Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Bir murojaat izidan


Bir murojaat izidan

Vazirlik tomonidan Qo'ng'irot tumanida yashovchi fuqaro B.K.ning Qoraqalpog'iston Respublikasi “Toza hudud” DUK mansabdor shaxslari tomonidan murojaatiga javob xati berilmayotganidan norozi bo'lib yo'llagan murojaati o'rganib chiqilganida quyidagilar aniqlandi.
Aniqlanishicha, korxonaning Qo'ng'irot tumani filialida xisobchi bo'lib ishlab yurib, o'zining onasi N.T. joriy yilning 31-may kuni vafot etganligini bildirib, moddiy yordam berishni so'rab Qoraqalpog'iston Respublikasi “Toza hudud” DUKga murojaat qilgan.
Fuqaro B.K.ning murojaati Qoraqalpog'iston Respublikasi “Toza hudud” DUKga joriy yil 12-iyun kuni kelib tushgan va 66-son bilan ro'yxatga olingan bo'lsada, murojaatiga o'rganish kuniga qadar javob xati berilmaganligi aniqlandi.
Natijada, Qoraqalpog'iston Respublikasi “Toza hudud” DUK mansabdor shaxslari tomonidan O'zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonunining 27 va 28-moddalari talablari
2 ta holatda bo'zilgan.
Shunga asosan, Qoraqalpog'iston Respublikasi “Toza hudud” DUK direktori qarshisiga O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgorlik to'g'risidagi kodeksining 43-moddasiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo'yicha Nukus shahar sudiga ma'muriy taklif kiritildi.
Bundan tashqari, vazirlik tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi “Toza hudud” DUKga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to'g'risida taqdimnoma kiritildi.
Kiritilgan ma'muriy taklifga asosan Qoraqalpog'iston Respublikasi “Toza hudud” DUK direktoriga sud tomonidan Kodeksning 21-moddasi talablari qo'llanilgan holda ogohlantirish berilgan bo'lsa, vazirlik tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi “Toza hudud” DUKga kiritilgan taqdimnomaga asosan korxona xodimi B.Torenovga “xayfsan” intizomiy jazo chorasi qo'llanildi.

Esenkeldi Utepov,
Inson huquqlarini himoya qilish
bo'limi boshligi