Янгиликлар
10
3 nafar maktab oʻqituvchining jami 124 622 267 sum miqdorda ustama haq undirish belgilandi
3 nafar maktab oʻqituvchining jami 124 622 267 sum miqdorda ustama haq undirish belgilandi
Xoʻjayli tuman adliya bo'limiga tuman XTBga qarashli umumta'lim maktablarda ishlayotgan 3 nafar o'qituvchi qoraqalpoq tili va adabiyoti fani boʻyicha olimpiadaning respublika bosqichi gʻolibi boʻlganligini, lekin ish joyidan lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama pullari tulanmayotganligidan noroziligini bildirgan murojaati kelib tushdi.
Murojaatlar oʻrganilib chiqilganda, haqiqatdan ham yuqorida koʻrsatilgan ustama pullari oʻrganish kuniga qadar toʻlanmasdan kelganligi aniqlandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻg'risida”gi PQ-4306-son qarorining 5 bandi “g” kichik bandida asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g'oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama haqi toʻlanadi,-deb belgilangan.
Yuqoridagilarga asosan, tuman adliya boʻlimi tomonidan 3 nafar oʻqituvchining manfaatlarini koʻzlab, ustama pullarini toʻliq undirish yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha Nukus tumanlararo sudiga daʻvo ariza kiritilib, 3 nafar oʻqituvchining jami 124 622 267 sum miqdorda ustama undirish boʻyicha sud buyrugʻi chiqarildi.
F.Naranova,
Xoʻjayli tuman adliya boʻlimi boshligʻi