Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Taxiatosh tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazining 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlari bo’yicha hisobot


O'zbekiston Respubikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyul kungi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-5168 son Qaroriga muvofiq 2021-yil 1-oktabrdan  Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat ko’rsatish markazlari (keyingi o’rinlarda-Markazlar) respublikaning barcha tuman(shahar)larida tashkil etildi.
Markazlar tomonidan davlat tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalangan holda amalga oshirilishi yo’lga qoyildi.
Shu o’rinda Taxiatosh tumani yuridik xizmat ko'rsatish markazi tashkil etildi, markaz tomonidan biriktirilgan 11 ta davlat organi va tashkilotlariga "E-huquqshunos" elektron tizimi orqali yuridik xizmat ko'rsatib, tegishli tartibda markazga kelib tushgan buyruq, shartnoma va yuridik tusdagi hujjatlar loyihalari huquqiy ekspertizadan o'tkazib, huquqiy xulosalar berilmoqda.
Markaz tomonidan "E-huquqshunos" elektron tizimi orqali 2021-yil yakunida 1 032 ta hujjat loyihalari kelib tushgan bo'lib, shulardan 912 tasiga ijobiy xulosa berilgan bo'lib, 120 hujjatlar qonun hujjatlari talablariga zid bo'lganligi sababli qaytarilgan.
Markaz tomonidan bugungi kunga qadar jami 45 marotaba targ’ibot tadbirlari amalga oshirildi, shundan joylarda 38 marotaba davra suhbatlari, 5 marotaba ommaviy axborot vositalari chiqishlar hamda 2 marotaba veb-sayt orqali yetkazildi.
Shuningdek davlat organi va tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda hamda davlat organi va tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda puxta va sifatli bo'lishi ta'minlanmoqda.Taxiatosh tumani yuridik xizmat ko'rsatish markazi 2021-yil davomida amalga oshirilgan  ishlarda ko’rsatilgan ko’rsatkichlar  bilan cheklanib qolmasdan, 2022-yilda  o’z  zimmamizga yuklatilgan vazifalarimizni yo’qori ko’rsatkishda bajarib va faoliyatimizni yanada rivojlantirish uchun o’z hissalarimizni qo’shamiz.


O.A.Babanov
Taxiatosh tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i