Янгиликлар
04
Keksa yoshdagi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash huquqiy asoslari
Inson qadri har narsadan ulug‘. Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, olamshumul o‘zgarishlar zamirida ana shu ezgu maqsad mujassam. Keksalarni e’zozlash, qadrlash ularga hurmat e’tibor ko‘rsatish xalqimizga xos azaliy qadriyatlardan biridir. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqi belgilab qo‘yilgan.
Shuningdek, yurtimizda keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qator qunon hujjatlar mavjud “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” qonunning 2-moddasida Davlat pensiyalarining turlari; yoshga doir pensiya, nogironlik pensiyasi, boquvchisini yo‘qotganlik pensiya turlari qonun hujjatlar bilan belgilab qo‘yilgan. Yoshga doir pensiya olish huquqi erkaklar-60 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda, ayollar-55 yoshga to‘lganda va ish stajlari kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda ega bo‘ladilar.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 27 sentyabrdagi 816-son qaroriga asosan, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda ularning o‘rnini yanada oshirish maqsadida har yil oktyabr oyining birinchi haftasida yurtimiz miqyosida “Keksalar haftaligi”ni o‘tkazish belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 16 sentyabrdagi tegishli bayoniga asosan, o‘tkan yilning 4-10 oktyabr kunlari “Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish-xalqimizga xos ezgu fazilat” g‘oyasi ostida mamlakatimizning barcha hududlarida “Keksalar haftaligi” o‘tkazilganligi hammamizga ma’lum.
Shuningdek, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, «saxovat» va «muruvvat» internat uylari tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida PF-6195-sonli Prezidentining farmoni qabul qilindi. So‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish borasida keng miqyosli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bunda, Agentlik keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida vakolatli davlat boshqaruvi organi sifatida belgilanib qo‘yildi.
Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda yoshi ulug‘ insonlarning munosib hayot kechirishi uchun barcha sharoit yaratilmoqda. Bu kabi keng ko‘lamli islohotlar zamirida, avvalo, jamiyatimizni yanada erkinlashtirish, hayotimizni bundanda obod va farovon qilish, tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash singari ezgu maqsadlar mujassamdir.
Beruniy tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti A.Kamalbaev