Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Ellikqal’a tumani yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan 2021-yil 1- oktyabr kunidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida H I S O B O T


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyunda qabul qilingan “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5168-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan “Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari toʻgʻrisida”gi nizomning 14-bandiga asosan, yuridik xizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarda mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash, shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish belgilangan. Mazkur tartibga rioya etilishini ta’minlash maqsadida doimiy ravishda xizmat koʻrsatilayottgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan va imzolanayotgan yuridik tusdagi hujjatlarni qonunchilik talablari asosida ishlab chiqlishini hamda ijroga qaratilshida barcha davlat organlari va tashkilotlarida bir hil amaliyotni joriy etish yuzasidan markaz hodimlari oʻzlarining huquqiy yordamlarini berib kelmoqda.
Jumladan, hozirgi kunda Ellikqal’a tumani yuridik hizmat koʻrsatish markazi tomonidan hududdagi 12 ta davlat tashkilotlari Moliya boʻlimi, Xalq ta’limi boʻlimi, Maktabgacha ta’lim boʻlimi, Madaniyat boʻlimi, Tibbiyot birlashmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi, Davlat oʻrmon xoʻjaligi, Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi boʻlimi, Obodonlashtirish boshqarmasi, Irrigatsiya boʻlimi, Qurilish boʻlimi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi xamda XTBga qarashli 71 ta umumta’lim maktablari, MTBga qarshli 30 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda 11 ta Tibbiyot birlashmasi tizimiga kiruvchi muassasalarga yuridik xizmat (bepul yuridik maslaxatlar va yordam) koʻrsatib kelinmoqda. Shu kunga qadar markaz tomonidan 1306 ta yaqin hujjatlar koʻrib chiqilib ularning qonunchilikka rioya etgan holda qabul qilinishi yuzasidan huquqiy xulosalar berib borilmoqda. Bundan tashqari, markaz tomonidan xizmat koʻrsatilayotgan davlat organlari va tashkilotlarida huquqiy hujjatlarni qabul qilishda bir hil amaliyotni joriy etish maqsadida mehnat qonunchiligi yuzasidan namunaviy hujjatlar toʻplami ishlab chiqlib, barcha tashkilotlarga yetkazildi hamda ushbu namunaviy hujjatlar toʻplamidan foydalanish yuzasidan huquqiy tushuntirish va targʻibot tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda.
Markaz tomonidan, xizmat koʻrsatilayotgan davlat organlari va tashkilotlariga sifatli yuridik yordam koʻrsatish maqsadida markaz hodimlarini yuqorida keltirib oʻtilgan tashkilotlarga birkitirish amaliyoti joriy etilib, roʻyxat asosida yuridik markaz hodimlari muassasalarga biriktirilgan. Shuningdek, xaftaning har-bir kuni davlat organlari va tashkilotlarida huquqiy targʻibot kuni etib belgilanib, xar bir markaz hodimi shu kuni sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklar va normativ xujjatlar bilan ishlash yuzasidan targʻibot tadbirlarini amalga oshirib kelinmoqda. Ellikqal’a tumani yuridik xizmat koʻrsatish markazining ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, Telegram) da oʻz sahifalarini tashkil etilib, ushbu tarmoqlar orqali markaz faoliyatidagi hamda qonunchilikdagi yangiliklar jamoatchilikka yoritib borilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyunda qabul qilingan “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5168-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan “Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari toʻgʻrisida”gi nizomning 14-bandiga asosan, yuridik xizmat koʻrsatiladigan tashkilotlarda mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash maqsadida Ellikqal’a tumanida faoliyat koʻrsatayotgan tashkilot va boʻlimlarda mehnat qonunchiligiga rioya etilish holati monitoring shaklida oʻrganildi.
