Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Taxtako'pir tumani adliya bo'limi tomonidan 2021-yıl davomida bajarilgan ishlar bo’yicha hisobot


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-aprel kungi PQ-3666-sonli qaroriga asosan adliya bo'limlariga huquqni muhofaza qilish organlari statusi berilib, davlat tashkilotlari va korxonalarining inson huquqlari sohasidagi qonunchilik hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazorat, davlat yuridik va jismoniy shaxslar huquqlarini himoya qilishni ko'zlash asosiy vazifalaridan biri ekanligi belgilangan.
Shunga ko'ra, Taxtako'pir tumani adliya bo'limi tomonidan o'tgan 2021-yilning yakuni bo'yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.Jumladan, Inson huquqlarini muhofaza qilish sohasi bo'yicha bo'limga o'tgan 2021-yilning yakuni bo'yicha jami 164 ta fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo'lib, shundan 117 ta fuqarolarning murojaatlari qanoatlantirilgan bo'lsa, 40 ta fuqaroning murojaatiga huquqiy tushuntirish berilgan, 3 ta fuqaroning murojaati tegishliligi bo'yicha boshqa tashkilotlarga yuborildi hamda qolgan 4 ta fuqaroning murojaati qonun talablariga muvofiq ko'rmasdan qoldirildi.
Bo'limga kelib tushgan murojaatlarni o'rganish davomida fuqaro B.Gulimbetova o'zining 1979-yildan 2000-yillar oraliǵida ishlab kelganligini hamda tuman Byudjetdan tashqari pensiya jamǵarmasi tomonidan ushbu ishlagan davrlarida ayirim yillar mehnat stajiga qo'shib hisoblanmaganligidan noroziligini bildirgan.
Ushbu murojaatni o'rganish davomida tuman Byudjetdan tashqari pensiya jamǵarmasining taqdim qilingan malumotnomasida O'zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taminoti to'ǵrisida”gi Qonunning 37-moddasi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentyabr kungi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to'lash tartibi to'ǵrisida”gi Nizomning 35-bandi talablariga to'ǵri kelmasligi asos qilib ko'rsatilgan.
Lekin, O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 81-moddasida Mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat ekanligi shuningdek, ushbu Kodeksning 283-moddasida 2-qismida Ish beruvchilarning davlat ijtimoiy suǵurtasi uchun badal to'lamaganliklari suǵurta qilingan xodimni davlat ijtimoiy suǵurtasi mablaǵlari hisobidan taminlanish huquqidan mahrum qilmasligi ko'rsatilgan.
Natijada, bo'lim tomonidan fuqaro B.Gulimbetovaning huquqini himoya qilish maqsadida 10 yil 5 oy 16 kunlik stajini mehnat stajiga qo'shib hisoblash majburiyatini yuklash bo'yisha mamuri yishlar bo'yicha Nukus tumanlararo sudiga shikoyat arizasi bilan murojaat qilinib, ushbu shikoyot arizasi sud tomonidan qanoatlandirildi
Huddi shunday 48 ta holatda qaytalanib, fuqarolarning pensiya ish stajlarini qayta hisoblashda amaliy yordam so'rab yo'llagan murojaatlari bo'lim tomonidan o'rganilib, ma'muriy ishlar bo'yicha Nukus tumanlararo sudiga shikoya tarizalari berilishi natijasida fuqarolarning murojaatlari qanoatlantirildi.
Shuningdek, tuman adliya bo'limiga fuqaro B.Babanazarova ish joyiga qayta tiklab berishda amaliy yordam so'rab yo'llagan murojaati bo'yicha o'rganilganda, haqiqatdan tuman Barkamol avlod bolalar maktabi direktorining fuqaro B.Babanazarova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchi tomonidan hech qanday ogohlantirishsiz Mehnat kodeksining 100-modda 2-qismi 7-bandi bilan bekor qilinib, maktabning №13-sonli buyrug'I bilan rasmiylashtirilganligi aniqlandi.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 102-moddasida mehnat shartnomasi texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o'zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o'zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan (100-modda ikkinchi qismi 1-bandi), shuningdek xodimning pensiya yoshiga to'lganligi munosabati bilan, qonunchilikka muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud bo'lgan taqdirda (100-modda ikkinchi qismining 7-bandi) bekor qilinganda kamida ikki oy ogohlantirish shartligi ko'rsatilgan.
Natijada, bo'lim tomonidan tuman Barkamol avlod bolalar maktabining mehnat shartnomasini bekor qilish bo'yicha rasmiylashtirilgan №13-sonli buyrug'ini bekor qilish va fuqaro B.Babanazarovani ishga qayta tiklash hamda bo'sh yurgan kunlari uchun ish haqi hisoblash majburiyatini yuklash bo'yicha ijrosi majburiy tusga ega bo'lgan Taqdimnoma kiritildi.
Kiritilgan Taqdimnoma natijasiga kora fuqaro B.Babanazarova ish joyiga qayta tiklanib, bo'sh yurgan kunlari uchun jami 4 313 731 sum miqdorda ish haqilari to'lab berilib, fuqaroning murojaati qanoatlantirildi.
Bundan tashqari, bo'lim tomonidan Qoraqalpoǵiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasiga qarashli Taxtako'pir tuman Veterinariya bo'limi hamda Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi va oziq-ovqat xavfsizligi davlat markazida buxgalteriya hisobi va hisobotini yurgizishda xodimlarning oylik ish-haqilari va unga tenglashtirilgan qo'shimcha to'lovlarning o'z vaqtida to'lab berilishi bo'yicha monitoring ishlari olib borildi.
Ushbu monitoring davomida korxonaning jami 52 ta xodimiga 2019-yildan shu kunga qadar to'lanishi lozim bo'lgan ish-haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar qarzdorligi mavjudligi aniqlandi.
Natijada, bo'lim tomonidan ushbu xodimlarga to'lanishi lozim bo'lgan jami 856 565 800 sum miqdordagi ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarni undirib berish bo'yicha fuqarolik ishlari bo'yicha sudiga da'vo ariza kiritilib, ushbu berilgan da'vo arizalar sud tomonidan qanoatlantirildi.

Taxtako'pir tumani adliya
bo'limi boshliǵi                                                             N.A.Kalimbetov