Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

YERLАRNI IJАRАGА BERIShNING SАMАRАLI MEXАNIZMLАRI YARАTILMOQDА


Barchamizga maʼlumki, soʼngi yillar mobaynida, mamlakatimiz qishloq xoʼjaligi sohasini tubdan isloh qilish hamda yerlarni ijaraga berish boʼyicha ixcham va samarali mexanizm yaratilmoqda.
Shu jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 noyabrda «Qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʼgʼrisida»gi 709-son qarori qabul qilindi. Ushbu qarorning 1-ilovasi bilan, dehqon xoʼjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlovni tashkil etish, yuridik shaxslarga qishloq xoʼjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamentlari hamda qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi toʼgʼrisidagi nizom tasdiqlangan.
Ushbu Reglamentga muvofiq, qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yerlardan dehqon xoʼjaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berish tartibini belgilaydi. Mazkur Reglament talablari, yakka tartibda bogʼdorchilik, polizchilik va chorvachilik yuritish uchun yer uchastkalari berishga nisbatan ham tatbiq etililishi belgilandi.
Reglamentga koʼra har yili 1 noyabrga qadar xokimliklar dehqonchilik tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish loyixalarini tayyorlash tartibi aniqlashtirildi.
Shuningdek, maʼmuriy reglamentga asosan, Jismoniy va Yuridik shaxslar boʼsh yerlar toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni ochiq tanlovga qoʼyish yuzasidan “E-IJАRА” tizimiga kiritish uchun takliflar kiritishi mumkinligi belgilandi.
Ushbu takliflar 5 ish kunida oʼrganilib, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun hokimliklarga yuboriladi yoki taklif rad etilishi belgilandi. Oʼz navbatida, Kadastr boshqarmasi tomonidan kadastr hujjatlari 5 ish kunida rasmiylashtirilib va “E-IJАRА” tizimiga joylashtirilishi belgilandi. Oʼz davlat yer loyiha instituti yerlarni joyiga chiqqan xolda oʼrganadi va yer tuzish loyixasini tayyorlaydi.
Ushbu loyiha vakolatli organlar bilan kelishiladi va hokim tomonidan loyiha tasdiqlanib, “E-IJАRА” tizimi orqali “E-Аuktsion” platformasida eʼlon qilinadi.
Tanlov ishtirokchilari oʼz arizalarini “E-АUKTSION” orqali yuboriladi. Ishtirokchilar tomonidan tanlovda qatnashish uchun kafolat taʼminoti sifatida, pul zakalat kiritiladi uning miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida boʼladi.Yuqorida qayd etib oʼtilgandek, yuridik shaxslarga qishloq xoʼjaligi maqsadlani uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamentiga asosan hokimliklar har yili 1 noyabrgacha dehqonchilik tashkil qilish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish loyihalarini tasdiqlaydi.
Unga koʼra, yerlar quyidagi xajmlarda ijaraga beriladi.
-sabzavot polizchilik, bogʼdorchilik va uzumchilik uchun kamida 3 gektar,chorva ozuqa ekinlari uchun 1 bosh chorvaga sugʼoriladigan yerda-kamida 0.3 gekta, lalmi yeda kamida 1 gektar, yaylov va pichanzorlarda kamida 2 gektar, paxta va gʼallachilik uchun kamida 30 gektar, gʼallachilik va sabzavotchilik uchun kamida 10 gektar, shuningdek, sunʼiy suv havzalarida baliq yetishtirish uchun kamida 0.01 gektar yer mayonlari ajratiladi.
Аytish kerakki, maʼmuriy reglament talabiga koʼra, ochik tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlar “E-Аuktsion” orqali ariza yuboradi. Jumladan, yer 30 gektargacha boʼlganida, bazaviy hisoblash miqdorining 5 barovari,30 gektardan 100 gektargacha boʼlganda, bazaviy hisoblash miqdorining 10 barovari, shuningdek, 100 va undan koʼp boʼlganda, bazaviy hisoblash miqdorining 20 barovari miqdoridagi zakalatni maxsus hisobga oʼtkazadi.
Reglamentga koʼra, tanlovda eng koʼp ball olgan talabgor gʼolib boʼladi va gʼolibga shartnomani imzolash uchun 5 ish kuni berildai va 3 ish kunida gʼolibga yerning aniq chegaralari belgilab beriladi.
Ushbu qarorga asosan, Fermerlar va klasterlarning past hosilli paxta va gʼalladan qisqartirilgan 200 ming gektar ekin maydoni 2022-2025 yillarda zaxiraga qaytarilishi belgilandi.
Taʼkidlash kerakki, zaxiraga qaytarilgan yerlar sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka uchun fuqarolarga 0.10 gektardan 1 gektargacha yerlar elektron tanlov orqali ijaraga berilishi belgilandi.
Xulosa oʼrnida aytadigan boʼlsak, ushbu qaror tom maʼnoda yurtimizda dehqon xoʼjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlovni tashkil etish hamda yuridik shaxslarga qishloq xoʼjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ochiq va shaffof tizimi yaratilishiga mustahkam huquqiy asos boʼladi.

B.Sh.Аvazmetov,
Toʼrtkoʼl tuman yuridik xizmat koʼrsatish
markazi boshligʼi, 2-darajali adliya maslahatchisi.