Янгиликлар
30
Qonunchilik sohasidagi muhim yangiliklar
Qonunchilik sohasidagi muhim yangiliklar
Shuni alohida ta'kidlash o'tish kerakki, so'nggi yillar mobaynida mamlkatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq tizimlarini tubdan isloh qilishga qaratilgan bir qator qonunlar va qonunosti hujjatlari qabul qilindi.
Jumladan, 2021 yil 22 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sud ekspertiza sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'risida” gi 706-sonli qarori qabul qilindi.
Muhim yangiliklardan biri,ushbu qarorning 1-ilovasiga muvofiq “Sud ekspertiza sohasida dual ta'lim bo'yicha kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish tartibi to'g'risida” Nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizomga asosan, endilikda mamlakatimizda sud ekspertiza sohasida dual ta'lim bo'yicha kadrlarni qayta tayyorlash o'quv kurslarini tashkil etish tartiblari belgilandi.
Mazkur Nizomning 33-bandiga muvofiq, dual ta'lim o'quv kurslarini bitiruvchilar kelgusida o'z xoxishlariga ko'ra hamda qonunda belgilangan tartibda davlat va nodavlat sud-ekspertiza muassasalarida mehnat faoliyatini olib borishlari belgilandi.
Bundan tashqari, kiritilgan yangiliklardan biri, 2021 yil 19 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholiga sanatoriylarda davolanish uchun yo'llamalar berish sohasiga axborot-texnologiyalarini joriy etish to'g'risida”gi 693-son qarori qabul qilindi.
Ushbu qarorga muvofiq “Keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo'llanmalar berish bo'yicha davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy” Reglamenti tasdiqlandi.
Mazkur Reglamentga ko'ra endilikda yo'llanmalar O'zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi keksalar, nogironligi bo'lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarga yo'llanmalar faqat davlat xizmatlari markazlari yoki O'zbekiston Respublikasi yagona interaktiv xizmatlari davlat xizmatlari portali yohud Agentlikning tuman(shahar) Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo'limlari orqali berilishi qati tartibda belgilandi.
Qonunchilikdagi yana bir muhim o'zgarishlardan biri,2021 yil 18 noyabrda “O'zbekiston Respublikasida korruptsiga qarshi kurashish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi O'RQ-729-son Qonuni qabul qilindi.
Ushbu qonunning 6-moddasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasining 2011 yil 29 sentyabr kungi “Jinoyat ishini yuritish chog'ida qamoqda saqlash to'g'risida”gi O'RQ-298-sonli Qonunig 23-moddasi tegishli tartibda 23-1-moddasi bilan to'ldirildi.
Unga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish Agentligi xodimlari korruptsiyaning sabablari va shart-shoraitlarini o'rganish hamda tahlil qilish uchun o'z vakolatlari doirasida qamoqda saqlash joylariga moneliksiz kirish va zarur hujjatlar bilan tanishish huquqlari mustahkamlab qo'yildi.
Xulosa o'rnida aytganda,Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan ushbu normativ-huquqiy hujjatlar mamlakatimizning qonunchilik milliy bazasini yanada mustahkkamlash boravarida, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq tizimlarini yanada takomillashtirilishida muhim ahamiyat kasb qilishi, shubhasiz.
B.Avazmetov,
To'rtko'l tuman yuridik xizmat
ko'rsatish Markazi boshlig'i,
2-darajali adliya maslahatchisi