Mazkur oʻrganish jarayonida Ellikqal’a tumani xalq ta’limi boʻlimi tomonidan joriy yilning oktyabr oyidan 30-dekabr kuniga qadar qabul qilingan hujjatlari monitoring shaklida oʻrganilganida, monitoring qiliniyotgan davr mobaynida jami 117 ta hujjatlar boʻlim boshligʻi tomonidan imzolanib roʻyxatdan oʻtkazilganligi va ijroga qaratilganligi aniqlandi. Ushbu hujjatlarni mehnat qonunchiligiga rioya etilishi oʻrganilganida, quydagilar aniqlandi;
Boʻlim tomonidan chiqarilgan 117 ta xujjatlarning 117 tasi markazga yuridik xulosa olish uchun “Ye-huquqshunos” tizimi orqali yuborilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2021-yil kungi PQ-5168-son qarori talablariga rioya etilgan xolda chiqarilganligi, mazkur hujjatlar huquqiy jihatdan oʻrganilib tahlil qilinganida, 35 holatda salbiy xulosalar berilgan qonunchilik talablari buzilganligi, bu holat kelgusida salbiy holatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi, aniqlangan kamchiliklarni shu joyning oʻzida bartaraf etish yuzasidan boʻlim ma’sullari hodimlariga huquqiy tushuntirish va amaliy yordam koʻrsatildi.
Boʻlimning jamoa shartnomasi 2021-yil yanvar oyida qayta koʻrib chiqlib yangilangan boʻlib, oʻrganilganida qonunchilikka rioya etilganligi, hodimlarning huquq va majburiyatlari qonunchilik asosida koʻrsatib belgilanganligi aniqlandi. Boʻlim hujjatlar oʻrganish davomida sohaga doir qabul qilingan qonun va qonunosti hujjatlarini bekor boʻlganligi yoki kuchini yoʻqotganlik holati aniqlanmadi.
Oʻrganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan xalq ta’limi boʻlimi mudiri A.Nurimbetov kelishib olindi. Ellikqal’a tumani Maktabgacha ta’lim boʻlimi- joriy yilning oktyabr oyidan 30-dekabr kuniga qadar qabul qilingan hujjatlari monitoring shaklida oʻrganilganida, monitoring qiliniyotgan davr mobaynida jami 67 ta hujjatlar boʻlim boshligʻi tomonidan imzolanib roʻyxatdan oʻtkazilganligi va ijroga qaratilganligi aniqlandi.
Mazkur hujjattlarning barchasi “Е-huquqshunos” tizimi orqali markazga taqdim etilib, xulosalar olingan. Mazkur boʻlim faoliyatini amalga oshirishda yuridik markaz bilan hamkorlik toʻliq oʻrnatilganligi, har bir hujjatlar loyihalarini tayyorlashda doimiy markaz hodimlari bilan maslahatlashib tayyorlanib kelayotganligi, shu kunga qadar “E-huquqshunos” tizimi orqali kelib tushgan 67 ta hujjatlarning 12 tasida qonunchilik talablariga rioya etilmaganligi markaz hodimlari tomonidan salbiy xulosalar berilgan. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam koʻrsatilgan. Mazkur boʻlim tomonidan imzolanayotgan hujjatlarning aksariyati autsorsing tashkilotlari bilan oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish toʻgʻrisidagi xoʻjalik shartnomalar ekanligi ma’lum boʻldi. Ellikqal’a tumani tibbiyot birlashmasi – mazkur birlashmaning boshqaruv ma’muriyati tomonidan chiqarilayotgan huquqiy ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlar monitoring etilganida joriy yilning oktiyabr va 30-dekabr kuniga qadar jami 613 ta hujjatlar qabul qilingan boʻlib, shundan “Ye-huquqshunos” tizimi orqali hujjatlar markazga yuridik xulosa olish maqsadida taqdim etilganligi, shundan 592 tasiga ijobiy, 21 tasiga salbiy xulosa berilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2021-yil kungi PQ-5168-son qarori talablariga rioya qilinmasdan 2021-yil 2-oktabr kuni №211-sonli buyrugʻi chiqarilgan buyruq 41-paragrfdan iborat. 