Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

«Temir daftarlar», «Ayollar daftari»ga hamda «Yoshlar daftarlari»ga kiritilgan yosh oilalarning farzandlariga yakka tartibdagi xonadonida qo'shimcha uy-joy qurish uchun imtiyozlar


Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, so'nggi yillar mobaynida yurtimizda yoshlarni ijtimoiy qo'llab-qo'vvatlash bo'yicha maqsadli va puxta o'ylangan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Shu asosda, O'zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktyabr kungi 637-son qarorining Ilovasi bilan «Temir daftar» va «Ayollar daftari»ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan  yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo'shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz kredit ajratish tartibi to'g'risida Nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizomga asosan, yuqorida qayd etib o'tilgan daftarlarga kiritilgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo'shimcha uy-joy qurish uchun banklardan garovsiz kredit ajratish tartibibilan bog'liq quyidagi imtiyozli mezonlar belgilandi. Unga ko'ra,kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to'lgan va 30 yoshdan oshmagan  O'zbekiston Respublikasi fuqarolari; «Temir daftar» va «Ayollar daftari»ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarning yangi turmush qurganlariga 3 yildan oshmagan yoshlar; daromad manbalariga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo'jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek, kredit bo'yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to'lov jadvaliga muvofiq har oyda to'lash uchun yetarli bo'lgan qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega bo'lishi; shuningdek, qarz yuki ko'rsatkichi qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari bo'yicha o'rtacha oylik to'lovlarining ushbu qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan o'rtacha oylik daromadlarining 70 foizdan yuqori bo'lmasligi; shu bilan birga, yakka tartibdagi xonadonda qo'shimcha uy-joy qurish ishlari qiymatining kamida 15 foizi miqdorida boshlang'ich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega bo'lishi; bundan tashqari, kredit ajratishni ko'rib chiqish vaqtida qarz oluvchining kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar bo'yicha muddati o'tgan qarzdorligi mavjud bo'lmasligi; ilgari arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan va ipoteka kreditlari bo'yicha subsidiyalardan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda uy-joy bilan ta'minlash bo'yicha boshqa yordam olmagan bo'lishi; shuningdek, yakka tartibdagi xonadonda qo'shimcha uy-joy qurish uchun yer uchastkasiga umrbod egalik qilishi yoki mulk huquqi va belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga ega bo'lishi belgilangan.
Ushbu Nizomga ko'ra,kredit yoshlarning alohida toifalariga garovsiz asosda ajratilishi  ham belgilangan.
Bunda, qarz oluvchining kreditni qaytarish bo'yicha majburiyati ta'minoti sifatida ajratilgan kreditlarning muddati o'tgan asosiy va foiz qarzdorligini qoplab berish sharti bilan quyidagilar taqdim etiladi:
- «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarning yangi turmush qurgan farzandlari uchun — «Saxovat va ko'mak» jamg'armasining kafilligi;
- «Ayollar daftari»ga kiritilgan oilalarning yangi turmush qurgan farzandlari uchun — «Ayollar daftari» jamg'armasining kafilligi;
-  «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlar uchun — «Yoshlar daftari» jamg'armasining kafilligini taqdim qilish belgilandi.
Mazkur Nizomga asosan, yakka tartibdagi xonadonda qo'shimcha uy-joyni qurish ishlari uchun berilishi mumkin bo'lgan kreditning eng ko'p miqdori 33 million so'mdan oshib ketmasligi belgilangan.
Ushbu Nizomga muvofiq, kreditlar  bozor stavkasida mijoz xohishiga ko'ra 6 oy imtiyozli davr bilan,  20 yildan ko'p bo'lmagan muddatga undaboshlang'ich badali yakka tartibdagi xonadonda qo'shimcha qurilayotgan uy-joy qiymatining 15 foizidan kam bo'lmagan miqdori belgilangan.
Xulosa qilib aytganda,ushbu qarori  tom ma'noda, yurtimizda «Temir daftariga», «Ayollar daftariga» hamda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan  yosh oilalarning farzandlariga yakka tartibdagi xonadonlarida qo'shimcha uy-joy qurishlarini huquqiy jihatdan kafolatlashga xizmat qiladi.

B.Avazmetov,

To'rtko'l tuman yuridik xizmat ko'rsatish
markazi boshlig'i