Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

OʼTGAN 2021-YIL DAVOMIDA AMUDARYO TUMAN YURIDIK XIZMAT KOʼRSATISH MARKAZI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR


Barchamizga maʼlumki, 2021-yil 29-iyun kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʼrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-5168-son qarori qabul qilindi.Shuni alohida taʼkidlab oʼtish kerakki, ushbu qarorga muvofiq oʼtgan 2021-yil davomida dasturiy-reja asosida Amudaryo tuman yuridik xizmat koʼrsatish markazi tomonidan tumandagi xizmat koʼrsatilayotgan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa oʼrta va quyi boʼgʼinda huquqiy jihatdan taʼminlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat koʼrsatishga qaratilgan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Ushbu qarorning 3-ilovasi bilan tasdiqlangan roʼyxatga asosan Moliya boʼlimi, Xalq taʼlimi boʼlimi, Maktabgacha taʼlim boʼlimi, Madaniyat boʼlimi, Tibbiyot birlashmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʼlimi, Davlat oʼrmon xoʼjaligi, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʼarmasi boʼlimi, Obodonlashtirish boshqarmasi, Irrigatsiya boʼlimi, Qurilish boʼlimi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʼlimlariga Amudaryo tuman yuridik xizmat koʼrsatish markazi tomonidan markazlashgan holda yuridik xizmat koʼrsatilib kelinmoqda.
Shuni ham aytish joizki,yuqorida qayd etib oʼtilgan qarorning 4-bandiga muvofiq 2021-yil 1-oktabrdan boshlab davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʼrsatish bilan bogʼliq barcha maʼlumotlar toʼliq elektron tarzda,yigʼish,qayta ishlash hamda tahlil qilish “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali amalga oshirilishi belgilab qoʼyildi. Ushbu qarorga muvofiq, 2021-yil 10-oktabrdan boshlab Amudaryo tuman yuridik xizmat koʼrsatish markazi tomonidan yuqorida nomlari qayd etib oʼtilgan tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan yuridik ahamiyatga ega hujjatlar loyihalari huquqiy ekspertizadan oʼtkazilish yoʼlga qoʼyildi.
Jumladan, joriy yilning 10-yanvar holatiga koʼra, Amudaryo tuman yuridik xizmat koʼrsatish markaziga xizmat koʼrsatilayotgan ya’ni Moliya boʼlimi, Xalq taʼlimi boʼlimi, Maktabgacha taʼlim boʼlimi, Madaniyat boʼlimi, Tibbiyot birlashmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʼlimi, Davlat oʼrmon xoʼjaligi, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʼarmasi boʼlimi, Obodonlashtirish boshqarmasi, Irrigatsiya boʼlimi, Qurilish boʼlimi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʼlimlaridan yuridik tusga ega jami 2420 ta hujjat loyihalari kelib tushgan.
Ushbu qaror talabiga asosan, xizmat koʼrsatilayotgan tashkilotlarning 2420 ta yuridik ahamiyatga hujjat loyihalari qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan huquqiy ekspertizadan oʼtkazilishi taʼminlandi. Shuni ham taʼkidlab oʼtish kerakki, Markaz tomonidan oʼtkazilgan huquqiy ekspertiza natijasiga koʼra, 2187 ta buyruq loyihasiga ijobiy va 167 tasiga salbiy xulosalar berilib, shundan 29 ta hujjatga qonunga zid ishlab chiqilganligi sababli rad etilgan.
Shuningdek, Amudaryo tuman yuridik xizmat koʼrsatish markazi tomonidan xizmat koʼrsatilayotgan tashkilotlar xodimlarining huquqiy madaniyati va huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan jami 94 ta targʼibot tadbirlari oʼtkazildi.Oʼtkazilgan targʼibot tadbirlarining 9 tasi ommaviy-axborot vositalari orqali,shuningdek, 37 tasi esa ogʼzaki shaklda hamda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali (Web saytlar) 51 ta amalga oshirildi.
Shu bilan bir qatorda, Markaz tomonidan xizmat koʼrsatilayotgan tashkilotlar maʼsullari va kadrlar xizmati xodimlari ishtirokida yuridik tusga ega hujjatlarni “E-huquqshunos” elektron tizimiga kiritish va tegishli tartibda xulosa olish yuzasidan 15 marotaba oʼquv seminar mashgʼulotlari oʼtkazildi. Xulosa oʼrnida aytganda, 2021-yil 29-iyun kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʼrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-5168-son qarorida belgilangan vazifalarni samarali va natijali bajarish uchun Amudaryo tuman yuridik xizmat koʼrsatish markazi tomonidan 2022-yil davomida tasdiqlangan dasturiy-reja asosida tashkilotlarga sifatli va malakali yuridik xizmat koʼrsatish chora-tadbirlari koʼriladi.


Amudaryo tumani Yuridik xizmat
koʻrsatish markazi boshlig‘i:                              N.Jumaniyazova