Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Murojaatga e'tiborsiz qaragan xodimlar jazolandi


Murojaatga e'tiborsiz qaragan xodimlar jazolandi

Vazirlikka To'rtko'l tumanida yashovchi fuqaro I.I.ning To'rtko'l tumani tibbiyot birlashmasi hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan murojaatlari yuzaki ko'rib chiqilayotganligidan norozi bo'lib yo'llagan murojaatlari o'rganib chiqildi.
Murojaatni o'rganish davomida, To'rtko'l tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan fuqaro I.I.ning murojaatida ko'rsatilgan masalalar to'liq o'rganib chiqilmasdan javob xatlari berilganligi aniqlandi.
Xuddi shunday holatlar, fuqaro I.I.ning murojaatlarini o'rganib chiqishda Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan ham takrorlangan.
Natijada, Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi va To'rtko'l tumani tibbiyot birlashmasi ma'sul xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonunining 27-modsi talablari 2 ta holatda bo'zilgan.
Aniqlangan holatlar bo'yicha, Vazirlik tomonidan Qoraqalpog'iston qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to'g'risida Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligiga taqdimnoma kiritilib, taqdimnomaga asosan To'rtko'l tumani tibbiyot birlashmasi hamda Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi xodimlariga “xayfsan” intizomiy jazo chorasi qo'llanildi.

Esenkeldi Utepov,
Inson huquqlarini himoya qilish
bo'limi boshligi