Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

O’zbekiston Respublikasining «Sudlar to‘g‘risida"gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi


O’zbekiston Respublikasining «Sudlar to‘g‘risida"gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2021 yil 28 iyul kuni yangi tahrirdagi «Sudlar to‘g‘risida» gi qonunni imzoladi va Prezident imzolagan yangi tahrirdagi qonun bilan sudyalik lavozimiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar kuchaytirilmoqda. Hujjatda shuningdek, sudyalarning intizomiy javobgarligi va ularning ijtimoiy himoyasi batafsil aks ettirilgan.
Yangi qonunda sudyalar maqomi, ularning mustaqilligi kafolatlari va sudya lavozimiga nomzodlar va saylangan shaxslarga qo‘yilgan talablar xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan. Hujjatda sudyalarning intizomiy javobgarligi qayta ko‘rib chiqilgan, sudyalarning vakolatlarini bekor qilish asoslari va tartibi aniqlashtirilib, ularning sudyalarning ijtimoiy himoyasi ta’minlanmoqda.
Sudyalarning vakolatlarini bekor qilish asoslari va tartibi aniqlashtirilib, ularning sudyalarning ijtimoiy himoyasi ta’minlanmoqda. 35 yoshga to‘lgan, oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi sudyalik lavozimiga nomzod bo‘lishi mumkin. Ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlanadigan nomzodlar Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida majburiy tartibda o‘qishi shart.
Sudya unga doimiy yashash uchun belgilangan tartibda turar joy berilgunga qadar turar joy arendasi, ijarasi (ikkilamchi ijarasi) bilan bog‘liq xarajatlari kompensatsiya qilinishi huquqiga ega. Vakolatlari muddati tugagan sudyalarning o‘rtacha oylik ish haqi ularni yangi vakolatlar muddatiga qayta saylash yoki qayta tayinlash to‘g‘risidagi masala hal qilinayotgan davrda yoxud boshqa ish berilgunga qadar, lekin ko‘pi bilan uch oygacha saqlab qolinadi.
Sudyalarga ularning vakolatlari muddati tugaganidan keyin ular sudyalik lavozimiga saylanishga yoki tayinlanishga qadar egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud bo‘lmaganda esa avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.
Mazkur Qonunning qabul qilinishi Sudyalar oliy kengashi faoliyatida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash, uning asosiy vazifalarini o‘z vaqtida bajarilishi, sudyalik lavozimiga nomzodlarni saralash tizimini takomillashtirish, sudya bo‘lishga xohishi bo‘lgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga, qolaversa, qonun hujjatlarida mavjud bo‘lgan qarama-qarshilik va bo‘shliqlarni bartaraf etishga yordam beradi.


Beruniy tumani adliya boʻlimi
yetakchi maslahatchisi
B.Kalbayev