Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligida O'zbekiston Respublikasining “Jismoniy va Yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonuniga asosan ushbu sohadagi qonunchilikka rioya etish ustidan monitoring o'tkazildi.


Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligida O'zbekiston Respublikasining “Jismoniy va Yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonuniga asosan ushbu sohadagi qonunchilikka rioya etish ustidan monitoring o'tkazildi.

Monitoring davomida bir qator kamchiliklar aniqlandi.

Ya’ni, fuqaro E.I.ning Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligida ishonch telefon orqali Esim kanalidagi S-9 sorujeniyasini ta'mirlab berishda amaliy yordam so'rab yo'llagan murojaati 02.08.2021 I-56-son bilan kirim qilinib, mazkur murojaat to'liq hal qilinmasdan, 05.08.2021-yili 03/08-M-175-sonli xat bilan murojaat muallifiga R-9 gidrotexnik qurilma  yaqin kunlarda ta'mirlab berilishi haqida javob berilgan. Adliya vazirligi tomonidan ushbu murojaat natijasi so'ralganda, oradan 80 kun o'tkannan keyin joriy yilning 25-oktyabr kuni R-9 gidrotexnik qurilma ta'mirlab berilganligi aniqlandi.

Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi tomonidan “Tanir-Kadir” fermer xo'jaligi boshlig'i O.X.ning murojaati 22.07.2021-yili X-48-son bilan ro'yxatga olinib, mazkur murojaatga 02.08.2021-yilida javob xati berilgan, lekin murojaatda ko'rsatilgan masalalar to'liq o'rganib chiqilmasdan javob berilganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi tomonidan Qorao'zak tumanida yashovchi fuqaro S.M.ning, paxta maydoni sug'orish uchun amaliy yordam so'ragan murojaati 15.07.2021-yili M-46-son bilan kirim qilinib, murojaat yuzasidan qo'shimcha o'rganish va (yoki) tekshirish, qo'shimcha hujjatlarni so'rab olish talab etish holatlari mavjud bo'lmasada asossiz ravishda bir oylik muddat o'tgandan so'ng ya’ni, joriy yilning 16.08.2021-yil 03/07-M-192-son bilan javob xati fuqaro S.M.ga (3/2632-sonli kvitantsiya) pochta orqali yuborilgan.
Xuddi shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi tomonidan Qorao'zak tumanida faoliyat yurituvchi “Aji-Seyt” va boshqa fermer xo'jaliklari rahbarlarining 2020-yil 29-iyuldagi JAM-14-son bilan ro'yxatga olingan murojaatiga oradan 51 kun o'tgandan so'ng ya’ni, 2020-yil 17-sentyabrda 02/07-3-315-son bilan, Xo'jayli tumanida faoliyat yurituvchi “Bek Tex Agro” f/xning 2020-yil 3- va 15-avgustda S-15-son bilan kirim qilingan murojaatlariga oradan 50 kun o'tgandan so'ng ya’ni, 2020-yil 21-sentyabrda 02/07-3-317-son bilan hamda To'rtko'l tumanidagi f/x raisi O'.Sh.ning 2020-yil 17-avgustda Sh-17-son bilan ro'yxatga olingan murojaatiga oradan 41 kundan so'ng 02/07-3-319-son bilan javob xatlari berilgan.
Bundan tashqari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi tomonidan “Agro Kompleks Karakalpakstan” qo'shma korxonasi MChJ raisining Vazirlikka yo'llagan murojaatiga berilgan javob xatida uning qabul qilingan qarordan norozi bo'lsa shikoyat qilish tartibi tushuntirilmagan bo'lib, xuddi shunday holat fuqaro F.B., “Bek Tex Agro” f/x, “To'rtko'lli Sultanbay” f/x va “Aji-Seyt” f/x raislarining murojaatini ko'rib chiqishda ham takrorlangan.
Shuning bilan bir qatorda, Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi tomonidan kelib tushgan murojaatlar har chorakda umumlashtirilmagan, tahlil qilinmagan va rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinmagan.
Ya’ni, Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi tomonidan O'zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida”gi Qonun talablari jami 16 ta (17-moddasi 2 ta, 27-28-moddalari 8 ta, 33-modda 5 ta, 35-modda 1 ta) holatda buzilgan.
Shunga asosan, Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vazir o'rinbosari qarshisiga O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgorlik to'g'risidagi kodeksining 43-moddasiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo'yicha Nukus shahar sudiga ma'muriy taklif kiritildi.
Kiritilgan ma'muriy taklifga asosan sud tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining bir barovarida ya’ni, 270.000 so'm jarima jazosi qo'llanildi.

Esenkeldi Utepov,
Inson huquqlarini himoya qilish
bo'limi boshligi