Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Beruniy tumani adliya bo‘limining 2021-yildagi ish faoliyatidan


Beruniy tumani adliya bo‘limining 2021-yildagi ish faoliyatidan

2021-yilda Adliya vazirligi tizimida zamonaviy boshqaruv uslublari amaliyotga joriy etilishi munosabati bilan tuman adliya bo‘limlarining ish faoliyatida talabchanlik kuchaytirilib, xodimlarning mas’uliyati yanada oshirildi. Natijada adliya bo‘limlari oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish, jumladan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, monitoringlar o‘tkazish, tuman darajasidagi idora va tashkilotlarda huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, qonunchilikdagi yangiliklar va davlat siyosatini yetkazish borasidagi ishlarda samaradorlik ortdi.
Beruniy tumani adliya bo‘limiga 2021-yil davomida jami 143 ta ariza va shikoyatlar kelib tushdi, ularning 19 tasini ariza, 124 tasini shikoyatlar tashkil qilib, kelib tushgan murojaatlarning 142 tasi hal qilindi. Shulardan qanoatlantirilgan ariza va shikoyatlar 117 tani, huquqiy tushuntirish berilganlari 25 tani tashkil qildi, 1 ta murojaat taalluqliligi bo‘yicha tegishli tashkilotlarga yuborildi.
Shuningdek, bevosita shaxsiy qabullarda jami 122 nafar fuqarolarning murojaati qabul qilindi. Norma ijodkorligi sohasida ijtimoiy himoya, tadbirkorlik, ta’lim va boshqa sohalarga oid qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 20 ta taklif ishlab chiqildi. Xalq deputatlari tuman Kengashining 4 ta va tuman hokimining 7 ta, jami 11 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi.
Bo‘lim tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, fuqarolarning manfaatida fuqarolik va ma’muriy sudlarga jami 88 ta da’vo ariza va sud buyrug‘i tartibidagi arizalar kiritilib, shundan 86 tasi qanoatlantirildi va 2 tasi qoldiqda qoldi. Kiritilgan da’vo arizalar natijasida fuqarolarning 844 098 000 so’m miqdordagi ish haqi, ustama va kompensatsiya pullari undirib berildi, shuningdek fermer xo‘jaligining huquqini buzishga olib kelgan tuman hokimligining 2 ta hujjati sud tomonidan haqiqiy emas deb topildi.
Bundan tashqari, 44 ta idora va tashkilotlarda 21 ta o‘rganish va 23 ta monitoringlar o‘tkazildi. Shundan, 11 ta o‘rganish ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotiga, 4 tasi inson huquqlarini himoya qilish sohasiga, 1 tasi yuridik xizmat faoliyatiga, 4 tasi davlat boshqaruvi samaradorligini tahlil qilish sohasiga oid bo‘ldi. O‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar davomida 9897 ta qonun buzilishi holatlari aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan idora va tashkilotlarga jami 44 ta taqdimnomalar kiritildi, natijada 28 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi hamda fuqarolarning 31 840 000 so‘m miqdordagi pul mablag‘lari to‘lab berildi.
Idora va tashkilot rahbarlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda va xodimlarning mehnat huquqlariga rioya qilishda yo‘l qo‘ygan qonun buzilishi holatlari sababli bo‘lim tomonidan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan yil davomida 10 ta taklif berildi, bu bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiylashtirilgan bayonnomalar 7 tani tashkil qilib, 3 nafar mansabdor shaxsning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan tegishli idoralarga taklif berildi, natijada 10 nafar mansabdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish yuzasidan ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, o‘tgan yil davomida bo‘lim xodimlari tomonidan ommaviy axborot vositalari orqali 897 ta, 602 ta og‘zaki, 2 ta yozma huquqiy targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilgan bo‘lsa, ko‘rgazmali targ‘ibot 55 tani tashkil etdi.
Beruniy tumani adliya bo‘limi tomonidan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot bera turib, shuni aytib o‘tishim kerakki ya’ni har bir ishlangan ishlar ortida inson va jamiyat manfaatlari turganligini chuqur anglaymiz, bundan keyingi faoliyatimizda ham xizmat vazifamizni yanada ma’suliyat bilan davom qildirib, adliya bo‘limga kelib tushgan har bir murojaat e’tibordan chetda qolmasligiga va qonuniy yechim topishiga hamda oldimizga qo‘yilgan har bir topshiriq samarali bajarilishiga va’da beramiz.

S.Raimbekova,
Beruniy tumani adliya bo‘limi boshlig‘i.