Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Murojaatimga javob yo'q... yoki og'zaki murojaat murojaat emasmi?


Murojaatimga javob yo'q...
yoki og'zaki murojaat murojaat emasmi?

Vazirlik tomonidan Nukus shahrida yashovchi fuqaro M.A.ning Nukus shahar Aholi bandligiga ko'maklashish markazi tomonidan murojaatiga javob berilmaganligidan norozi bo'lib yo'llagan murojaati o'rganib chiqildi.
O'rganish davomida, fuqaro M.A. Nukus shahar Aholi bandligiga ko'maklashish markaziga borgan holda joriy yilning 6-iyun kuni og'zaki murojaat qilganligi lekin, Nukus shahar Aholi bandligiga ko'maklashish markazi ma'sul xodimlari fuqaroning murojaatini tegishli tartibda kartochkaga qabul qilib olmaganligi natijasida murojaati markazda kirim bo'lmaganligi aniqlandi.
Natijada, Nukus shahar Aholi bandligiga ko'maklashish markazi ma'sul xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonunining 23-moddasi talablari buzilgan.
Shunga asosan, Vazirlik tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to'g'risida taqdimnoma kiritildi.
Kiritilgan taqdimnomaga asosan, Nukus shahar Aholi bandligiga ko'maklashish markazi xodimiga “o'rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima” intizomiy jazo chorasi qo'llanildi.

Esenkeldi Utepov,
Inson huquqlarini himoya qilish
bo'limi boshligi