2021-yilning 4-oktabr kuni №212 –sonli buyrugʻi chiqarilgan bu buyruq 13 ta paragrfdan iborat. 2021-yil 5-oktabr kuni №213-sonli buyruq chiqarilgan buyruq 7 ta paragrfdan iborat. 2021-yil 6-oktabr kuni 214 –sonli buyrugʻi chiqarilgan buyruq 12 ta paragrfdan iborat. 2021-yilning 7-oktabr kuni №215-sonli buyrugʻi chiqarilgan buyruq 4 ta paragrfdan iborat. 2021-yil 8-oktabr kuni №216-sonli burugʻi chiqarilgan buyruq 4 ta paragrfdan iborat. 2021-yilning 9-oktabr kuni №217-sonli burugʻi chiqarilgan buyruq 7 ta paragrfdan iborat buyruqdan chiqarilgan boʻlib sababi soʻralganida Tibbiyot birlashmasi va yuridik markaz oʻrtasida xali toʻliq integratsiya boʻlmaganligi “E-huquqshunos” tizimi toʻliq ishga tushmaganligini bildirdi. Bu holat boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vazirligiga ma’lumotnoma berildi. Bugungi kunda ijobiy hamkorlik oʻrnatilgan boʻlib, barcha hujjatlarni loyihalarini tayyorlashda markaz bilan doimiy maslahatlashuv tashkil etildi, jumladan telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali “Yuridik Markaz” nomli gurux tashkil etilib tizim tarkibidagi barcha muassasalar kadrlar bilan ishlovchi hodimlari va buxgalterlari a’zo boʻlishi ta’minlangan. Birlashmaning jamoa shartnomasi oʻrganilganida, 2021-yildan jamoa shartnomasi qayta koʻrib chiqilib, qonunchilik asosida qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilganligi ma’lum boʻldi.
Shuningdek, huquqiy ahamiyatga ega hujjatlar bilan ishlashda bir hil amaliyotni joriy qilish maqsadida yuridik markaz tomonidan taqdim etilgan namunaviy hujjatlar toʻplamidan foydalanib kelinmoqda. Oʻrganish davomida mazkur birlashma tarkibida 11 ta muassasa borligi, ularda 1660 dan ortiq hodimlar faoliyat yuritishi, xar bir qabul qilinayotgan xujjatlarni “E-huquqshunos” dasturiga joylashda faqatgina bitta xodim tomonidan kiritilayotganligi ish xajmining koʻpligi, bu xujjatlarni joylash, ularni yuridik xulosasini olishda qiyinchiliklar yuzaga keltirayotganligi kadrlar bilan ishlovchi hodimlar ma’lum qilishdi.
Ellikqal’a tumani Pensiya boʻlimi- joriy yilning oktyabr oyidan 30-dekabr kuniga qadar qabul qilingan hujjatlari monitoring shaklida oʻrganilganida, monitoring qiliniyotgan davr mobaynida jami 9 ta hujjatlar shundan 1 ta buyruq va 8 ta regress talabnoma, boʻlim boshligʻi tomonidan imzolanib roʻyxatdan oʻtkazilganligi va ijroga qaratilganligi aniqlandi.
Mazkur hujjattlarning barchasi “Ye-huquqshunos” tizimi orqali markazga taqdim etilib, hulosalar olingan. Mazkur boʻlim faoliyatini amalga oshirishda  yuridik markaz bilan hamkorlik toʻliq oʻrnatilganligi, har bir hujjatlar loyihalarini tayyorlashda doimiy markaz hodimlari bilan maslahatlashib tayyorlanib kelayotganligi ma’lum boʻldi. Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Ellikqal’a tumani boʻlimi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asosan 1 ta da’vo arizalari sudlarga kiritilib, ushbu da’vo arizalari orqali, shu kungacha 13.306 428 soʻm miqdoridagi mablagʻ undirilib, hisob raqamga oʻtkazilgan.Bugungi kunda 7 talabnomaga asosan 5 ta da’vo arizalari sudlarga kiritilib tashkilotlardan jami 36 555 087 soʻm regress tartibida undirish jarayonida.
