Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Soha faoliyatidan


Soha faoliyatidan

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 28 apreldagi “Moddiy yordam va ko'makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 250-son qaroriga asosan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ni yuritishning haqiqiy ahvoli, vujudga kelayotgan muammolar, shuningdek, mavjud amaliyot hamda amaldagi qonunchilik hujjatlari tahlil qilindi.

Ro'yhatga kiritilgan fuqarolar orasida elektron ko'rinishda o'tkazilgan so'rovnomalar tahlili.

Tahlil natijasida ro'yhatga kiritilgan jami 1725 ta fuqarolar bilan ya’ni, “Temir daftar” 562 ta, “Ayollar daftari” 588 ta  hamda “Yoshlar daftari” 610 ta elektron shaklda so'rovnomalar o'tkazilib quyidagilar aniqlandi.
Xususan, “Temir daftar” yuzasidan o'tkazilgan so'rovnomalarga 16-20 yosh oralig'ida 5 ta, 21-25 yosh 17 ta, 26-30 yosh 36 ta, 31-35 yosh 49 ta, 36-40 yosh 9 ta,  41-45 yosh 7 ta,  46-50 yosh 13 ta, 51-55 yosh 5 ta fuqarolar qatnashgan . Shundan
316 tasi (56,9 %) ayol, 239 tasi (43,1%) erkak.
Shuningdek, so'rovnomani tahlil qilish davomida 504 ta (91,5 %) oila qurganlar va 47 ta (8,5%) oila qurmaganlar qatnashganligi aniqlandi. Shundan oilada 1 nafar farzandi borlar 62 ta (11%), 2 nafar 157 ta (28,4%), 3 nafar 175 ta (31,6%), 4 nafar 83 ta (15%), 5 nafar 14 ta (2,5%), 6 nafar 7 (1,3) va oilada farzandi yo'qlar soni jami 55 ta (9,9%) ni tashkil qiladi.
Tahlillar natijasiga ko'ra, oilada 1nafar oila a'zosi bilan 26 ta (47,%), 2 nafar oila a'zosi bilan  37 ta (6,7%), 3 nafar oila a'zosi bilan 67 ta (12,1%), 4 nafar oila a'zosi bilan 109 ta (19,6%), 5 nafar oila a'zosi bilan 156 ta (28,1%), 6 nafar oila a'zosi bilan 74 ta (13,3%), 7 nafar oila a'zosi bilan  50 ta (9%), 8 nafar oila a'zosi bilan 24 ta (4,3%) va 9 va undan ortiq oila a'zolari bilan 12 ta (2,2%)si birga yashashlari aniqlandi.
Shu bilan birga, oila a'zolaridan ishsizlar soni 1 nafar 142 ta (25,7%), 2 nafar 191 ta (34,5), 3 nafar 105 ta (19%), 4 nafar 35 ta (6,3%), 5 nafar 17 ta (3,1%) va umuman ishsizlar mavjud emasligi 63 ta (11,4%). Doimiy ish bilan band bo'lganlar 1 nafar 171 ta (31%), 2 nafar 70 ta (12,7%), 3 nafar 20 ta (3,6%), 4 nafar 5ta (0,9%), 5 nafar 3 ta (0,5%), 6 va undan ortiq 1 ta (0,2%) hamda doimiy ish bilan band bo'lganlar mavjud emasligi 281 ta (51%). Shundan yakka tartibdagi tadbirkorlar 15 ta (2,7%),  o'zini o'zi band qilgan shaxslar 44 ta (7,9%), davlat organi xodimi 39 ta (7%), yoshga doir pensionerlar 25 ta (4,5%), norasmiy ishchilar 109 ta (19,6), 1-guruh nogironi 15 ta (2,7%), 1-guruh nogironi 59 ta (10,6%), boshqa tadbirkorlik sub’ekti xodimi 59 ta (10,6%) va vaqtincha ishsizlar soni 216 ta (38,9%).
