatlari uchun kompensatsiya toʼlash; ish faoliyatida yaxshi natijalarga erishgan hokim yordamchilari va respublika vakillarini har oyda mukofotlash, oʼz shaxsiy avtomobilidan foydalanayotgan respublika vakillarining transport xarajatlarini, respublika vakillarining bir oyda bir marta doimiy yashash joyiga temir yoʼl transportida borib kelishi, shuningdek hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etishga kompyuterlar, planshetlar, multimedia va tarmoq qurilmalari hamda dasturiy taʼminotlarni xarid qilishlari uchun kompensatsiya toʼlash belgilandi.
Xulosa oʼrnida aytadigan boʼlsak, ushbu hujjat tom maʼnoda tuman (shahar) hokim yordamchilari faoliyatini qoʼllab-quvvatlashning tizimli mustahkam huuqiy asoslari yaratildi desak, aslo xato boʼlmagan boʼladi.


B.Аvazmetov,
Toʼrtkoʼl tuman Yuridik xizmat koʼrsatish
markazi boshligʼi