Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Chimboy tuman Yuridik xizmat ko`rsatish markazi faoliyati haqqida


Mamlakatimizda davlat o`rganlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa o`rta va quyi bo`g`inda huquqiy jihatdan ta`minlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat ko`rsatishga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Sohaga tajribali kadrlarni jalb qilinishidagi kamchiliklar hujjatlar loyihalarining iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan o`tkazilishi sifatiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda. Natijada qabul qilinayotgan qarorlar va boshqa hujjatlar ko`p hollarda joylarda jismoniy va yuridik shaxslarning e`tirozlariga sabab bo`lmoqda.  
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi “Davlat orgablari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko`rsatish faoliyatini yanada takomillshtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-5168-sonli qaroriga asosan Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari tashkil qilinganidan shu kunga qadar o`tgan davr mobaynida markazlar o`zlari xizmat ko`rsatadigan tashkilotlar bilan bog`liq qonunchilik va huquq amaliyoti bilan bog`liq yo`nalishlarni yo`lga qo`yish bilan birga, mazkur tashkilotlarning ishchi va xodimlariga huquqiy maslahatlar berib, o`z yechimini topmayotgan masalalarda huquqiy ko`mak berib kelmoqda.
Prezidentimizning qaroriga ko`ra, 2021 yil 1-oktabrdan boshlab davlat tashkilotlariga yuridik xizmat ko`rsatish bilan bog`liq barcha ma`lumot va jarayonlarni to`liq electron ravishda yig`ish, qayta ishlash, tahlil qilish va amalga oshirish imkonini beruvchi “E-huquqshunos” elektron tizimini tashkil etadi.
Elektron tizimga ichki buyruq, shartnomalar va yuridik tusdagi hujjatlarning loyihalari qayta ishlash va xulosa olish uchin yuridik xizmat ko`rsatish markazlariga yuboriladi, markazlarning ma`sul xodimlari tomonidan ushbu loyihalarning qonuniyligi o`rganilib, qonuniyligi bo`yicha tegishli xulosalar tayyorlanadi, hujjatlar electron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda, loyihani yuborgan tashkilotga qaytariladi, qonunga asoslanmagan loyihalar esa qabul qilinmasdan rad etiladi. Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari xodimlariga sud protsessida yuridik xizmat ko`rsatiladigan tashkilotlarning vakili sifatida qatnashish huquqi ham beriladi.
Chimboy tuman Yuridik xizmat ko`rsatish markazi tomonidan tumandagi 12ta tashkilotga yuridik xizmat ko`rsatish belgilangan bo`lib, bular tuman tibbiyot birlashmasi, maktabgacha ta`lim bo`limi, xalq ta`lim bo`limi, moliya bo`limi, obodonlashtirish boshqarmasi, irrigatsiya bo`limi, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo`limi, sanitariya va epidemiologic osoyishtalik va epidemiologic osoyishtalik va jamoat salomatligi bo`limi, byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasi, qurilish bo`limi, madaniyat bo`limi, davlat o`rmon xo`jaligi bo`lib markazlar tashkil etilganidan shu kunga qadar mazkur tashkilotlar tomonidan chiqarilgan barcha yuridik tusdagi hujjatlar huquqiy ekspertizadan o`tkazilib, ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan xulosalar berildi.
Ushbu hujjatlarni o`rganish davomida aniqlangan kamchiliklar, yo`l qo`yilgan xatolar tuzatilib, kelgusida shu kabi kamchiliklarni takrorlanishiga yo`l qo`ymaslik choralari ko`rildi.
Shuningdek, yuridik xizmat ko`rsatiladigan tashkilotlarda reja grafik asosida o`quv seminarlar va targ`ibot tadbirlari tashkil qilinib, tashkilotlar ishchi va xodimlarining huquqiy bilimlari hamda huquqiy madaniyatini oshirish choralari ko`rildi.Shu bilan birga tashkilotlar bilan markaz o`rtasida “E-huquqshunos” electron tizimi orqali yuridik tusdagi hujjatlar almashuvi to`liq yo`lga qo`yilib, tashkilotlar tomonidan qabul qilinayotgan yuridik tusdagi barcha hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o`tkazish amaliyoti to`liq joriy qilinib, electron tizim orqali kelib tushayotgan barcha hujjatlarga qonunchilik asosidaxulosalar berilib kelinmoqda.
Bundan tashqari, markaz tomonidan mazkur tashkilotlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan ishonchli vakil sifatida sudlarda ishtirok etilib, tashkilot faoliyatida yuzaga kelgan muammoli hamda sudgacha hal qilishning imkoni bo`lmagan masalalar yuzasidan tashkilot manfaatlarini himoya qilish yo`lga qo`yildi.
    Xulosa qilib aytganda, davlat organlari, tashkilot va muassasalari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli bo`lishini ta`minlash yuridik xizmat ko`rsatish markazlarining asosiy vazifasi qilib belgilangan bo`lib, Prezidentimizning ushbu qarorining ijrosini to`la va har tomonlama ta`minlash choralari ko`rilmoqda.

Chimboy tumani
yuridik xizmat ko`rsatish markazi
bosh yuriskonsulti                                                                        A.A.Nurabullayev