Янгиликлар
07
Shumonoy tumani Yuridik xizmat koʻrsatish markazining 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlari bo’yicha hisobot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-san qaroriga asosan, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli boʻlishini taminlash maqsadida, Shumanay tumani Yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Adliya vazirining 2021 yilning 2-iyuldagi 199-um son buyrugʻi bilan, adliya organlarida “E-qaror” va “E-huquqshunos” elektron tizimlarining monitoringini yuritish boʻyicha, tuman Yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan 2021-yil 1-oktyabr kunidan, 30 dekabrga qadar amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilinib, kelgusidagi vazifalarni belgilash bo‘yicha markaz xodimlari ishtirokida, koʻrsatma muhokama qilindi. Mazkur Monitoring natijalari boʻyicha, Shumonoy tumani Yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali jami 857 ta hujjat koʻrib chiqildi.
Shundan, 628 ta buyruq, 211 ta shartnomaviy munosabatlarga oid loyiha hujjatlari koʻrib chiqilib, huquqiy ekspertizadan oʻtkazilib ijobiy yuridik xulosalar berildi. Qonunchilikka zidligi sababli jami 7ta buyruqga salbiy xulosa berildi va jami 6 ta buyruq tegishli tashkilotlarga qayta koʻrib chiqish uchun qaytarildi.
Shu bilan birga, jami 5ta shartnoma qonunchilikka zidligi sababli, huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmasdan tegishli tashkilotlarga qayta koʻrib chiqish uchun qaytarildi. Markaz tomonidan noqonuniy berilgan xulosalar bo‘lmadi va monitoring davomida aniqlangan va xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar tomonidan markaz xulosasi olinmasdan qabul qilingan hujjatlar aniqlanmadi.
Shuningdek, qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini ijrochilarga yetkazish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida jami 55 ta huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Jumladan, qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati va ahamiyatini ijrochilarga yetkazish maqsadida 44 ta ogʻzaki, 6 ta ommaviy axborot vositalari orqali va 5 ta zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali yoritib berildi.
Shu bilan birga, tashkilotlarda, mehnat jamoalari va mahallalarda davra suhbatlari, ma’ruzalar hamda seminarlar tashkil etilib, fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berib kelindi va ijtimoiy tarmoqlarda materiallar tayyorlanib, telegram kanallarida ularni yoritib borish amalga oshirildi.
Shumonoy tumani
Yuridik xizmat koʻrsatish
markazi boshligʻi: B.J.Utemuratov