Ellikqal’a tumani Moliya boʻlimi- joriy yilning 1-oktabr oyidan 30-dekabr kuniga qadar qabul qilingan hujjatlari monitoring shaklida oʻrganilganida, monitoring qiliniyotgan davr mobaynida jami 40 ta hujjatlar boʻlim boshligʻi tomonidan imzolanib roʻyxatdan oʻtkazilganligi va ijroga qaratilganligi aniqlandi. Mazkur hujjattlarning barchasi “E-huquqshunos” tizimi orqali markazga taqdim etilib, hulosalar olingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2021-yil kungi PQ-5168-son qarori talablariga rioya qilinmasdan 1 ta xolatda 2021-yil 5-oktabr kungi №46/1-sonli buyruq chiqarilgan boʻlib mazkur xolat yuzasidan boʻlim toʻliq integratsiya qilinmaganligi ma’lum qildi. Bu holat boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vazirligiga ma’lumotnoma berildi. Mazkur boʻlim faoliyatini amalga oshirishda  yuridik markaz bilan hamkorlik toʻliq oʻrnatilganligi, har bir xujjatlar loyihalarini tayyorlashda doimiy markaz hodimlari bilan maslahatlashib tayyorlanib kelayotganligi, shu kunga qadar “Ye-huquqshunos” tizimi orqali kelib tushgan qonunchilik talablariga rioya etilishi va qonunchilik talablari asosida ishlab chiqarilishi yuzasidan amaliy yordam koʻrsatilgan.
Ellikqal’a tumani Obodonlashtirish boshqarmasi- joriy yilning oktabr oyidan 30-dekabr kuniga qadar qabul qilingan hujjatlari monitoring shaklida oʻrganilganida, monitoring qiliniyotgan davr mobaynida jami 64 ta hujjatlar boʻlim boshligʻi tomonidan imzolanib roʻyxatdan oʻtkazilganligi va ijroga qaratilganligi aniqlandi.
Mazkur hujjattlarning barchasi “E-huquqshunos” tizimi orqali markazga taqdim etilib, xulosalar olingan. Mazkur boʻlim faoliyatini amalga oshirishda  yuridik markaz bilan hamkorlik toʻliq oʻrnatilganligi, har bir hujjatlar loyihalarini tayyorlashda doimiy markaz hodimlari bilan maslahatlashib tayyorlanib kelayotganligi, shu kunga qadar “E-huquqshunos” tizimi orqali kelib tushgan 64 ta hujjatlarning 5 tasida qonunchilik talablariga rioya etilmaganligi sababli markaz tomonidan salbiy xulosa berilgan, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam koʻrsatilgan.
Ellikqal’a tumani Veterinariya boʻlimi- joriy yilning oktyabr oyidan 30-dekabr kuniga qadar qabul qilingan hujjatlari monitoring shaklida oʻrganilganida, monitoring qiliniyotgan davr mobaynida jami 29 ta hujjatlar boʻlim boshligʻi tomonidan imzolanib roʻyxatdan oʻtkazilganligi va ijroga qaratilganligi aniqlandi. Mazkur hujjattlarning barchasi “E-huquqshunos” tizimi orqali markazga taqdim etilib, hulosalar olingan. Mazkur boʻlim faoliyatini amalga oshirishda  yuridik markaz bilan hamkorlik toʻliq oʻrnatilganligi, har bir hujjatlar loyihalarini tayyorlashda doimiy markaz hodimlari bilan maslahatlashib tayyorlanib kelayotganligi, shu kunga qadar “E-huquqshunos” tizimi orqali kelib tushgan 29 ta hujjatlarning 2 tasida qonunchilik talablariga rioya etilmaganligi va markaz tomonidan salbiy xulasa berilgan, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam koʻrsatilgan.
