Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Fuqaroning huquqlari tiklandi


Fuqaroning huquqlari tiklandi

Xoʻjayli tumanida yashovchi fuqaro G.X. onasining nomidagi turor joyiga tuman hokimligi tomonidan  berilgan qarorda marhuma onasi B.U.ning nomi hato yozilganligidan norozi boʻlib yoʻllagan murojaati Xoʻjayli tuman adliya boʻlimi tomonidan oʻrganilib chiqildi.

Murojaatni oʻrganish davomida marhuma B.U. 2004-yil oktyabr oyining 18 kunida 85 yoshda vafot etganligi haqida 2004-yil oktyabr oyining 25 kunida 680-son bilan dalolatnoma yozuvi qayd etilganligi toʻgʻrisida Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan 2004-yil 24-oktyabrda Oʻlim haqida guvohnoma berilgan.

Marhuma B.U.nomidagi turar joyiga tuman hokimligi tomonidan berilgan 26.07.2018-yilgi 1066/07-son qarorida B.U.I. deb notoʻgʻri yozilganligi aniqlandi.

Yuqoridagilarga asosan fuqaro G.Xning huquq va qonuniy manfaatini himoya qilish maqsadida tuman adliya boʻlimi tomonidan Xoʻjayli tumani hokimiga 2018-yil 26-iyuldagi 1066/07-son qarori matnidagi barcha “Fuqaro B.U.I” soʻzlaridan “I” so'zini chiqarib tashlash yuzasidan tegishli choralar koʻrish boʻyicha taqdimnoma kiritilib, tuman hokimining 2021-yil 6-dekabrdagi 215-13-191-Q/21-son qarori bilan oʻzgartirish kiritilib, fuqaro G.X.ning huquq va qonuniy manfaatlari tiklandi.

A.Allamuratov,
Xoʻjayli tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchisi