Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Qoraqalog‘iston Respublikasi adliya vazirligining Kadrlar bo‘limi tomonidan 2021 yil davomida amalga oshirilgan ishlar


Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan xodimlarni ishga qabul qilish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, ular bilan ishlash hamda vakant lavozimlarni o‘z vaqtida munosib xodimlar bilan to‘ldirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vazirligi tizimida jami 167 ta (apparat boshqaruv xodimlari 26 ta, texnik xodimlar 15 ta, adliya bo‘limlari 41 ta, Notarial idoralar (arxiv) 7 ta) shtat birliklari bo‘lib, shundan, hozirgi kunda band bo‘lgan shtatlar 159 tani tashkil etadi.
Ushbu xodimlarning 149 nafari oliy yuridik ma’lumotga (shundan, 19 nafari magistr), 10 nafari esa o‘rta-maxsus ma’lumotga ega. Shuningdek, xodimlarning 115 nafarini erkaklar, 44 (26%) nafarini ayollar tashkil etadi. Ularning yosh bo‘yicha tarkibi tahlil qilinganida 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlar 49 ta (30,8%), 30-40 yoshgacha bo‘lganlar 62 ta (38,9%), 40-50 yoshdagilar 39 (24,5%), 50-60 yoshdagilar 12 ta (7,5%), 60 yoshdan yuqorilar esa 3 (1,8%) tani tashkil etadi.
2021-yil 31-dekabr holatiga mavjud vakant o‘rinlar soni 7 tani tashkil etadi. (2021 yilning 3 oyligida 7 ta, 6 oyligida 10 ta vakant joylar mavjud edi). Vazirlik tizimidagi bo‘sh ish o‘rinlariga nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 24-martdagi 68-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Adliya organlari va muassasalarida HR-menejment tizimi to‘g‘risida”gi nizomga asosan shaffof, mustaqil tanlov asosida saralab olinmoqda.
Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari doimiy ravishda vazirlikning rasmiy veb-sayti, vacancy.adliya.uz sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarda yoritilib, targ‘ibot ishlari kuchaytirilishi natijasida, joriy yilning shu davriga qadar o‘tkazilgan 11 ta tanlovda, jami 573 ta nomzod qatnashib, shundan 92 nafari lavozimga tavsiya qilindi. Ushbu nomzodlar ichida davlat organlari va tashkilotlarida hamda xususiy sektorda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan malakali mutaxassislar ko‘pchilikni tashkil etadi.
Shuningdek, tizimga yangi, malakali xodimlarni, ayniqsa bitiruvchilarni jalb qilish amaliyotiga alohida e’tibor qaratilmoqda, joriy yilning o‘tgan davri davomida tizimga oliy ta’lim muassasalarini 2021-yilda tamomlagan 21 nafar bitiruvchilar ishga qabul qilindi.
O‘tkazilgan barcha tanlov jarayonlari audio va videoyozuvlarda qayd etib borildi hamda real vaqt rejimida internet tarmog‘ida translyatsiya qilindi. Bundan tashqari, vazirlik tomonidan tizim xodimlarini rag‘batlantirish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan xodimlarnig ijtimoiy himoya qilish borasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2021-yil davomida jami 32 nafar xodim rag‘batlantirilgan bo‘lib, shundan 1 ta xodim “Adliya a’lochisi” va 1 ta xodim “Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.
Hisobot davrida 15 ta xodimga navbatdagi martaba darajalari berildi. Shuningdek, хodimlarga mehnat intizomiga qat’iy amal qilishlari shartligi to‘g‘risida doimiy ravishda uqtirib kelinib, ishga o‘z vaqtida kelish va ketish talablari qattiq nazorat qilib borilmoqda.
Тurli xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 9 nafar xodimga nisbatan “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.Xodimlarga yillik mehnat ta’tillari belgilangan grafik asosida berib borilmoqda.
Boshqa hududda ijarada yashab ishlayotgan 7 nafar xodimga har oylik ijara to‘lovi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida kompensatsiya to‘lovlari to‘lab berilmoqda.
Xodimlarning sog‘lig‘ini tiklashi uchun 5 nafar xodimga sanatoriyga be’pul yo‘llanmalar berildi.


Kadrlar bo'limi bosh maslahatchisi                                                      A.Ernashov