Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Mehnat nizomchiligi bo‘yicha tez-tez beriladigan savollarga javoblar


1.Savol: Asosiy xodim  malaka oshirish  bir oylik o'qishga  ketdi. Uning ishini  bajarish vaqtincha  boshqa xodimga yuklandi. Xodimga qo'shimcha haq to'lanadimi?
Javob:Mehnat kodeksining 160-moddasiga ko'ra, bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganlik, o'rindoshlik asosida ishlaganlik uchun, xizmat ko'rsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi uchun xodimlarning mehnat haqi miqdori mehnat shartnomasi taraflari o'rtasidagi kelishuvga ko'ra belgilanadi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 297-sonli Qarorining 25-bandiga ko'ra, Byudjet tashkilotlarida bir necha kasb va lavozimda ishlaganlik, xizmat ko'rsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini ko'paytirganlik uchun qo'shimcha haq to'lash miqdori bir necha kasb va lavozimda ishlanayotgan lavozim bo'yicha maoshning (tarif stavkasining) 50 foizidan ortiq bo'lishi mumkin emas (O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan holatlar bundan mustasno) va byudjet tashkilotlarining mehnatga haq to'lash fondida nazarda tutilgan mablag'lar doirasida to'lanadi.
2.Savol:Xodim kasalxonada davolanayotgan qarindoshini kasalxonada olib yotibdi. Qarindoshiga qarab yotgan xodimga oylik ish haqi saqlanadimi?
Javob:Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha nafaqalar tayinlash va to'lash tartibi to'g'risida Nizomning 16-bandiga ko'ra, uch yoshgacha bo'lgan bolani yoki 16 yoshgacha bo'lgan nogiron bolani parvarishlashda band bo'lgan ona kasal bo'lib, bolani parvarishlashga qurbi yetmay qolgan hollarda, parvarish bilan band bo'lgan ishlayotgan boshqa oila a'zolari yoki qarindoshlariga (mehnatga layoqatsizlik varaqasiga asosan) nafaqa beriladi.Oilaning kasal bo'lgan a'zosiga qarash bo'yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bemor birovning parvarishiga muhtoj bo'lgan, lekin 7 kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi.O'n to'rt yoshga yetmagan bemor bolaga qarash uchun vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi bolaga parvarish kerak bo'lgan, ammo 14 kalendar kunidan oshmagan davr uchun beriladi.
3.Savol:Xodim homiladorlik va tugish ta'tiliga chiqqan, ta'tilning oxirgi muddati 10-may 2022-yil. Shu davrda xodimning chaqalog'i o'lik holatda tug'ildi, xodim ishga qachondan qaytishi lozim?
Javob:O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 233-moddasida homiladorlik va tug'ish ta'tili jamlangan holda hisoblab chiqilib, tug'ishga qadar amalda bunday ta'tilning necha kunidan foydalanilganidan qat'iy nazar ayolga to'liq beriladi deyilgan.
Ushbu kodeksning 286-moddasida homiladorlik va tug'ish nafaqasi homiladorlik va tug'ish ta'tilining butun davrida to'liq ish haqi miqdorida to'lanishi, shuningdek, Davlat ijtimoiy sug'urtasi bo'yicha nafaqalar tayinlash va to'lash tartibi to'g'risida Nizomning 42-bandiga kura,homiladorlik va tug'ish bo'yicha nafaqa (shu jumladan, homila tushgan hollarda) vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko'rsatilgan barcha davr uchun to'lanishi belgilangan.
4.Savol: Maktabda o'qituvchi bo'lib ishlayotgan 4-kurs talabasiga yakuniy nazorat imtihonlari uchun maktab rahbariyati  qo'shimcha ta'til berishga majburmi yo bu ixtiyoriymi?  
Javob: O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 256-moddasiga ko'ra, Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida ta'lim olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida qatnashish davrida quyidagi tartibda: birinchi va ikkinchi kursda ta'limning kechki shaklida oliy o'quv yurtlarida ta'lim olayotganlarga har yili kamida yigirma kalendar kun, o'rta maxsus o'quv yurtlarida ta'lim olayotganlarga har yili kamida o'n kalendar kun, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida sirtdan ta'lim olayotganlarga esa, har yili kamida o'ttiz kalendar kun; uchinchi va undan keyingi kursda ta'limning kechki shaklida oliy o'quv yurtlarida ta'lim olayotganlarga har yili kamida o'ttiz kalendar kun, o'rta maxsus o'quv yurtlarida ta'lim olayotganlarga har yili kamida yigirma kalendar kun, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida sirtdan ta'lim olayotganlarga esa, har yili kamida qirq kalendar kun; oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida bitiruv imtihonlarini topshirish davrida kamida o'ttiz kalendar kun; diplom loyihasini (ishini) tayyorlash va yoqlash davrida oliy o'quv yurti talabalariga to'rt oy, o'rta maxsus o'quv yurti talabalariga esa ikki oy muddat bilan o'rtacha oylik ish haqi saqlangan holda qo'shimcha ta'tillar beriladi.
Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarining oxirgi kurslarida o'qiyotgan xodimlarga diplom loyihasiga materiallar to'plash uchun o'ttiz kalendar kun muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda ta'til beriladi. Mazkur ta'til davrida talabalar va o'quvchilarga umumiy asoslarda stipendiya tayinlanadi.

Madad NNT Nukus shahar huquqiy maslahat byurosi
bosh mutaxassisi                                                                                                         A.Aldamuratova