Янгиликлар
20
JOYLАRDА YURIDIK XIZMАT KOʼRSАTISH YANАDА YAXSHILАNАDI
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʼrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisda”gi 2021-yil 29-iyuldagi PQ-5168-sonli Qaroriga asosan 2021-yil 1-oktabr kunidan boshlab tegishli tartibda yuridik xizmat koʼrsatish markazlari tashkil etish belgilangan.
Mazkur qarorga muvofiq 2021-yil 4-oktabrdan Toʼrtkoʼl tuman yuridik xizmat koʼrsatish markazi ham oʼz ish faoliyatini boshladi. Markazning asosiy vazifasi tumanda faoliyat yuritib kelayotgan byudjet tashkilotlariga yuridik xizmat koʼrsatishdan iborat boʼlib, xususan ular tomonidan chiqarilgan yuridik ahamiyatga ega boʼlgan hujjatlarni hukuqiy ekspertizadan oʼtkazish, ularga xulosalar berish, davlat tashkilotlarga sifatli va malakali yuridik yordam koʼrsatish, davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirishdan iborat.
Endilikda, yuridik xizmat koʼrsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan Markazning tegishli xulosalarni olmasdan turib, yuridik tusdagi hujjatlar qabul qilinishiga yoʼl qoʼyilmaydi, bunday hujjatlar yuridik kuchga ega hisoblanmaydi. Ular qabul qilingan paytdan eʼtiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.
Oʼtgan 2021-yilning 11-oktabridan shu kunga qadar Markazimizga 11 ta tashkilotdan 4.450 dan ortiq hujjat kelib tushdi. Shundan 116 tasiga asoslangan salbiy xulosa berildi, rad qilingani boʼlmadi.
Shuningdek, markazimiz yuriskonsultlari tomonidan oʼzlariga biriktirilgan xizmat koʼrsatadigan tashkilot xodimlarining huquqiy madaniyati, huquqiy savodxonligini yanada yuksaltirish maqsadida bir qatar ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, bugungi kunga qadar Markaz tomonidan tumanda faoliyat yuritib kelayotgan byudjet tashkilotlarda 83 ta targʼibot tadbirlari oʼtkazildi.
Shu bilan birga, xizmat koʼrsatadigan tashkilot xodimlari bilan “E-Huquqshunos” elektron tizimiga hujjatlarni kiritish tartiblari yuzasidan oʼqoʼv-seminar mashgʼulotlari oʼtkazildi.
2022-yil davomida Markazimiz tamonidan tasdiqlangan dastur-reja asosida ishlar davom qildiriladi.
Аbduraxmanova Nasiba,
Toʼrtkoʼl tuman yuridik xizmat koʼrsatish markazi bosh yuristkonsulti