Shuningdek, so'rovnomani tahlil qilish davomida o'rtacha bir oylik daromadi 500 ming so'mgacha bo'lganlar 159 ta (28,8%), 500 mingdan 1 mln.so'mgacha bo'lganlar 210 ta (38%), 1 mln so'mdan 2 mln.so'mgacha 92 ta (16,6%), 2 mln so'mdan 3 mln.so'mgacha 13 ta (23%), 3 mln so'mdan 4 mln.so'mgacha 3 ta (0,5%), 4 mln so'mdan 5 mln.so'mgacha 1 ta (0,2%) va daromadga ega emasmalar 131 ta (23,6%) ni tashkil qilishi aniqlandi.
Nomida yakka tartibdagi uy-joy borlar 243 ta (43,9 %), ko'p qavatli uylarda xonadon borlar 31 ta (5,6 %), noturar joy borlar 6 ta (1,1 %), tomorqa er uchastkasi borlar 59 ta (10,6 %), avtomobil borlar 7 (1,3 %), mavsumiy uskunasi borlar 9 ta (1,6 %) va hech biri mavjud emaslar 261 ta (47,1 %).
So'rovnomada ishtirok etganlarning 419 tasi (75,4%) “Temir daftar”ga kirishda korruptsiya holatlariga duch kelmaganligini va 88 nafar (15,8%) ishtirokchi umuman korruptsiya yo'q, barcha ro'yxatga adolatli kiritilishini bildirishgan. Lekin 11 nafar (2%) ishtirokchi faqat tanish-bilishlar orqali ro'yxatga kiritiladi, 4 nafar (0,7%) ishtirokchi pora berish orqali hal etiladidi va 34 nafar (6,1%) ishtirokchi ba'zida korruptsiya alomatlari uchraydi degan javoblarni bildirishgan.
“Temir daftar”ga kiritish uchun 383 nafar (69,5%) fuqarolarning muammolari  uyiga ishchi guruh a'zolari tomonidan o'rganilgan, 40 nafar (7,3%) fuqarolarning muammolari umuman o'rganilmagan,  105 nafar (19,1%) fuqarolarning muammolari murojaat qilganidan keyin o'rganilgan,  
10 (1,8%) nafar fuqarolarning muammolari tanish-bilish orqali hal etilgan va 13 nafar (2,4%) fuqarolarning muammolari yuqoridagi barcha usullardan foydalangan holda  o'rganilgan.
“Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolar bilan ish tashkil etishda
98 ta (17,8 %) ishtirokchi hokimlik idoralari (sektor) faoliyatidan, 47 ta (8,5 %) ishtirokchi Davlat soliq xizmati organlari (sektor), boshqa tashkilotlar faoliyatidan,  50 ta (9,1 %) ishtirokchi Ichki ishlar organlari (sektor) faoliyatidan, 46 ta (8,3 %) ishtirokchi Prokuratura organlari (sektor) faoliyatidan, 123 ta (22,3 %) ishtirokchi Tijorat banklari faoliyatidan, 137 ta (24,9 %) ishtirokchi mehnat organlari faoliyatidan, 42 ta (7,6 %) ishtirokchi fuqarolarni o'zini o'zi boshqarish organi (MFY) faoliyatidan, 234 ta (42,5 %) ishtirokchi boshqa tashkilotlar faoliyatidan qoniqmasligi bildirishgan.
Shuningdek, tahlil natijasida kamida 53 nafar (9,6%) ishtirokchi
1,5 mln. so'm, 103 nafar (18,6%) ishtirokchi kamida 2 mln. so'm, 140 nafar (25,3%) ishtirokchi kamida 2,5 mln. so'm, 182 nafar (32,9) ishtirokchi kamida 3 mln. so'm va 75 nafar (13,6%) ishtirokchi 3 mln. so'm va undan yuqori miqdordagi ish haqi to'lanadigan ish topib berilganda  “Temir daftar”dan chiqishlarini bildirishgan.
Tahlillarga ko'ra, Sektor rahbarlari (yoki bandlikka ko'maklashish markazlari) tomonidan 181 ta (33%) fuqaroga haq to'lanadigan jamoat ishi,
99 ta (18%) fuqaroga obodonlashtirish ishlari, 23 ta (4,2%)  fuqaroga farroshlik, bog'bonlik, 9 ta (1,6%) fuqaroga mutaxassislikka mos ish, 32 ta (5,8%) fuqaroga xususiy tadbirkorlarda ishchi va 205 ta (37,3%) nafar fuqaroga boshqa turdagi ishlar taklif etilganligi aniqlandi.
