Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Tadbirkorlik subyektlarining huquq va erkinliklari qonun bilan kafolatlangan


Muhtaram yurtboshimiz va mutassadi tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik subektlari sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar tadbirkorlik subyektlarining huquq va erkinliklarini ta’minlash va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishda muhum ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Mana shunday normativ-huquqiy hujjatlardan biri O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.09.2021-yildagi “Tadbirkorlik subyektlari uchun ma’muriy va soliq yukini yanada kamaytirish, biznesning qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6314-sonli farmonidir.Mazkur farmonning 5-bandi talablariga ko’ra 2022-yilning 1-yanvaridan nazorat qiluvchi organlar tadbirkorlik subyektlari faoliyatini belgilangan tartibda tasdiqlangan savolnoma bo‘yicha tekshirish tartibi belgilandi.
Endilikda, tadbirkorlik subyektlarini tekshirishda tegishli tartibda tasdiqlangan savolnomada nazarda tutilgan holatlar o’rganilib, savolnomada nazarda tutilmagan holatlarni o’rganishga yo’l qo’yilmaydi.
Shuningdek, Farmonda Savdo-sanoat palatasi a’zosi bo‘lgan tadbirkorlik subyektining faoliyatini tekshirishda ushbu tadbirkorlik subyekti roziligi bilan Savdo-sanoat palatasi xodimlari ishtirok etishi belgilab qo’yildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 7-sentabrda 3067-son bilan ro`yxatdan o`tkazilgan “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va o‘tkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizom”ning 24-bandida  Tadbirkorlik subyektlari birlashmalarining a’zosi bo‘lgan tadbirkorlik subyektining faoliyatini tekshirishda ushbu tadbirkorlik subyekti so‘roviga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining a’zosi bo‘lgan tadbirkorlik subyektining faoliyatini tekshirishda esa palata vakillari ishtirok etishi mumkinligi nazarda tutilgan edi.
Shu bilan bir qatorda Farmonda tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining hisobi elektron tarzda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tomonidan yuritib borish belgilab qo’yildi, bu esa o’z navbatida aksariyat tadbirkorlik subyektlarida tekshirishlarni ro’yxatga olish kitobi (elektron shakli) mavjud emasligini oldi oladi.
Eng muhimlaridan biri tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlarni o‘tkazishga qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilishini oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbirlari belgilangan tartibda o‘tkazilgandan so‘ng yo‘l qo‘yilishi nazarda tutilgan. (Bundan soliq tekshiruvlari, jinoyat ishlari va tezkor-qidiruv faoliyati doirasida, shuningdek, qonunchilik hujjatlari buzilishi haqidagi murojaatlar va ma’lumotlar asosida o‘tkaziladigan tekshiruvlar mustasno). Bu esa o’z navbatida nazarot qiluvchi organlar tomonidan  har bir tadbirkorlik subyektida qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilishini oldini olish bo‘yicha muntazam ravishda profilaktika tadbirlarini o’tkazishga hamda qonun buzilishlarni oldini olishga xizmat qiladi.

Beruniy tumani Yuridik xizmat ko’rsatish
Markazi bosh yuriskonsulti                                                                    V.Turaniyazov.