Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Қонунчиликдаги янгиликлар


Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Oʼzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi konsullik muassasalarida Oʼzbekiston Respublikasining eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasiga almashtirish tartibi toʼgʼrisidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi (2.11.2021 yildagi 667-son VMQ).
Vaqtinchalik nizomga muvofiq yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi konsullik muassasasi orqali IIVning Yoʼl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan rasmiylashtiriladi.
Talabgor haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun konsullik muassasasiga tasdiqlangan shakl boʼyicha ariza bilan shaxsan murojaat qiladi. Аrizaga quyidagilar ilova qilinadi:
•xorijga chiqish biometrik pasporti yoki fuqarolik biometrik pasporti (identifikatsiya ID-karta) (konsullik mansabdor shaxsi tomonidan nusxa olinadi va asli talabgorga qaytarib beriladi);
•eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va uning taloni (konsullik mansabdor shaxsi tomonidan nusxa olinadi va asli talabgorga qaytarib beriladi);
•konsullik yigʼimi va haqiqiy xarajatlarning oʼrnini qoplash hisobidan yigʼim, shuningdek haydovchilik guvohnomasini berganlik uchun toʼlov toʼlaganligi toʼgʼrisida kvitantsiya.
Haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun ariza beruvchidan quyidagilar undiriladi:
•BHMning 70%i miqdorida toʼlov;
•konsullik yigʼimi – $20;
•haqiqiy xarajatlarning oʼrnini qoplash uchun yigʼim – $20.
Konsullik muassasasi tomonidan ariza beruvchining nomidan belgilangan shakl boʼyicha anketa toʼldiriladi va 1 ish kuni ichida axborot almashinuvi elektron tizimi orqali YHXBBga yuboriladi. Shuningdek anketani toʼldirish chogʼida talabgor konsullik muassasasi xodimi tomonidan fotosuratga olinadi.YHXBB 1 ish kuni ichida anketani oʼrganib chiqadi va yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini belgilangan tartibda rasmiylashtiradi.
Rasmiylashtirilgan milliy haydovchilik guvohnomasi YHXBB Oʼzbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Davlat feldʼegerlik xizmati orqali TIVning Konsullik-huquqiy departamentiga yuboriladi.Milliy haydovchilik guvohnomasi konsullik muassasasiga diplomatik pochta orqali yetkazib beriladi. Konsullik muassasasi tomonidan 1 ish kuni ichida talabgorga milliy haydovchilik guvohnomasi yoki rad etish xabarnomasi topshiriladi.
Quyidagilar rad etish uchun asos boʼlishi mumkin:
•anketada ishonchsiz maʼlumotlar koʼrsatganligi;
•belgilangan yigʼimlarning toʼliq toʼlanmaganligi;
•hujjatlarning toʼliq taqdim etilmaganligi yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi.
Mazkur Nizom 1.01.2023 yilga qadar amal qiladi.

Toʼrtkoʼl tuman Yuridik markaz
xizmat koʼrsatish markazi bosh yuriskonsulti                                                                      N.Z.Radjapova