Shu bilan birga, “Temir daftar”ni yuritish amaliyoti aholida boqimandalik kayfiyatini vujudga keltirishi yuzasidan tahlil qilinganda 35 ta (6,3%) ishtirokchilar odamlar daftarlarga kirish orqali imtiyozlardan foydalanib olishni maqsad qilishi, 53 ta (9,6) nafar ishtirokchilar odamlar daftarlarga kirgan holda mehnat faoliyati bilan shug'ullanmaslikni maqsad qilishi, 91 ta (16,4%) ishtirokchilar ayrim insonlarda boqimandalik kayfiyatini uyg'otishi va 375 ta (67,7) ishtirokchilar boqimandalik kayfiyatini vujudga keltirmasligi aniqlandi.
So'rovnomada ishtirok etganlarning 256 tasi (46,1%) ularni “Temir daftar”dan chiqarish kasbga o'qitish yoki hunar o'rgatish orqali amalga oshirilishiga kerak ekanligi, lekin bunaqa amaliyot juda kamligin, 69 tasi (12,4%) kerak emasligi, bu yo'l bilan daftardan chiqishni istamasligini, 90 tasi (16,2%) kerak emasligi, unga faqat moddiy turda yordam ko'rsatishini xohlashini hamda 140 tasi (25,2%) kerak emaslgi, kasbga o'qitish yoki hunar o'rgatish rasmiyatchilik uchun bo'lib qolgan, tashkil etilayotgan kurslar samarasiz ekanligini bildirishgan.
Shuningdek, ishtirokchilarning 299 tasi (54%) bir yilda bir marta, 186 tasi (33,6%) bir yilda ikki marta, 50 tasi (9%) bir yilda uch marta “Temir daftar”da ro'yxatga olingani uchun ularga bir martalik moddiy yordam ajratilganligini bildirishgan.
Shu bilan birga, 84 ta  (15,2 %) ishtirokchi “Temir daftar” bo'yicha berilgan imtiyozlardan bandligi ta'minlanganlini, 56 ta (10,2 %) ishtirokchi tomorqadan daromad ola boshlaganligin, 4 ta (0,7 %) ishtirokchi tadbirkorlikni yo'lga ko'yganligin, 436 ta (79,1 %) ishtirokchi moddiy yordam olganligin, tibbiy xizmatdan foydalandidi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 oktyabrdagi 799-son qarori bilan tasdiqlangan Haq to'lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish tartibi to'g'risidagi nizom talablariga rioya etilishi yuzasidan:
Nizomning 5-bandida “Aholi bandligiga ko'maklashish markazi jamoat ishlariga yuboriladigan fuqarolarning kasbi, yoshi va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda jamoat ishlarining joylarini, shuningdek jamoat ishlarida ishtirok etish shartlarini belgilash” talabi Qo'ng'irot tumani Markazi tomonidan amalga oshirilmagan.
Nizomning 10-bandida buyurtmachi ish beruvchilar har oyning 15-sanasiga qadar kelgusi hisobot oyi uchun jamoat ishlarini tashkil qilish bo'yicha buyurtmalar ro'yxatiga kiritish uchun tuman (shahar) ABKMga jamoat ishlarini tashkil qilish bo'yicha buyurtma berishi, 11-bandida ABKM har oyning 20-sanasiga qadar buyurtmachi ish beruvchilardan kelgusi oyda jamoat ishlarini tashkil qilish bo'yicha buyurtmalarni qabul qilishi belgilangan.
Lekin, Shumanoy tumani mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limidan kelgusi hisobot oyi uchun jamoat ishlarini tashkil qilish bo'yicha buyurtma Markazga 2020 yil iyul oyining 27-sanasida kelib tushganligi aniqlandi.
Xuddi shunday qonun buzilishlar Qo'ng'irot tumanida 240 ta, Sho'manoyda 25 ta, Taxtako'pirda 39 ta, Kegeylida 14 ta, Amudaryoda 7 ta, Nukus shahrida 5 ta, Qonliko'lda 4 ta,  holatda takrorlangan.
