Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Fuqaroning 7 yillik ovaragarchiligiga chek qoʻyildi


Fuqaroning 7 yillik ovaragarchiligiga chek qoʻyildi

Fuqaro T.I xodimlari byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi bo‘limi xodimlari xatti-harakatidan norozi boʻlib 2011-yilda pensiyaga chiqqanligini, ammo ish stajlari to’liq hisoblanmaganligini, shu masalada 7 yildan beri ovora bo’layotganini bildirib, mazkur yillarni ish stajiga kiritib berishni soʻrab tuman adliya bo’limiga murojaat qiladi.
Fuqaroning murojaatini oʻrganish davomida ayrim qonunbuzilish holatlariga  yo’l qo’yilgani aniqlandi.
Xususan, fuqaro T.I ning 2011-yil 12-aprel kungi arizasi va qo‘shimcha taqdim etgan hujjatlariga asosan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Amudaryo tuman bo‘limi tomonidan 2011-yilning 12-aprelidan jami
11 yil 9 oy ish staji bilan pensiya tayinlanadi.
Fuqarolik ishlari bo’yicha Amudaryo tuman sudining 2014-yil 5-dekabrdagi hal qiluv qaroriga asosan T.I ning mehnat staji qayta xisoblanib, 1991-1999-yillarda sobiq Berdax sovxozida ishlagan davri mehnat stajiga qo’shilib, ish staji jami 13 yil 7 oyga qayta hisoblangan.
Ammo byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Amudaryo tuman bo‘limi
T.I ning pensiyasini qayta hisoblashda har ikki holatda ham T.I ning 5 nafar farzandi borligini e’tibordan chetda qoldirgan.
Bundan tashqari, T.I 2014-yilda suddan 1978-2002-yillardagi  mehnat stajini aniqlab berishni so’ragan bo’lsada, fuqarolik ishlari bo’yicha Amudaryo tuman sudining 2014-yil 5-dekabrdagi hal qiluv qarorida uning faqat 1991-1999-yillardagi mehnat staji aniqlanib, qolgan yillari ko’rsatilmasdan qolgan. Vaholanki, T.I da qonunda belgilangan muddatlar o’tib ketganligi sababli bugungi kunda mazkur sud hal qiluv qaroriga shikoyat keltirish imkoni ham qolmagan.
Shu va yuqorida qayd qilingan holatlarni e’tiborga olib, fuqaro T.I.ning pensiya olish huquqini to’liq ta’minlash maqsadida Amudaryo tuman adliya bo‘limi tomonidan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Amudaryo tuman bo‘limiga taqdimnoma kiritilib, koʻrsatib oʻtilgan qonun hujjatlari buzilish holatlarini bartaraf etish so’raldi.
Kiritilgan taqdimnoma asosida O’zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to’qrisida"gi Qonuni talablari bo’yicha T.I ish stajlari qayta ko’rib chiqildi. Uning bola parvarishlash ta’tillarida boʻlgan yillari hamda 1990, 2000-2001 yillardagi ish stajlari etiborga olinib, mehnat staji 18 yil 6 oyga qayta xisoblandi.

Amudaryo tuman
adliya bo‘limi boshligʻi                                                    M.Matyusupov