Янгиликлар
15
Tungi vaqtdagi ish uchun haq toʻlanadi
Tungi vaqtdagi ish uchun haq toʻlanadi
O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 158-moddasiga muvofiq, tungi vaqtdagi ish uchun haq toʻlash belgilangan.
Tungi vaqtdagi (122-moddaning birinchi qismi) ishning har bir soati uchun kamida bir yarim baravar miqdorda haq toʻlanadi.
Tungi vaqtdagi ish uchun oshirilgan miqdorda toʻlangan haq tarif stavkalariga (mansab maoshlariga) qoʻshilmaydi.
Toʻlanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, - ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi.
Jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib, kechki smenadagi ish uchun oshirilgan miqdorda haq toʻlash nazarda tutilishi mumkin. Bevosita tungi smenadan oldingisi kechki smena deb hisoblanadi.
Tungi vaqtdagi ish ham normal sharoitlardan chetga chiqib bajarilgan ishlar qatoriga kiradi hamda mehnat qonunchiligi bunday ishlar uchun oshirilgan miqdorlarda haq toʻlashni nazarda tutadi.
Soat 22:00 dan to soat 6:00 gacha boʻlgan vaqt tungi vaqt deb hisoblanadi (OʻzR MKning 122-moddasi).Tungi vaqtdagi ishning har bir soati uchun kamida bir yarim baravar miqdorda haq toʻlanadi.
Tungi vaqtdagi barcha ish korxonadagi birlamchi hujjatlarda rasmiylashtiriladi va tungi vaqtdagi ish uchun qoʻshimcha haq miqdori soatbay stavkaning 50 foizidan kam boʻlmasligi lozim. Ayni paytda tungi vaqtdagi ish uchun oshirilgan miqdorda toʻlangan haq tarif stavkalariga (mansab maoshlariga) qoʻshilmaydi, biroq mahsulot qiymatiga va korxonaning davriy xarajatlar tarkibiga kiritiladi.
Toʻlanadigan haqning aniq miqdori jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, - ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilanadi. Jamoa shartnomasi va ish beruvchi bilan xodimlar vakillik organlari oʻrtasida tuzilgan boshqa lokal hujjatlarda tungi vaqtda ishlaganlik uchun qonunda belgilanganidan yuqoriroq haq toʻlash qayd qilib qoʻyilishi mumkin.
Jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib, kechki smenadagi ish uchun oshirilgan miqdorda haq toʻlash nazarda tutilishi mumkin. Bevosita tungi smenadan oldingisi kechki smena deb hisoblanadi.
Smenalar boʻyicha ishlaydigan korxonalarda ikkinchi smena ish vaqti odatda koʻpincha tungi vaqtdan oldingi vaqtga toʻgʻri keladi. Ayni paytda bu vaqt odatdagi ish vaqti (asosan soat 17:00 yoki 18:00) tugaganidan keyin ishlashlikni taqozo qiladi. Lekin amaldagi qonunchilik faqat tungi vaqgdagi, ya’ni 22:00 dan 6:00 gacha boʻlgan ish uchun yuqori haq toʻlash zarurligini nazarda tutadi. Kechki vaqtdagi ish uchun umumiy tartibga koʻra qoʻshimcha haq toʻlanmaydi. Xodimlarni ish haqiga boʻlgan huquqlarini toʻlaroq qondirish maqsadida korxonaning jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib, kechki smenadagi ish uchun oshirilgan miqdorda haq toʻlash nazarda tutilishi mumkin.
Amudaryo tumani Yuridik xizmat
koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti: J.O.Avezov