Янгиликлар
07
Amudaryo tuman Adliya bo'limining 2021 yil sarhisobi.
Amudaryo tuman Adliya bo'limining 2021 yil sarhisobi.
2021 yilda vazirlik tizimida zamonaviy boshqaruv uslublari amaliyotga joriy etilishi munosabati bilan bo'lim ish faoliyatida talabchanlik kuchaytirilib, bo'lim xodimlarining ma'suliyati yanada oshdi. Buning natijasida bo'lim oldiga qo'yilgan vazifalarini amalga oshirish, jumladan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, monitoringlar o'tkazish, tuman darajasidagi idora va tashkilotlarda huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish, qonunchilikdagi yangiliklar va davlat siyosatini etkazish yuzasidan muyyan ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, bo'limga 2021-yil davomida jami 223 ta ariza va shikoyat kelib tushdi. Ushbu murojaatlarning 160 tasini ariza, 60 tasini shikoyat tashkil qilib, kelib tushgan murojaatlarning 214 tasi hal qilindi. Shulardan qanoatlantirilgan ariza va shikoyatlar 131 tani, huquqiy tushuntirish berilganlari 82 tani tashkil qildi. Ayrim murojaatlar taalluqliligi bo'yicha yuborilib, ayrimlari ko'rmasdan qoldirildi.
2021-yil mobaynida bo'lim xodimlarining bevosita shaxsiy qabulida jami 165 nafar fuqaro qabul qilindi, 34 nafar fuqaro sayyor qabullarda murojaat qildi.
Bo'lim tomonidan norma ijodkorligi sohasida 2021-yil davomida turli sohalarga oid qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 27 ta taklif berildi. Xalq deputatlari tuman Kengashining 4 ta va tuman hokimining 4 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari huquqiy ekspertizadan o'tkazildi.
Bo'lim tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida ham 2021-yil davomida muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, bo'lim tomonidan jami 93 nafar fuqaroning manfaatida fuqarolik va ma'muriy sudlarga jami 91 ta da'vo ariza va sud buyrug'i tartibidagi arizalar kiritilib, shundan 59 tasi qanoatlantirildi.
Kiritilgan da'vo arizalar natijasida fuqarolarning ish haqi va ustama pullari, bolalar nafaqa pullari undirib berildi. Ayrim fuqarolarning mansabdor shaxslarning g'ayriqonuniy xatti-harakatini bartaraf qilish bilan bog'liq, farzandiga tug'ilish guvoxnomasi olish kabi masalalari qonuniy hal qilindi va ushbu da'vo arizalar natijasida fuqarolar foydasiga jami 840 milliondan ortiq summadagi ish haqi, etkazilgan moddiy va ma'naviy zararlari undirib berildi.
Bundan tashqari, bo'lim tomonidan 2021-yil davomida jami 65 ta idora va tashkilotlarda 21 ta o'rganish va 47 ta monitoringlar o'tkazildi. Shundan 8 ta o'rganish ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo'llash amaliyotiga, 6 tasi inson huquqlarini himoya qilish sohasiga, 2 tasi yuridik xizmat faoliyatiga, 5 tasi Davlat boshqvaruvi samaradorligini tahlil qilish sohasiga oid bo'ldi. O'rganishlarning 47 tasi murojaatlar asosida o'tkazildi. E’tiborlisi o'tkazilgan o'rganish va monitoringlar davomida jami 7830 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi.
O'rganish davomida aniqlangan qonunbuzilish holatlari bo'yicha idora va tashkilotlarga jami 116 ta taqdimnomalar kiritildi. Kiritilgan taqdimnomalarga asosan 12 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi,
73 nafar mansabdor shaxsning qonunga xilof harakatsizligi va 2 ta g'ayriqonuniy hujjat ijrosi to'xtatildi, yana 8 ta hujjat bekor qilindi. Taqdimnomalar asosida fuqaro va tashkilotlarning 282.023.691 so'm pul mablag'lari qaytarildi yoki undirib berildi.
Idora va tashkilot rahbarlarining fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashda va xodimlarning mehnat huquqlariga rioya qilishda yo'l qo'ygan qonunbuzilish holatlari sababli bo'lim tomonidan ma'muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 2021-yilda 12 ta taklif berildi. Shundan to'g'ridan to'g'ri rasmiylashtirilgan bayonnomalar 8 tani tashkil qilib,
4 nafar mansabdor shaxs yuzasidan tegishli idoralarga taklif berildi. Natijada 12 nafar mansabdor shaxs ma'muriy javobgarlikka tortildi.
Fuqarolarning huquqiy onggi va madaniyatini oshirish yuzasidan ham bo'lim tomonidan 2021-yil davomida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, bu sohada ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik samarali bo'ldi. Xususan, 2021-yilda bo'lim xodimlari tomonidan OAV da 263 ta chiqishlar qilindi, og'zaki huquqiy targ'ibot 522 tani, ko'rgazmali targ'ibot
24 tani tashkil qildi.
Amudaryo tuman Adliya bo'limi tomonidan 2021-yilda amalga oshirilgan ishlar sarxisobi keltirilgan raqamlarda samarali ko'rinsada, aslida bo'lim faoliyatiga bo'lgan bahoni xalqimiz beradi. Zero, har bir erishgan yutuqlarmiz orqasida inson va jamiyat manfaatlari turganligini chuqur anglaymiz va kelajakda ham xizmat vazifamizni shu ma'suliyat bilan davom qildiramiz.
Amudaryo tuman
adliya bo'limi boshlig'i M.Matyusupov