Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Kam ta’minlangan fuqarolarning yashash tarzlari yaxshilanadi


Kam ta’minlangan fuqarolarning yashash tarzlari yaxshilanadi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi «Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash hamda Toshkent shahrida boshpanasiz, og’ir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida»gi 737-son qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror asosida “Noturar joylarda istiqomat qilayotgan, shuningdek ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolg’iz onasi, yolg’iz otasi yoki boshqa shaxslar qaramog’ida bo’lgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi to’g’risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomda quyidagilar nazarda tutiladi:
•    tuman (shahar)larda tashkil etiladigan uy-joy bilan ta’minlashga ko’maklashish komissiyalari tomonidan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash tartibi;
•    uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka krediti bo’yicha uy-joylarning hisoblangan qiymatining 15%i miqdorida boshlang’ich badalni to’lab berish;
•    Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan Davlat byudjeti mablag’lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan ijtimoiy uy-joylarni sotib olish.
Yuqoridagi Nizomga asosan, uy-joy sharoitini yaxshilash istagida bo’lgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlar fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organi yoki tuman (shahar) mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limiga so’rovnoma-ariza bilan murojaat qiladi. Uyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlashga ko’maklashish komissiyasi har chorakda (chorak birinchi oyining 15-kuniga qadar) xotin-qizlarning uy-joyga muhtojlik darajasini o’rganib chiqadi. Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar komissiyaning tegishli qarori qabul qilingandan keyin ko’pi bilan 30 kundan oshmagan muddat ichida ijtimoiy uy-joylarga joylashtiriladi.
Bunda:
•    uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga ipoteka krediti bo’yicha uy-joylarning hisoblangan qiymatining 15%i miqdorida boshlang’ich badal to’lab beriladi;
•    komissiya qarori qabul qilingandan so’ng 20 kun ichida tuman (shahar) hokimiyati tomonidan ijtimoiy uy-joyga joylashtiriladigan xotin-qizlar bilan uy-joy ijara shartnomasi (ko’pi bilan 5 yil muddatga) tuziladi;
•    ijara shartnomasi tuzilgandan so’ng 5 kun ichida ijtimoiy uy-joyni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi tuziladi;
•    dalolatnoma tuzilgandan so’ng 5 kun ichida uy-joyga muhtoj Xotin-qizlar ijtimoiy uy-joyga joylashtiriladi.
Ijtimoiy uy-joylar munitsipal mulk huquqi asosida tuman (shahar) hokimligiga tegishli bo’ladi va ular bo’yicha alohida hisob yuritiladi.
Nogironligi bo’lgan shaxslar, keksa yoshdagi va o’zi harakatlana olmaydigan shaxslar ustuvor ravishda ko’p kvartirali uylarning birinchi qavatidagi ijtimoiy uy-joylarga joylashtiriladi.
Ijtimoiy uy-joydan foydalanganlik uchun ijara haqini uy-joyning umumiy maydonidan kelib chiqib 1 kv.metri uchun:
•    Toshkent shahrida 1 yilga BHMning 2%i;
•    Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlarda – BHMning 1%i miqdorida belgilanadi.
Nizomga muvofiq vakolatli davlat organlari tomonidan ijtimoiy uy-joylarga joylashtirilgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarning bandligini ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshirib boriladi.
Ushbu Qarorning qabul qilinishi mamlakatimizda mamlakatimiz fuqarolarining ehtiyojmand qatlamlarining hayot tarzini yaxshilashda, umuman olganda mamlakatimizda so`nggi yillarda olib borilayotgan islohotlarning jadallashishidagi yana bir qadam bo`lib hisoblanadi.

Beruniy tumani adliya
bo`limi bosh maslahatchisi
Sh.Ismailov