Bundan tashqari, Kegeyli tumanidagi “Aspantay”, “Abat”, “Aqtuba” OFY, “Gujim terek” MFY tomonidan taqdim etilgan jamoat ishlarini tashqil etish bo'yicha buyuritmalarida ish beruvchilarning imzosi va muxiri qo'yilmagan bo'lsada 64 nafar fuqarolar haq tulanadiga ishlarga jalb qilinib, ish haqilari to'lab berilgan.
Shuningdek, Taxtako'pir tumanidagi “G'arezsilik” MFY, “Qaratereng” OFY, “Marjankol” OFY, “Atako'l” OFY hamda “Aydinjol” MFYlar tomonidan 2020 yilda berilgan buyurtmada qancha va qaysi muddatlarga jamoat ishchilari kerakligiga aniqlik kiritilmagan hamda buyurtma qachon tuzilganligi to'g'risida ma'lumotlar aks ettirilmagan.
Nizomning 14-bandida hisobot oyining 1-sanasiga qadar ABKM buyurtmachi-ish beruvchi bilan jamoat ishlarida qatnashadigan fuqarolar ro'yxatini ilova qilgan holda jamoat ishlarini tashkil qilish bo'yicha shartnoma tuzishi belgilangan.
Lekin,  Qo'ng'irot tumani “Hakim ata” MFY bilan jamoat ishlarini tashkil qilish bo'yicha shartnomani 2020 yil aprel oyning 8-sanasida, “Kiet” OFY bilan jamoat ishlarini tashkil qilish bo'yicha shartnomani 2020 yil aprel oyning 22-sanasida, “Turkiston” MFY bilan jamoat ishlarini tashkil qilish bo'yicha shartnomani 2019 yil yanvar oyning 15-sanasida tuzgan. Shuningdek shartnomada jamoat ishlarida qatnashadigan fuqarolar ro'yxati ilova qilinmagan.
Shu kabi qonun buzilishlar Sho'manoyda 586 ta, Qo'ng'irotda 102 ta holatda takrorlangan.
Shuningdek, Markazning Beruniy tumani tomonidan tumandagi mavjud davlat organlari va tashkilotlari hamda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining buyurtma xatlariga asosan 2019 yil davomida 402 ta, 2020 yilda 649 ta “Haq to'lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish bo'yicha” Markaz va buyurtmachi-ish beruvchi o'rtasida ikki nusxada shartnomalar tuzilgan bo'lib, shundan 2020 yilda tuzilgan 5 ta shartnomalarning ikki nusxasi ham tuman Markazida saqlanayotganligi aniqlandi.
Bundan tashqari, Amudaryo tumani “Yuqori qishloq” MFY tomonidan 2020 yil aprel oyi uchun buyurtma berilmagan bo'lsada Tuman Markazi bilan “Yuqori qishloq” MFY o'rtasida 2020 yil 1 aprel kuni 1735204-1670-sonli jamoat ishlarini tashkil qilish bo'yicha shartnoma rasmiylashtirilgan, shuningdek, ushbu shartnoma “Yuqori qishloq” MFY raisi tomonidan imzo qo'yilmagan va muhr bilan tasdiqlanmaganligi, Amudaryo tumani “Yuldashev Eldor” fermer xo'jaligi tomonidan jamoat ishlarini tashkil qilish bo'yicha 2020 yil 17 mart kuni buyurtma berilgan bo'lsada, tuman Markazi bilan “Yuldashev Eldor” fermer xo'jaligi o'rtasida 2020 yil 1 mart kuni 82-sonli, Amudaryo tumani “MAQSEDBAEVA PARIZODA” oilaviy korxonasi tomonidan jamoat ishlarini tashkil qilish bo'yicha 2020 yil 16 mart kuni buyurtma berilgan bo'lsada mazkur oilaviy korxonasi o'rtasida haq to'lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish bo'yicha 2020 yil 1 mart kuni 53-sonli shartnoma tuzilgan.
Shu kabi qonun buzilishlar Amudaryo tumanida 4 ta holatda takrorlangan.
Nizomning 19-bandida “Markaz buyurtmachi ish beruvchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq jamoat ishlari boshlanishidan 5 kun oldin fuqarolarga 2-ilovaga muvofiq shaklda ish bilan band bo'lmagan shaxsga jamoat ishlarida qatnashish uchun yo'llanma beradi”-deb belgilangan.
