Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Kompensaciya pul toʼlovlari beriladigan bo‘ldi


To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limiga, fuqaro X.K murojaat qilib 1985-1987 yillarda Afgʼonistonda urushlar davrida harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlarda xizmat qilgangan bo‘lsada, xalq ta'limi bo‘limi tomonidan  “2021-yil yanvar-sentyabr oylari oraligʼida toʼlanishi lozim boʼlgan kompensaciya pullari toʼlanmasdan qoldi” degan mazmundagi murojaat qiladi. Mazkur murojaat joyiga chiqib o‘rganilganda, haqiqatdan ham uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʼlash boʼyicha kompensaciya pul toʼlovlari fuqaro X.K ga 2021-yil yanvar-sentyabr oylarida toʼlanmasdan qolganligi o‘z tasdig‘ini topdi.
Vaholanki, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentyabrdagi 252-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʼlash tartibi toʼgʼrisida”gi Nizomning 1 ilovasiga muvofiq, urush qatnashchilariga tenglashtiriladigan shaxslar roʼyxati “k” kichik bandiga, harbiy harakatlar ketayotgan mamlakatlarda oʼz baynalmilal burchlarini ado etgan, tinchlik oʼrnatuvchi kuchlar tarkibida ishtirok etgan harbiy xizmatchilar, Ichki ishlar va Davlat xavfsizlik xizmati organlarining boshliqlar va oddiy xodimlar tarkibidan boʼlgan shaxslar kiritilgan.
Bundan tashqari, Oʼzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 30-dekabrda 2175-raqami bilan roʼyxatdan oʼtkazilgan “Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʼlash boʼyicha kompensaciya pul toʼlovlarining mexanizmi toʼgʼrisida”gi Nizomning 6 bandiga koʼra, ishlaydigan fuqarolarga, shu jumladan Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan pensiya oluvchi ishlaydigan pensionerlarga ish haqini toʼlash muddatlarida kompensaciyalar toʼlanishi belgilangan.
Yuqoridagilarga hamda Oʼzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʼgʼrisidagi Nizomga asosan, fuqaro X.K buzilgan huquqlarini tiklash maqsadida tuman xalq ta’limi bo‘limiga taqdimnoma kiritilib, yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilish xolatlari bartaraf qilinib, aybdor xodimlar intizomiy javobgarlikka tortildi.

  




To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limi

bosh maslahatchisi                              M.Nuraddinov