Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida ta’lim olish munosabati bilan beriladigan ta’tillar


Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida ta’lim olish munosabati bilan beriladigan ta’tillar

Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksining 256-moddasiga muvofiq, Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida ta’lim olayotgan xodimlarga

laboratoriya-imtihon sessiyasida qatnashish davrida ta`tillar beriladi.

a) laboratoriya ishlarini bajarish, sinov va imtihonlarni topshirish uchun beriladigan ta’tillar;

b) diplom loyihasi (ishi)ni tayyorlash va himoya qilish uchun beriladigan ta’tillar;

v) davlat malaka imtihonini (attestatsiyasini) topshirish uchun beriladigan ta’tillar;

g) oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻqish bilan bogʻliq holda ish haqi saqlanmagan ta’til.

• Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida oʻqiydigan xodimlarga beriladigan oʻquv ta’tili muddati va ulardan foydalanish tartibi bir qator omillarga bogʻliq boʻladi. Bunday omillar qatoriga oʻquv yurtning oliy yoki oʻrta maxsus ekanligi, ta’lim shakli (sirtqi yoki kechki), xodim ta’lim olayotgan kursning quyi (1-2 kurs) yoki yuqori (3-4 kurs) ekanligi, oʻquv ta’tili qanday maqsadda (oraliq sessiyalar davrida, diplom loyihasi (ishi)ni bajarish va hokazo) berilayotganligi kabilar kiradi.

• Xodimga oʻquv ta’tili oliy yoki oʻrta maxsus oʻquv yurti tomonidan belgilangan shaklda rahbar imzosi bilan tasdiqlanib, muhr bosilgan hamda berilgan chaqiriq-ma’lumotnoma asosida oʻquv ta’tili beriladi.Oʻquv yurtning chaqiriq-ma’lumotnomasi mulkchilik shaklidan qa’tiy nazar ish beruvchilar uchun majburiy kuchga ega boʻlib, u taqdim etilishi bilan xodimga tegishli oʻquv ta’tili berilishi haqida buyruq (farmoyish) chiqarishlari lozim boʻladi.

• Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olayotgan xodimlarga beriladigan oʻquv ta’tili maqsadli boʻlib, undan belgilanmagan maqsad yoʻlida foydalanish, boshqa davrga koʻchirish, mehnat ta’tiliga qoʻshib berishga yoʻl qoʻyilmaydi. Oʻz vaqtida foydalanilmagan oʻquv ta’tilidan foydalanish huquqi yoʻqoladi va bu huquqdan keyinchalik foydalanish mumkin emas. Oʻquv ta’tili xodim kasal boʻlib qolgani yoki boshqa uzrli sabab bilan olinmagan boʻlsa, tegishli hujjatlar taqdim etilganida keyinchalik taqdim etilishi va sinov hamda imtihonlarni topshirish maqsadida undan foydalanishi mumkin.

• Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim oluvchi xodimlarga sinov va imtihonlarni topshirishlik uchun har bir oʻquv yilida odatda ikki marta (qishki va yozgi sinov imtihon sissiyalariga boʻlingani holda) beriladi va uzliksiz tarzda foydalaniladi.Oliy yoki oʻrta maxsus oʻquv yurti tomonidan talaba (oʻquvchi)ga lobaratoriya ishlarini sessiya oraligʻi davrida bajarishlik, sinov va imtihonlarni sessiyadan tashqari vaqtlarda topshirishlikka ruxsat etilgan boʻlsa kurslar oraligʻidagi oʻquv ta’tillaridan qismlarga boʻlib foydalanishlikka yoʻl qoʻyilishi mumkin. Ammo bunda berilgan oʻquv ta’tilining umumiy muddati ushbu semestr yoki kurs uchun belgilab qoʻyilgan oʻquv ta’tili jami miqdoridan ortib ketmasligi kerak.

• Oliy oʻquv yurtlarning oxirgi kurslarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olayotgan talabalar bitta semestr davomidagina nazariy mashgʻulotlarda qatnashadilar va shu sababli sinov-imtihon uchun ularga oʻquv ta’tili belgilanganning yarmi miqdorida beriladi.

• Asosiy ishdan boʻsh vaqtlarida oʻrindoshlik boʻyicha ishlovchi xodimlarga oʻquv ta’tillari oʻrindoshlik boʻyicha ishlayotgan korxonasi tomonidan ham berilishi lozim.

• Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda kechki oʻquv shaklida oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olayotgan talaba–xodimlarga sinov– imtihonlarni topshirish, labaratoriya ishlarini bajarish uchun ta’limning 1-2 kursida 20 kalendar kun, yuqori kurslarda 30 kalendar kun, oʻrta maxsus oʻquv yurtlarning oʻquvchi–xodimlariga esa ta’limning 1-2 kursida 10 kalendar kun, yuqori kurslarda esa 20 kalendar kun oʻrtacha ish haqi saqlangan holda ta’til beriladi.

• Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida sirtdan ta’lim oluvchi talaba (oʻquvchi)larga sinov–imtihonlarni topshiri, laboratoriya ishlarini bajarishlik uchun oliy oʻquv yurti talabalariga 1-2 kurslarda 30 kalendar kun, yuqori (qolgan) kurslarda esa 40 kalendar kun oʻquv ta’tili beriladi.Oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida sirtdan ta’lim olayotgan oʻquvchilarga ta’limning 1-2 kursida 30 kalendar kun yuqori (qolgan) kurslarida esa 40 kalendar kundan iborat oʻquv ta’tili beriladi.Oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olayotgan xodimlarga sinov–imtihonlarni topshirish, laboratoriya ishlarini bajarish uchun oʻquv ta’tili berilishning asosiy sharti – ularning oʻquv yurtida muvofaqiyatli ta’limni davom ettirayotganlari (imtihon va sinovlardan qarzdor emasliklari) hisoblanadi va ushbu fakt oʻquv yurti tomonidan beriladigan ma’lumotnoma – chaqiriq qogʻozi bilan tasdiqlanadi.

• Ayrim mutaxassisliklarni tayyorlash xususiyatlari xisobga olingan holda sinov–imtihon va labaratoriya ishlarini bajarish paytida beriladigan oʻquv ta’tili muddati undan foydalanish tartibi maxsus tarzda belgilab qoʻyilishi mumkin (masalan, musiqa bilim yurtlari, teatr, madaniy–ma’muriy oʻquv muassasalari va boshqa joylarda).

• Barcha turdagi oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarning ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim oluvchi (kechki, sirtqi) talabalari (oʻquvchilari)ga davlat malaka imtihonlarini (attestatsiyasini) topshirishlik uchun 30 kalendar kundan iborat oʻrtacha ish haqi saqlangan holda oʻquv ta’tili beriladi va bu davrda xodimning oʻrtacha ish haqi saqlab turiladi.

• Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olayotgan xodimlar (kechki, sirtqi) diplom loyihasi (ishi)ni tayyorlash hamda himoya qilish davrida qoʻshimcha oʻquv ta’tildan foydalanishga haqli boʻladilar. Bu oʻquv ta’tilining muddati oliy oʻquv yurtlarda 4 oydan, oʻrta maxsus oʻquv yurtlarda esa 2 oydan iborat boʻladi.Agar diplom loyihasi (ishi)ni davlat imtihon komissiyasida himoya qilinmasa, u holda faqat 30 kalendar kundan iborat ta’til berish bilan cheklanadi.

• Davlat imtihonlarini oʻz vaqtida topshirmagan, diplom loyihasi (ishi)ni himoya qilishlik uchun unga ish haqi toʻlanmagan holda oʻz hisobidan ta’til beriladi.

• Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarning (kechki, sirtqi) oxirgi kurslarda oʻqiyotgan xodimlarga ularning yozma arizalariga movofiq diplom loyihasiga materiallar toʻplash uchun 30 kalendar muddat bilan ish haqi saqlanmagan holda asosiy va oʻrindoshlik boʻyicha ishlaydigan ish joylarida ta’til beriladi. Xodim ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilganligi haqida oʻzi ishlaydigan korxona chiqargan buyruqni taqdim etgani holda oʻzi ta’lim olayotgan oʻquv yurtiga ariza bilan murojaat qilinganida unga oʻquv yurti ushbu 1 oylik davr uchun umumiy asoslarda (kunduzgi boʻlim talabalari uchun belgilangan miqdorda) stipendiya tayinlash lozim boʻladi.

Amudaryo tumani Yuridik xizmat

koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti:                                               J.O.Avezov