Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN IMORAT QURILISHI BOSHLANSA CHORA KO‘RILADI


To‘rtko‘l tumani Shuraxon OFY da D.S, To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limiga murojaat qilib o‘z arizasida, To‘rtko‘l tumani hokimligi tomonidan fuqaro A.N tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga chora ko‘rilmayotganligidan norozi bo‘lib shikoyat qiladi.
Mazkur murojaat joyiga chiqib o‘rganilganda, haqiqatdan ham fuqaro A.N tomonidan tegishli ruxsatsiz, o‘zboshimchalik bilan shaharsozlik normalariga zid ravishda imorat fundamenti qurilganligi holati To‘rtko‘l tumani hokimligi tomonidan 2021-yil oktyabr oyida aniqlangan bo‘lsada, o‘rganish kuniga qadar hech qanday chora ko‘rimaganligi aniqlandi.
Shuningdek, murojaatni o‘rganish jarayonida, ushbu o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat fundamenti buzib olib dastlabki holatga keltirish bo‘yicha, 2022-yil 15-fevral kuni To‘rtko‘l tumani hokimligi tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo Sudiga da’vo ariza kelib kiritilishi ta’minlandi.
Bundan tashqari, D.Sning murojaatida ko‘rsatilgan masalalarni belgilangan tartibda chora ko‘rilishini ta’minlashdan va jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklari aybdor bo'lgan mas’ul shaxslarning intizomiy javobgarlik masalasini hal qishish maqsadida To‘rtko‘l tumani hokimligiga taqdimnoma kiritildi.


To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limi