Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Qarz shartnomasi haqida nimalarni bilish kerak?


Qarz shartnomasi haqida nimalarni bilish kerak?

Qarz munosabatlari Ózberiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 41 bobida aniq belgilab qóyilgan.
Qarz shartnomasi bóyicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga hos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yóla yoki bólib-bólib, óshancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi.
Qarz shartnomasi pul yoki ashyolar topshirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi..
Fuqarolar órtasida qarz shartnomasi, agar bu qarzning summasi bazaviy hisoblash miqdorining ón baravaridan ortiq bólsa, oddiy yozma shaklda tuzilishi shart, shartnomadagi taraflardan biri yuridik shaxs bólganida esa summasidan qatti nazar, yozma shaklda tuzilishi shart.
Qarz shartnomasining yozma shakliga rioya qilmaslik ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarga olib keladi.
Agar qarz oluvchining tilxati yoki unga qarz beruvchi tomonidan muayyan summa yoki muayyan miqdordagi ashyolar topshirilganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjat mavjud bo‘lsa, qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi.
Agar qarz majburiyati qarz oluvchi tomonidan berilgan veksel, obligatsiya yoki qarz summasini va qarz beruvchining uni undirib olish huquqini belgilaydigan boshqa qimmatli qoǵoz bilan tasdiqlangan bólsa, qarz shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
Qarz shartnomasi bóyicha foizlar
Agar qonunda yoki qarz shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bólmasa, qarz beruvchi (yuridik shaxs yoki fuqaro) qarz oluvchidan qarz summasiga shartnomada belgilangan miqdorda va tartibda foizlar olish huquqiga ega bóladi.
Agar qarz shartnomasi bóyicha qarz oluvchiga turga xos alomatlari bilan belgilangan ashyolar topshirilsa, ularning miqdori va shakli (pul yoki natura holidagi) shartnomada kózda tutilgan hollarda foizlar tólanishi kerak.
Foizlar tólash tartibi va muddatlari qarz shartnomasi bilan belgilanadi. Agar foizlar tólash tartibi va muddatlari shartnomada belgilangan bólmasa, ular asosiy qarzni qaytarish uchun shartnomada nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda tólanadi.
Qarz oluvchining qarz summasini qaytarish majburiyati
Qarz oluvchi olingan qarz summasini qarz shartnomasida nazarda tutilgan muddatda va tartibda qarz beruvchiga qaytarishi shart.
Agar qarz summasini qaytarish muddati shartnomada belgilangan bólmasa, qarz oluvchi uni qarz beruvchi qarzni qaytarish haqida talab qóygan kundan boshlab óttiz kun mobaynida qaytarishi kerak.
Foizsiz qarz summasi qarz oluvchi tomonidan muddatidan oldin qaytarilishi mumkin.
Foiz evaziga berilgan qarz summasi, agar qarz shartnomasida kózda tutilgan bólsa yoki qarz beruvchining roziligi bilan, muddatidan oldin qaytarilishi mumkin.
Qarz oluvchi tomonidan qarz shartnomasini buzish oqibatlari
Agar qonunchilikda yoki qarz shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bólmasa, qarz oluvchi qarz summasini vaqtida qaytarmagan hollarda ushbu Kodeksning 734-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar tólangan bólishidan qatti nazar, qarz qaytarib berilishi kerak bólgan kundan boshlab to u qarz beruvchiga qaytarib berilgan kungacha bu summa yuzasidan ushbu Kodeksning 327-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan miqdorda foizlar tólanishi kerak.