Ellikqal’a tumani Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi- joriy yilning oktyabr oyidan 30-dekabr kuniga qadar qabul qilingan hujjatlari monitoring shaklida oʻrganilganida, monitoring qiliniyotgan davr mobaynida jami 156 ta hujjatlar boʻlim boshligʻi tomonidan imzolanib roʻyxatdan oʻtkazilganligi va ijroga qaratilganligi aniqlandi. Mazkur hujjattlarning barchasi “E-huquqshunos” tizimi orqali markazga taqdim etilib, xulosalar olingan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2021-yil kungi PQ-5168-son qarori talablariga rioya qilinmasdan 1 ta xolatda 2021-yil 5-oktabr kungi №41-sonli buyruq chiqarilgan boʻlib mazkur xolat yuzasidan boʻlim toʻliq integratsiya qilinmaganligi ma’lum qildi. Bu holat boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vazirligiga ma’lumotnoma berildi. Mazkur boʻlim faoliyatini amalga oshirishda  yuridik markaz bilan hamkorlik toʻliq oʻrnatilganligi, har bir hujjatlar loyihalarini tayyorlashda doimiy markaz hodimlari bilan maslahatlashib tayyorlanib kelayotganligi, shu kunga qadar “E-huquqshunos” tizimi orqali kelib tushgan 156 ta hujjatlarning 7 tasida qonunchilik talablariga rioya etilmaganligi markaz hodimlari tomonidan aniqlanib, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam koʻrsatilgan.Ellikqal’a tumani Madaniyat boʻlimi- joriy yilning oktyabr oyidan 30-noyabr kuniga qadar qabul qilingan hujjatlari monitoring shaklida oʻrganilganida, monitoring qiliniyotgan davr mobaynida jami 35 ta hujjatlar boʻlim boshligʻi tomonidan imzolanib roʻyxatdan oʻtkazilganligi va ijroga qaratilganligi aniqlandi. Mazkur hujjattlarning barchasi “E-huquqshunos” tizimi orqali markazga taqdim etilib, xulosalar olingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2021-yil kungi PQ-5168-son qarori talablariga rioya qilinmasdan 10 ta xolatda Jumladan 2021-yil 4-oktabr kungi №83-k-sonli buyruq, 2021-yil 5-oktabr kungi №84-sonli buyruq chiqarilgan, 2021-yil 5-oktabr kungi №85-k, 86-k 86/1-k, 86/2-k, 86/3-k,87-k-sonli buyruqlari, 2021-yil       6-oktabr kungi №87-k-sonli buyruq, 2021-yil 6-oktabr kungi №88/1-k-sonli buyruq boʻlib mazkur xolat yuzasidan boʻlim toʻliq integratsiya qilinmaganligi ma’lum qildi.
Bu holat boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vazirligiga ma’lumotnoma berildi. Mazkur boʻlim faoliyatini amalga oshirishda  yuridik markaz bilan hamkorlik toʻliq oʻrnatilganligi, har bir xujjatlar loyihalarini tayyorlashda doimiy markaz hodimlari bilan maslahatlashib tayyorlanib kelayotganligi, shu kunga qadar “Ye-huquqshunos” tizimi orqali kelib tushgan 35 ta hujjatlarning 6 tasida qonunchilik talablariga rioya etilmaganligi markaz hodimlari tomonidan salbiy xulosa berilgan, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam koʻrsatilgan.
Ellikqal’a tumani Qurilish boʻlimi- joriy yilning oktyabr oyidan 30-dekabr kuniga qadar qabul qilingan hujjatlari monitoring shaklida oʻrganilganida, monitoring qiliniyotgan davr mobaynida mazkur boʻlim tomonidan umuman hujjat “E-huquqshunos” tizimi orqali yuborilmagan, bu holat markaz tomonidan oʻrganilganida, boʻlimning kadrlar bilan ishlovchi hodim shatati yoʻqligi, barcha buyruqlar va shartnomalar boshqarmasi tomonidan chiqarilishi va ijroga qaratilishi aniqlandi. Boʻlim boshligʻini rasmiy ogohlantirib, kelgusida barcha huquqiy ahamiyatga ega boʻlgan xujjatlar yuridik markaz hodimlari tomonidan xulosa berilganidan keyin ijroga qaratilishi toʻgʻrisida ogohlantirildi.
Ellikqal’a tumani Irrigatsiya boʻlimi - joriy yilning oktabr oyidan 30-dekabr kuniga qadar qabul qilingan hujjatlari monitoring shaklida oʻrganilganida, monitoring qiliniyotgan davr mobaynida jami 98 ta hujjatlar boʻlim boshligʻi tomonidan imzolanib roʻyxatdan oʻtkazilganligi va ijroga qaratilganligi aniqlandi. Mazkur hujjattlarning barchasi “E-huquqshunos” tizimi orqali markazga taqdim etilib, xulosalar olingan. Mazkur boʻlim faoliyatini amalga oshirishda  yuridik markaz bilan hamkorlik toʻliq oʻrnatilganligi, har bir hujjatlar loyihalarini tayyorlashda doimiy markaz hodimlari bilan maslahatlashib tayyorlanib kelayotganligi, shu kunga qadar “E-huquqshunos” tizimi orqali kelib tushgan 98 ta hujjatlarning 7 tasida qonunchilik talablariga rioya etilmaganligi sababli markaz tomonidan salbiy xulosa berilgan, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam koʻrsatilgan.