Ammo Beruniy tumanida jamoat ishlariga jalb etish uchun ish beruvchilar va Markaz bilan shartnomalar tuzilgan kuni yo'llanma berilganligi va ushbu yo'llanmani qabul qilingan javobi shu kun bilan olinganliklari aniqlandi.
Bu kabi qonun buzilish holatlar Qo'ng'irotda 88 ta, Qonliko'lda 49 ta, Nukus tumanida 28 ta, Amudaryoda 4 ta, Kegeylida 6 ta holatda takrorlangan.
Shuningdek, To'rtko'l tumanida 2020 yilda Obodonlashtirish boshqarmasiga ish bilan band bo'lmagan shaxslarga jamoat ishlarida qatnashish uchun berilgan yo'llanmalarda sana ko'rsatilmagan.
Nizomning 15-bandida “jamoat ishlarini tashkil qilish uchun shartnomalar moliya yili uchun 2 haftadan kam bo'lmagan, lekin
3 oydan ortiq bo'lmagan muddatga tuziladi” deb belgilangan.
Amudaryo tumani “Qipchoq” shaharcha fuqarolar yig'inining fuqaro A.Gaipovni 2020 yil 3 yanvardan 15 yanvargacha (12 kunga) ishga qabul qilingani to'g'risida buyruq berilgan.
Shu kabi qonun buzilishlar Amudaryo tumanning “Beruniy”, “O'rta qal’a”, “Do'stlik”, “Bosuv”, “Tosh yop”, “Yangiobod”, “Daryo bo'yi”, “Qilichboy”, “Farovon”, “Nauna”, “Amir Temur”, “Qizilcholi”, “Do'rman”, “Besh ovul”, “Yuqori qishloq”, “Chordara”, “O'zbekiston”, “Ayoqchi” mahalla va ovul fuqarolar yig'inlarida takrorlangan.
Shuningdek, Chimboy tumanidagi “Kenes” OFY tomonidan 2018 yil 1 iyun kuni vaqtinchalik jamoat ishlarini bajarishga ishga qabul qilingan fuqaro M.Pirlanov bilan 01.07.2018 yilda tartib raqami ko'rsatilmagan ish boshlanishi 01.07.2018 yil va tugash muddati ko'rsatilmasdan mehnat shartnomasi tuzilgan hamda fuqaro M.Pirlanov bilan 6 oy o'tganidan so'ng ya’ni 31.12.2018 yilda mehnat shartnomasini bekor qilish yuzasidan 90-son buyruq qabul qilingan.
Nizomning 22-bandida “ABKM tomonidan har haftada kamida bir marta jamoat ishlari tashkil qilinishining holati monitoring qilib borilishi va tegishli monitoring dalolatnomasi bilan rasmiylashtirilishi” Nizomning 23-bandida, monitoring jarayonida shartnoma shartlari buzilganligi holati aniqlanganda, aniqlangan qonunbuzilishi holati bo'yicha tegishli ABKM xodimi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilishi va qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko'rish uchun ABKMga taqdim etilishi” belgilangan.
Ammo, Sho'manoy tumani Markazi tomonidan “Turdыbay Kurbanov” FX bilan 2019 yilning 1-may sanasida tuzilgan jamoat ishlarini tashkil qilish yuzasidan shartnoma bo'yicha jamoat ishlari tashkil qilinishining holati monitoring o'tkazmagan.
Shu kabi Monitoring o'tkazilmagan holatlar Sho'manoy tumanida 35 ta holatda takrorlangan.
Amudaryo tumani Markazi xodimlari tomonidan “Do'stlik” MFYda 2020 yil 17, 21, 27 avgust kunlari, “Ayoqchi” MFYda 2020 yil 24 avgust kuni o'tkazilgan monitoringlar natijasi yuzasidan tuzilgan dalolatnomada birorta ma'lumot ko'rsatilmay, mutasaddi shaxslar tomonidan imzolanish bilan cheklangan.  
Taxtako'pir tumanidagi “Dauir” MFYda 2020 yil 27 iyul kuni o'tkazilgan monitoring jararyonida tuzilgan dalolatnomada xodimlar to'liq ishga chiqmaganlik holati aniqlangan bo'lsada, necha nafar xodim va kimlar chiqmaganligiga aniqik kiritilmaganligi natijasida ushbu MFY tomonidan 2020 yil uchun berilgan ish tabelida ishga chiqmagan xodimlarning har biriga 28.897 so'mda ish haqi to'lagan.