Agar qarz shartnomasida qarzni qismlab (bólib-bólib) qaytarish nazarda tutilgan bólsa, qarz oluvchi qarzning navbatdagi qismini qaytarish uchun belgilangan muddatni buzgan taqdirda, qarz beruvchi qarzning qolgan barcha summasini tegishli foizlar bilan birga muddatidan oldin qaytarishni talab qilishga haqli.
Agar qarz shartnomasida qarz bóyicha foizlarni qarzning ózini qaytarish muddatidan oldin tólash nazarda tutilgan bólsa, bu majburiyat buzilgan taqdirda, qarz beruvchi qarz oluvchidan qarz summasini tegishli foizlari bilan birga muddatidan oldin qaytarishni talab qilishga haqli.
Qarz shartnomasi yuzasidan davolashish
Qarz oluvchi pul yoki boshqa ashyolarni qarz beruvchidan amalda olmaganligini yoki shartnomada kórsatilganidan kam miqdorda olganligini isbot qilib, qarz shartnomasi yuzasidan davolashishga haqli.
Yozma shaklda tuzilishi lozim bólgan qarz shartnomasi yuzasidan guvohlarning kórsatmalari yordamida davolashish mumkin emas, shartnoma aldash, zórlik ishlatish, tahdid qilish, qarz oluvchining vakili qarz beruvchi bilan yomon niyatda kelishishi yoki qiyin vaziyatlar tasirida tuzilgan hollar bundan mustasno.
Agar qarz oluvchi qarz shartnomasi yuzasidan davolashuvi jarayonida pul yoki boshqa ashyolar haqiqatan ham qarz beruvchidan olinmaganligi aniqlansa, qarz shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi. Qarz oluvchi qarz beruvchidan pul yoki boshqa ashyolarni shartnomada kórsatilganidan amalda kam miqdorda olgan hollarda shartnoma ana shu miqdordagi pul yoki ashyolarga tuzilgan hisoblanadi.
Qarz oluvchining majburiyatlari bajarilishini taminlash
Qarz oluvchi qarz summasining qaytarib berilishini taminlash yuzasidan qarz shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmasa, shuningdek qarzning taminoti qarz beruvchi javobgar bólmagan vaziyatlarda yóqotilsa yoki uning shartlari yomonlashsa, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bólmasa, qarz beruvchi qarz oluvchidan qarz summasini muddatidan oldin qaytarishni va tegishli foizlarni tólashni talab qilishga haqli.
Aniq maqsadli qarz
Agar qarz shartnomasi qarz oluvchining mablaǵlardan aniq maqsadda (aniq maqsadli qarz) foydalanishi sharti bilan tuzilgan bolsa, qarz oluvchi qarz beruvchiga qarz summasidan aniq maqsadda foydalanilishini nazorat qilish imkoniyatini taminlab berishi shart.
Qarz oluvchi qarz shartnomasining qarz summasidan aniq maqsadda foydalanish haqidagi shartlarini bajarmagan taqdirda, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bólmasa, qarz beruvchi qarz oluvchidan qarz summasini muddatidan oldin qaytarishni va tegishli foizlarni tólashni talab qilishga haqli.
Davlat zayomi shartnomasi
Davlat zayomi shartnomasi bóyicha davlat qarz oluvchi, fuqaro yoki yuridik shaxs esa qarz beruvchi bóladi.
Davlat zayomlari ixtiyoriydir.
Davlat zayomi shartnomasi qarz beruvchining qarz oluvchidan unga qarzga berilgan pul mablaǵlarini yoki, zayom shartlariga boǵliq holda, — boshqa mol-mulkni, belgilangan foizlarni yoki boshqa mulkiy huquqlarni zayomni muomalaga chiqarish shartlarida nazarda tutilgan muddatlarda olish huquqini tasdiqlaydigan davlat obligatsiyalari yoki boshqa davlat qimmatli qoǵozlarini qarz beruvchining sotib olishi yóli bilan tuziladi.
Muomalaga chiqarilgan zayomning shartlarini ózgartirishga (zayomni konversiyalash), shu jumladan ushbu Kodeksning 383-moddasida nazarda tutilgan asoslarga kóra, ózgartirishga yól qóyilmaydi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Davlat zayomi shartnomasi bóyicha davlat ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq javobgar bóladi.

Qónǵirot tumani Yuridik xizmat kórsatish markazi
Bosh yuriskonsulti  R.Annarazov