Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

To'rtko'l tumani adliya bo'limi faoliyatida yil sarhisobi.


To'rtko'l tumani adliya bo'limi faoliyatida yil sarhisobi.

Ortda qolgan 2021-yilda tumanimizda huquq ijodkorligi faoliyatini sifatli tashkil etish, izchil va bir xil huquqni qo'llash amaliyotini shakllantirish, inson huquq va erkinliklarining samarali himoya qilinishini ta'minlash, shuningdek, aholining huquqiy madaniyatini oshirish bo'yicha bir qator samarali ishlar amalga oshirildi.
Xususan, o'tgan 2021-yilda bo'lim tomonidan Ijtimoiy iqtisodiy sohada huquqni qo'llash amaliyoti, inson huquqlarni himoya qilish va norma ijodkorligi sohasida 11 ta o'rganish va 17 ta monitoring o'tkazilishi natijasida 5700 dan ortiq qonun buzilish holatlari aniqlandi.
Jumladan, inson huquqlarni himoya qilish sohasida, bo'limga 230 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan ariza va shikoyatlar ko'rib chiqilishi natijasiga ko'ra 145 nafar fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklanishi ta'minlanib qanoatlantirildi.
Ushbu, fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklash masalasida sudlarga 70 dan ortiq da'vo arizalari kiritilib, 325 milliondan ortiq etkazilgan moddiy zararlari undirilishi choralari ko'rildi.
Bundan tashqari murojaatlarni ko'rib chiqishda aniqlangan qonunbuzilishlarni bartaraf qilish bo'yicha, davlat organlari va tashkilotlariga 47 ta bajarilishi majburiy bo'lgan taqdimnomalar kiritilib, 47 milliondan ortiq etkazilgan moddiy zararlari undirilishi ta'minlandi hamda 13 nafar aybdor mansabdor shaxslar ma'muriy javobgarlikka tortildi.
Ijtimoiy iqtisodiy sohada huquqni qo'llash amaliyoti o'rganish sohasida  48 ta  davlat organlari va tashkilotlari faoliyati o'rganilib, o'rganish davomida 115 dan ortiq qonun hujjatlari tahlil qilindi.
Tahlil natijasiga ko'ra, Sohalar faoliyatiga oid jamoatchilik fikrini o'rganish maqsadida 9 marotaba ijtimoiy so'rovnomalar o'tkazilib, tashqiliy huquqiy choralar ko'rish haqida 10 dan ortiq takliflar kiritildi.
Norma ijodkorligi sohasida, Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan huquqiy ekspertizadan o'tkazish uchun kiritilgan 9 ta normativ huquqiy xujjat loyihalari huquqiy ekspertizadan o'tkazildi hamda qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha 30 ga yaqin takliflar kiritildi.
Huquqiy targ'ibot sohasida, o'tgan 2021 yilda yangi qabul qilingan jami 1244 ta qonun hujjatlarini davlat organlari va tashkilotlariga elektron tartibda etkazilishi ta'minlanishi bilan bir qatorda tuman hududidagi 37 ta ovul va maxalla fuqarolar yig'inlari va mehnat jamoalari hamda boshqa joylarda 780 dan ortiq huquqiy targ'ibot tadbirlari o'tkazilib, shundan 283 tasi ommoviy axborot vositalari orqali amalga oshirildi.
Tuman adliya bo'limi tomonidan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi keltirilgan raqamlar bilan cheklanib qolmasdan ushbu «Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili»da zimmamizga yuklatilgan vazifalarni chuqur anglaymiz va kelgusida faoliyatimizni yanada ma'suliyat bilan davom qildiramiz.
  
To'rtko'l tumani adliya bo'limi boshlig'i D.Xalmuratov