Ellikqal’a tumani Davlat oʻrmon xoʻjaligi - joriy yilning oktabr oyidan 30-dekabr kuniga qadar qabul qilingan hujjatlari monitoring shaklida oʻrganilganida, monitoring qiliniyotgan davr mobaynida jami 26 ta hujjatlar boʻlim boshligʻi tomonidan imzolanib roʻyxatdan oʻtkazilganligi va ijroga qaratilganligi aniqlandi. Mazkur hujjattlarning barchasi “E-huquqshunos” tizimi orqali markazga taqdim etilib, xulosalar olingan. Mazkur boʻlim faoliyatini amalga oshirishda  yuridik markaz bilan hamkorlik toʻliq oʻrnatilganligi, har bir hujjatlar loyihalarini tayyorlashda doimiy markaz hodimlari bilan maslahatlashib tayyorlanib kelayotganligi, shu kunga qadar “E-huquqshunos” tizimi orqali kelib tushgan 26 ta hujjatlarning 2 tasida qonunchilik talablariga rioya etilmaganligi sababli markaz tomonidan salbiy xulosa berilgan, ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam koʻrsatilgan.
Ellikqal’a tumani Gʻaznachilik boʻlimida - joriy yilning 1-oktyabridan 30-dekabr kuniga qadar qabul qilingan “D-xarid” Elektron bazasi orqali shartnomalar monitoring shaklida oʻrganilganida, monitoring qiliniyotgan davr mobaynida 12 ta tashkilotdan jami 214 ta shartnoma kelib tushgan. Shartnomalar boʻlim boshligʻi tomonidan imzolanib roʻyxatdan oʻtkazilganligi va ijroga qaratilganligi aniqlandi. Mazkur hujjattlarning ayrim shartnomalar “Ye-huquqshunos” tizimi orqali markazga taqdim etilmagan, xulosalar olinmagan 12 ta shartnoma aniqlandi. Misol uchun  oʻrganish jarayonida Ellikqal’a tumani xalq ta’limi boʻlimi va Ellikqal’a tumani Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi tomonidan joriy yilning 14-oktyabr kuni №2444510, №2443952-lot raqamlari bilan “YUNIKONSOFT” bilan tuzulgan shartnoma markazdan xulosa olmasdan oʻtkazilganligi aniqlandi. Sababi mazkur boʻlimlar faoliyatini amalga oshirishda yuridik markaz bilan hamkorlik toʻliq yoʻlga qoʻyilmaganligi xali integratsiya boʻlmagnligini ma’lum  qildi. Ellikqal’a tumani Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi tomonidan “E-huquqshunos” tizimi ishga tushgandan keyin bitta xolatda joriy yilning 8-noyabr kuni “Obuna-Moliyachi ma’lumotnomasi” shartnomasi markazdan xulosa olmasdan gʻaznachilik boʻlimidan oʻtkazilganlgi aniqlandi. Bu holat boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vazirligiga ma’lumotnoma berildi. Adliya azirligining Gʻaznachilik boʻlmiga yuborilgan xatidan keyin har bir shartnoma loyihalarini oʻtkazishda tayyorlashda doimiy markaz hodimlari bilan maslahatlashib keladi. Shu kundan keyin “E-huquqshunos” tizimi orqali markaz xulosasini olmasdan shartnomalar kelib tushmaganligini ma’lum qildi.
Hozirda barcha davlat organlari va tashkilotlariga yuridik hizmatk koʻrsatish sifatini oshirish, ular bilan doimiy hamkorlik oʻrtalishini ta’minlash, chiqarilayotgan buyruq va shartnomalar, barcha huquqiy ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlarni qonunchilik talablari asosida ishlab chiqarilib ijroga qaratish, barcha tashkilotlarda bir hil amaliyotni joriy etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib ish tashkil etilmoqda.

Ellikqal’a tumani yuridik hizmat
koʻrsatish markazi boshligʻi                                          A.Kadirov