Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatidan: 2021-yilda inson huquqlarining buzilishi bilan bog'liq tizimli muammolar tahlili va amalga oshirilgan ishlar


Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatidan: 2021-yilda inson huquqlarining buzilishi bilan bog'liq tizimli muammolar tahlili va amalga oshirilgan ishlar

Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi va tuman (shahar) adliya bo'limlari tomonidan inson huquqlari sohasiga oid quyidagi tizimli muammolar aniqlanib ularni hal qilish bo'yicha tegishli ishlar amalga oshirildi.
1. Umumta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining bevosita bolalarga ta'lim yoki tarbiya berish bilan mashg'ul bo'lgan pedagog va boshqa xodimlari tibbiy ko'riklardan o'tish davrida chiqimdor bo'layotganliklari aniqlandi.
Ushbu muammoni hal qilish yuzasidan, o'tkazilgan monitoring davomida 2020-yilda ushbu sohaning 60.521 xodimlari tibbiy ko'riklardan o'tish davrida chiqimdor bo'layotganligi aniqlandi.
Mazkur soha xodimlari tibbiy ko'riklardan o'tish davrida o'rtacha 110-120 mingdan chiqimdor bo'lganda jami 60.521 nafar xodim 7.262.520.000 so'mga chiqimdor bo'lgan.
Ushbu muammolarni hal qilish yuzasidan Vazirlik va tuman shahar adliya bo'limlari tomonidan tegishli tashkilotlarga jami 44 ta taqdimnoma, 214 ta ogohnoma va 60 ta ma'muriy takliflar kiritildi.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoniga muvofiq 30 foiz qo'shimcha maxsus ustama pullari to'langanligi holati monitoring qilinganda quyidagilar aniqlandi.
Jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida joylashgan jami 384 fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarida bugungi kunda ishlayotgan yoki mehnat shartnomasi bekor qilingan 1306 xodimlarga jami 6.997.804.734 so'm muqdorida maxsus ustama pullari to'lanmasdan qolganligi aniqlandi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan vazirlik va tuman shahar adliya bo'limlari tomonidan tuman (shahar) adliya bo'limlariga 10 ta taqdimnoma va sudlarga 799.080.043 so'mlik 229 ta da'vo ariza (ariza)lari kiritildi.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-son Farmoniga asosan, 2021-yil 1-yanvardan davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimga “Sport targ'ibotchisi” qo'shimcha vazifasi yuklatilganligi va uning bazaviy lavozim maoshiga 20 foiz muqdorida ustama to'lanayotganligi monitoring qilindi.
Monitoring davomida ayirim davlat toshkilotlari tomonidan tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarga “Sport targ'ibotchisi” qo'shimcha vazifasini yuklashda Farmonda belgilangan muddatlarga amal qilinmaganligi hamda to'lanishi belgilangan ustamalar to'lanmasdan turganligi aniqlandi.
Shunga asosan, Vazirlik va tuman shahar adliya bo'limlari tomonidan tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan “Sport targ'ibotchisi” qo'shimcha vazifasini yuklatilgan xodimlarga ustama pullarini undirish to'g'risida sudlarga 75.742.452 so'mlik 36 ta da'vo ariza (ariza)lari, tegishli tashkilotlarga 14 ta taqdimnoma va mansabdor shaxslarni ma'muriy javobgorlikka tortish yuzasidan 31 ta ma'muriy takliflar kiritildi.
4. Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 223-moddasiga asosan jismoniy shaxslarga qo'llanilgan ma'muriy ish hujjatlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlar tanlov yo'li bilan o'rganildi.
Aniqlanishicha, Qonliko'l, Xo'jayli, Ellikqal’a va Taxtako'pir tumani Ichki ishlar bo'limlarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limlari tomonidan 2020-2021-yillar davomida jami 281 ta holatda fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida jismoniy shaxslardan kelib tushgan murojaatlarga javob xatlari berilishi ta'minlanmagan bo'lsa, jismoniy shaxslarga qo'llanilgan ma'muriy ish hujjatlarini rasmiylashtirishda 400 ga yaqin qonunbuzilish holatlariga yo'l qo'yilgan.
Shuningdek, ayrim tuman (shahar) Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limlari tomonidan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish va tegishli bayonnoma rasmiylashtirish amaliyoti yo'lga qo'yilmagan bo'lsa, ayrim bo'limlar mansabdor shaxslari tomonidan jami 68 holatda tegishli qarorlar qabul qilinmasdan fuqarolardan jarimalar undirilgan.
Bundan tashqari, tuman (shahar) Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limlarining mansabdor shaxslari tomonidan Kodeksning 3321 moddasi talablarini buzgan holda jami 157 holatda jarima miqdorining yuz foizi undirilgan.
5. Tuman (shahar) adliya bo'limlariga 2021-yil davomida fuqarolardan pensiya tayinlashda ish stajlari to'liq hisobga olinmayotganligidan norozi bo'lib ko'plab murojaatlar kelib tushgan.
Bunga, O'zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taminoti to'ǵrisida”gi Qonunning 37-moddasi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentyabr kungi 252-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va to'lash tartibi to'ǵrisida”gi Nizomning 35-bandi talablariga to'ǵri kelmasligi asos bo'lgan.
Lekin, O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 81-moddasida Mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat ekanligi shuningdek, ushbu Kodeksning 283-moddasida 2-qismida Ish beruvchilarning davlat ijtimoiy suǵurtasi uchun badal to'lamagnliklari suǵurta qilingan xodimni davlat ijtimoiy suǵurtasi mablaǵlari hisobidan taminlanish huquqidan mahrum qilmasligi ko'rsatilgan.
Shunga asosan, tuman (shahar) adliya bo'limlari tomonidan jami 70 dan ortiq pensionerlarining is stajlarini qayta hisoblash yuzasidan ma'muriy ishlar bo'yicha tumanlar aro sudiga shikoyat arizalari kiritilib to'lig'i bilan qanoatlantiridi.
6. Qoraqalpoǵiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasining tuman (shahar) bo'limlari xodimlarning oylik ish-haqilari va unga tenglashtirilgan qo'shimcha to'lovlarning o'z vaqtida to'lab berilishi bo'yicha monitoring ishlari olib borildi.
Monitoring natijasi bo'yicha, bo'limlarda ishlovchi xodimlar manfaatida 985.013.800 sumlik jami 77 ta da'vo ariza (ariza)lari kiritilib, to'lig'i bilan qanoatlantirildi.
7. Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta'minlashda Davlat tomonidan ajratiladigan maqsadli pul mablag'larining fuqarolarga o'z vaqtida yoki umuman berilmaslik holatlari uchramoqda.
Masalan, Amudaryo tumanida yashovchi fuqarolar M.D., G.B. va S.Sh.larning Amudaryo tumani Aholi bandligiga ko'maklashish markazi tomonidan tashkil qilingan oshpazchilik kursida 2021-yil 10-fevraldan 10-aprelga qadar o'qigan bo'lsada sertifikat va stipendiyalari berilmagan.
O'rganish davomida fuqarolarning murojaatida ko'rsatilan vajlar o'z tasdig'ini topdi va Amudaryo tumani adliya bo'limi tomonidan Amudaryo tumani Aholi bandligiga ko'maklashish markaziga taqdimnoma kiritilib fuqarolar M.D., G.B. va S.Sh.larga Kasbga tayyorlash kurslarida to'lanishi kerak bo'lgan 490.000 so'm stipendiya pullari to'lab berildi va sertifikatlar topshirildi.

Esenkeldi Utepov,
Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi bo'lim boshlig'i