Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Bo'zatov tumani yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan 2021 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to'g'risida hisobot


Barchamizga ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyun kuni qabul qilingan PQ-5168-son “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga asosan 2021 yil 1 oktyabr kunidan boshlab tegishli tartibda yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tashkil etish belgilandi.
Mazkur qarorga muvofiq 2021 yil 4 oktyabr kunidan Bo'zatov tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi ham o'z ish faoliyatini boshladi.
Markazning asosiy vazifasi tumanda faoliyat yuritib kelayotgan byudjet tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatishdan iborat bo'lib, xususan ular tomonidan chiqarilgan yuridik ahamiyatga ega bo'lgan hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o'tkazish, ularga xulosalar berish, davlat tashkilotlarga sifatli va malakali yuridik yordam ko'rsatish, davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirishdan iborat.
Shuningdek, Vazirlik ko'rsatmasiga asosan markaz xodimlarining cheklangan sonidan kelib chiqqan holda 12 ta yuridik xizmat ko'rsatiladigan davlat tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatish taqsimot jadvali tasdiqlandi. Ushbu  qarorning 3-ilovasida belgilangan yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan yuridik xizmat ko'rsatilayotgan 12 ta davlat organlari va tashkilotlari o'rtasida o'z-aro hujjat almashinuvini “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali amalga oshirilishi to'liq yo'lga qo'yildi.
Yuridik xizmat ko'rsatish markazi ish faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur bo'lgan internet tarmog'iga ulangan kompyuterlar, dasturiy vositalar, mebel va boshqada jihozlar bilan to'liq ta'minlandi.
Endilikda, yuridik xizmat ko'rsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan Markazning tegishli xulosalarini olmasdan turib, yuridik tusdagi hujjatlar qabul qilinishiga yo'l qo'yilmaydi, bunday hujjatlar yuridik kuchga ega hisoblanmaydi. Ular qabul qilingan paytdan e’tiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.
O'tgan 2021 yilning 11 oktyabr kunidan 31 dekabr kuniga qadar Markazimizga 11 ta tashkilotdan 688 ta yuridik tusdagi hujjatlar kelib tushgan bo'lib, shulardan 584 tasi idoraviy buyruqlar va 104 tasi shartnomalarni tashkil kiladi.
Ushbu hujjatlarni barcha belgilangan muddatlarda to'liq huquqiy ekspertizadan o'tkazilib, 653 tasiga ijobiy xulosalar, 29 tasiga qonunchilikka zidligi sababli salbiy xulosalar berildi, 6 tasi qonunchilikka zidligi sababli huquqiy ekspertizadan o'tkazilmasdan qaytarildi.
Markaz xodimlari tomonidan yuridik xizmat ko'rsatilayotgan tashkilotlarga salbiy xulosalar berilgan har bir holat yuzasidan qonunchilikni to'g'ri qo'llash hamda hujjat loyihalariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida tashkilotlarga huquqiy tushuntirishlar, amaliy va uslubiy yordamlar berib kelinmoqda.
Markazimiz yuriskonsultlari tomonidan o'zlariga biriktirilgan xizmat ko'rsatadigan tashkilot xodimlarining huquqiy madaniyati, huquqiy savodxonligini yanada yuksaltirish maqsadida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, o'tgan 2021 yilning 11 oktyabr kunidan 31 dekabr kuniga qadar Markaz tomonidan tumanda faoliyat yuritib kelayotgan byudjet tashkilotlarda 38 ta targ'ibot tadbirlari o'tkazilgan bo'lib, shulardan 4 tasi ommaviy axborot vositalari orqali, 2 tasi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali va 32 tasi tegishli tashkilotlarga borib og'zaki tarzda o'tkazildi.  


Rasul Dushanov,
Bo'zatov tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i.