Янгиликлар
16
Navoiylik kelinning muammosi hal qilindi.
To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limiga, fuqaro A.B ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida 2020 yilda To‘rtko‘l tumanida yashovchi A.D bilan turmush qurganligi va sobiq turmush o‘rtog‘i N.Sh bilan nikohdan ajrashganlik guvohnomasini vaqtida olmaganligi sababli 2021-yil dekabr oyida tug‘ilgan qiz farzandimga tug‘ilganlik guvohnomasini olishda tushunmovchiliklar bo‘layotganligini bildirib huquqiy yordam berishni so‘radi.
Ushbu murojaat o‘rganilganda, fuqaro A.B sobiq turmush o‘rtog‘i N.Sh bilan o‘rtalaringizdagi qonuniy nikoh, Navoiy viloyati Karmana tumanlararo sudining 2020-yil 12-noyabr kungi hal qiluv qarori bilan bekor qilinganligi aniqlandi.
Shuningdek, fuqaro A.B mazkur sud qaroriga asosan 2022 yil 15 yanvar kuni olganligi, yangi tug‘ilgan farzandingizga tug‘ilganlik guvohnomasini olishda tushunmovchiliklarga sabab bo‘lgan.
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish QOIDALARIning 21 bandi talablarida “Ota-onasi nikohda bo‘lgan bolaning tug‘ilishi to‘g‘risidagi dalolatnomani yozish shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va nikoh tuzilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki ma’lumotnoma asosida amalga oshiriladi.
Bola tug‘ilgunga qadar uning otasi vafot etgan vaqtdan, ota-onasi nikohi bekor qilinganligidan yoki ota-onasining nikohi sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgandan keyin 300 kundan ko‘p vaqt o‘tmagan bo‘lsa otasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar xuddi shunday tartibda yoziladi.
Bunday hollarda ariza beruvchi tomonidan nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnoma, sudning nikohdan ajratish haqidagi qaroridan ko‘chirma (nusxa) yoki nikohni haqiqiy emas deb topganligi to‘g‘risida sudning qonuniy kuchga kirgan qaroridan ko‘chirma (nusxa) yoki otasining o‘limi haqidagi guvohnomasi taqdim etilishi kerak. Dalolatnoma yozuvining «Belgilar uchun» ustunida nikohdan ajralish yoki o‘limning qayd etilgan joyi va sanasi, dalolatnoma yozuvining tartib raqami, qarorni chiqargan sudning nomi va qarorning sanasi ko‘rsatiladi” deb belgilangan.
Yuqoridagilarga asosan, A.B ga 2021-yil dekabr oyida tug‘ilgan qiz farzandiga belgilangan tartibda tug‘ilganlik guvohnomasi olib berilishi ta’minlandi.
To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limi
bosh maslahatchisi M.Nuraddinov