Bundan tashqari, Markazning Nukus shahri, Beruniy, Amudaryo, Taxtako'pir, To'rtko'l tumanlari tomonidan o'tkazilgan monitoringlarda Davlat mehnat inspektsiyasi bilan birgalikda jamoat ishlarida ishtirok etayotgan ishchilarning mehnat qonunchiligida belgilangan kafolatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratini amalga oshirishda fuqarolar bilan ish beruvchilar o'rtasida mehnat qonunchiligida belgilangan kafolatlariga rioya etilishi, mehnat shartnomasi tuzishda qonun hujjatlariga rioya etilishiga e’tibor qaratilmay, faqat gina ishchilarning o'z ish o'rinlarida bor yoki yo'qligi to'g'risidagi ma'lumotlarni ko'rsatish bilan cheklangan.
Nizomning 31-bandida “Jamoat ishlarida qatnashadigan fuqarolar bilan ish beruvchi mazkur Nizom talablariga muvofiq mehnat shartnomasi tuzadi” deb belgilab qo'yilgan.
Taxtako'pir “Dao'ir” MFY tomonidan 2020 yil 12 oyi davomida 179 nafar fuqarolar jamoat ishlariga jalb qilingan bo'lsada ushbu fuqarolar bilan mehnat shartnomalari tuzilmagan.
Xuddi shunday, Amudaryo tumani “Olmazor”, “To'lqin”, “Choyko'l”, “Do'stlik”, “Durunki, “Do'rman” ovul va mahalla fuqarolar yig'ini tomonidan jamoat ishlariga jalb qilingan fuqaroar bilan mehnat shartnomasi tuzilmagan.
Berniy tumanida jamoat ishlarida qatnashadigan fuqarolar bilan ish beruvchilar o'rtasida mehnat shartnomalari tuzilgan bo'lsada, ayrim tashkilotlarda tuzilgan mehnat shartnomalari tegishli tartibda ro'yxatga olinib, raqamlanmagan, shuningdek Beruniy tumani Obodonlashtirish boshqarmasida jami 63 ta holatda mehnat shartnomalari xodimlar tomonidan imzolanmaganligi aniqlandi.
Shuningdek, Yaimboy tumanidagi “Temir jol guzarы” MFY tomonidan fuqaro A.N. bilan 3.07.2020 yilda tartib raqami ko'rsatilmasdan mehnat shartnomasi tuzilgan, lekin buyruq chiqarilmasdan ishga qabul qilingan.
Bu kabi holatlar Chimboy tumanida fuqarolar G.A., K.A., R.M.larni ishga qabul qilishda takrorlangan.
Nizomning 35-bandiga asosan, fuqarolarning jamoat ishlarida qatnashgan davri to'g'risida buyurtmachi-ish beruvchilar tomonidan ularning mehnat daftarchalariga tegishli yozuv kiritilishi, jamoat ishlarida qatnashgan davr mehnat stajiga qo'shiladi. Jamoat ishlarida qatnashgan fuqarolarda pensiya ta'minoti va vaqtincha ishga yaroqsizligi bo'yicha nafaqa olish huquqi saqlanib qolishi, shaxsning jamoat ishlarida qatnashgan davri uchun sug'urta badallari buyurtmachi-ish beruvchilar tomonidan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq to'lanishi belgilangan.
Ammo, Qonliko'l, Nukus tumani markazi tomonidan 2019-2020 yillarda jamoat ishlarida ishlagan fuqarolar ishlaganligi uchun mehnat staji yozilmagan.
Vazirlik, tuman (shahar) adliya bo'limlari tomonidan o'tkazilgan o'rganish natijasida aniqlangan xato-kamchiliklar va qonun buzilish holatlari bo'yicha jami 17 ta taqdimnoma kiritilib, ijrosi nazoratga olindi.
Yuqoridagilarga asos o'tkazilgan o'rganishlar natijasida tuzilgan ma'lumotnomalar ilovalarga muvofiq yuborilmoqda.

T.Asanov,
Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni
Qo'llash amaliyoti bo'limi etakchi maslahatchisi