Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Mulk ijarasi shartnomasini tuzishda nimalarga ahamiyat berishimiz kerak?


O'zbekiston Respublikasi davlat soliq qo'mitasining 2018-yil 15-avgustdagi “Ko'chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo'yish tartibi to'g'risida”gi Nizomni tasdiqlash haqida 2018-65-son Qarori O'zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 11-oktyabrda 3077 raqami ro'yxatdan o'tkazilgan.Ko'chmas mulk ijara shartnomalari O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida belgilangan tartibda tuziladi va davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo'yiladi.O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 612-moddasiga muvofiq uy-joyni ijaraga berish shartnomasi besh yildan ortiq bo'lmagan muddatga tuziladi. Agar shartnomada muddat ko'rsatilgan bo'lmasa, u besh yilga tuzilgan hisoblanadi.Haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish uchun topshirish mulk ijarasi hisoblanadi. Mulk ijarasi munosabatlari tomonlar o'rtasida tuziladigan shartnomaga asosan tartibga solinadi. Ushbu turdagi shartnomaga ijaraga berilayotgan uyning umumiy maydoni, ijara haqining miqdori, ijara munosabatlarining boshlanish va yakunlanish vaqti va ish uchun ahamiyatli bo'lgan boshqa holatlar ko'rsatiladi. Ijaraga beruvchi yoki uning vakili ko'chmas mulk ijara shartnomasini shartnoma tuzilgan kundan e’tiboran o'n kundan kechiktirmay davlat soliq xizmati organida hisobga qo'yishi shart.
Ko'chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo'yishda to'lov undirilmaydi. Ko'chmas mulk ijara shartnomasi shartnomada belgilangan muddat tugaganidan keyin bekor bo'ladi. Ko'chmas mulk ijara shartnomasi sud tartibida bekor bo'lganda, ijaraga beruvchi sud qarorini davlat soliq xizmati organiga taqdim etishi lozim.Taraflarning kelishuviga binoan ko'chmas mulk ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor bo'lganda ko'chmas mulk ijara shartnomasini bekor qilinganligi haqida kelishuv davlat soliq xizmati organlarida majburiy hisobga qo'yish uchun taqdim etiladi. Amaliyotda ijara munosabatlari bo'yicha shartnoma tuzilmasligi, ko'pgina nizolarga olib kelishini ko'rishimiz mumkin.
Ijaraga oluvchi mazkur shartnoma imzolangunga qadar ijaraga berilayotgan uy-joy boshqa shaxsga ótkazilmagan, garovga qóyilmagan, nizoda yóq va ijaraga berilishi taqiqlanmaganligiga ahamiyat berishi kerak.Shu sababli mulk ijarasi shartnomasi namunasi tayyorlangan bo'lib, tomonlar shartnoma namunasidagi so'rovnomalarni aniq, ravon va turlicha talqin qilinmaydigan so'zlardan foydalangan holda to'ldirishlari, kelgusida nizolar kelib chiqishining oldini oladi.


Qónģırot tumani yuridik
xızmat kórsatish markazi
bosh yuriskonsulti                                                              M.Seytbayeva