Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish masalalari


2022-yilning 28-yanvarida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida” PF-60-son Farmoni qabul qilindi. Prezidentning yuqoridagi farmoni bilan 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni “Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.
Yangi O'zbekistonning “Taraqqiyot strategiyasi” quyidagi yetti yo'nalishdan iborat:
1.inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
2.mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
3.milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish suratlarini ta'minlash;
4.adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish;
5.ma'naviy taraqqiyotni ta'minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;
6.milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;
7.mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish.
Taraqqiyot strategiyasiga ko'ra, 2026-yilgacha yehtiyojmand aholi ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan qamrab olinadi.
Shuningdek, 2023-yildan QQS 12%gacha tushirilishi ko'zda tutilgan. Joriy yilning 1-aprelidan Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 1-4 sinf o'quvchilari bepul ovqat bilan ta'minlanadi.
2023-yil 1-yanvardan pensiyani hisob-kitob qilishda ish haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 10 barobaridan 12 baravarigacha oshiriladi.
Shu bilan birga bank, moliya, telekommunikaciya kabi tadbirkorlik sub'ektlari uchun foyda solig'i 15%gacha tushirilishi ko'zda tutilgan. 2026-yilgacha energiya samaradorligi 20%ga oshiriladi, havoga chiqariladigan zararli gazlar 10%ga qisqartiriladi.
Sharoiti “og'ir” bo'lgan hududlarda 2025-yil 1-yanvargacha yangi tadbirkorlar uchun aylanmadan olinadigan soliq 1 foiz, yer solig'i, mol mulk solig'i hisoblangan summadan 1 foiz stavkada to'lash tizimi joriy etiladi.
2025-yil 1-iyuldan tadbirkorlikka oid barcha majburiy talablar yagona elektron reestri ishga tushiriladi. 2022-yil 1-aprelgacha licenziya va boshqa ruxsat yetuvchi hujjatlarni olish soddalashtiriladi. Jumladan, muayyan faoliyat bilan ko'chma tartibda, avtotransport orqali shug'ullanish imkoniyati yaratiladi. 25 dan ortiq faoliyat turi bo'yicha monopoliyalar (suyultirilgan gaz yetkazib, neft maxsulotlarini saqlash va boshqalar) tugatiladi.

To'rtko'l tuman yuridik xizmat ko'rsatish                     
markazi bosh yuriskonsulti                                            O'rinbaev B.