Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Mehnat ta’tillarini berish tartibi


Mehnat ta’tillarini berish tartibi


Davlatimiz mustaqillikka erishgach, inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari, shu jumladan, mehnat qilish va ishni erkin tanlash huquqi oliy qadriyat hisoblangan huquqiy davlat qurishga yo'l ochildi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida hamda mehat qonunchiligining eng asosiy normalar jamlangan Mehnat kodeksida xodimlarning mehnat ta’tillarini olish huquqi to’liq o’z aksini topgan bolsaham, afsus, ayrim hollarda ish beruvchi tomonidan xodimlarning mehnat ta’tili borasidagi haq va huquqlari poymol bo’layotganining guvohi bo’lamiz. Achinarlisi shundaki, xodimlar o’z haq va huquqlarini bilmasligi sababli shu kabi holatlarda nima qilish va kimga muroja’t qilishni bilmaydi. Bugungi maqolada, ushbu huquqbuzarlik amaliyotni to’xtashish va xodimlarga tegishli bo’lgan yillik mehnat ta’tilini berish tartibini tushuntirishga harakat qilamiz.
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 143-moddasiga asosan, haq to'lanadigan yillik ta'til olish huquqi tashkilotda 6 oy davomida doimiy ravishda ishlagan xodimga beriladi. Albatta, ushbu cheklovga istisno holatlar ham majvud va 6 oylik uzluksiz ish muddati tugashidan oldin ta'til beriladigan ishchilarning ayrim toifalari mavjud. Jumladan:
-    homiladorlik va tug'ish bo'yicha ijtimoiy ta'tildan oldin yoki undan chiqib ketgandan keyin yillik haq to'lanadigan ta'tilni olishni istagan ayollardir;
-    I va II guruh nogironlari;
-    18 yoshdan kichik xodimlar;
-    zaxiraga bo'shatilgan va ishga tushgan muddatli harbiy xizmatchilar va boshqalar.
Aksariyat hollarda mehnat ta’tiliga chiqish vaqtining buzilishiga guvoh bo’lamiz va o’z vaqtida olinmagan mehnat ta’tili xodimning nafaqat jismoniy, balkiy ruhiy holatiga ham o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmasligi aniq. Ish beruvchilar bunday huquqbuzarlik holatiga yo’l qoyishdan oldin o’ylashi lozim bo’lgan jixat shundaki, xodimga o’z vaqtida berilmagan mehnat ta’tili nafaqat xodimning ruhiy va jismoniy tarafdan salbiy oqibatlarga olib keladi, balki tashkilotning ish faoliyatida va samaradorligida o’z aksini topadi. Qolaversa, bunday holatlar bo’yicha o’z vakolati doirasida tekshirish o’tkarish uchun ma’sul organlar ish beruvchini Ma’muriy javobgarchilik to’g’risidagi kodeksning 49-moddasi  mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish yuzasidan ma’muriy javobgarchilik masalasini ko’rib chiqish ehtimoli bor.
Aynan shunday vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Mehnat kodeksining 143-moddasida ta'tillar berish vaqti dam olish jadvali bilan tartibga solinishi, bu ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo'mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi o'rtasida kelishilgan holda tasdiqlanishi belgilab qo’yilgan.
Yillik mehnat ta’tilining davomiyligiga keladigan bo’lsak, yillik asosiy ta'til olti kunlik ish haftasi hisobidan xodimlarga kamida 15 ish kuni davom etishi Mehnat kodeksining 134 hamda 139 moddalarida keltirilib o’tilgan. Xodim bilan ish beruvchi o'rtasidagi kelishuv bo'yicha qonun hujjatlarida va boshqa normativ hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasi shartlarida nazarda tutilgan hollarda yillik haq to'lanadigan ta'til O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi tomonidan belgilangan eng kam muddatdan oshib ketishi mumkin.
Shuni e'tiborga olish kerakki, Mehnat kodeksining 140-moddasiga binoan qonun hujjatlarida belgilangan qo'shimcha ta'tillar (yillik asosiy ta'til + yillik qo'shimcha ta'til) umumlashtirilganda ularning davomiyligi 48 ish kunidan oshmasligi kerak. Shu bilan birga, dam olish davriga to'g'ri keladigan va ta'tilning davomiyligini aniqlashda ishlamaydigan bayramlar hisobga olinmaydi.
Bundan tashqari, agar xodim biron-bir sababga ko'ra ta'tilni qismlarga ajratishi kerak bo'lsa, unda bu uning yozma arizasi asosida amalga oshirilishi mumkin, eng muhimi, uning qismlaridan biri kamida 12 ish kuni. Aynan ushbu talabning bajarilmasligi xodimlarning noroziligiga olib keladi, chunki o’z vaqtida olinmagan yillik mehnat ta’tilini keyingi ish yiliga to’liq ko’chirishning imkoni bo’lmaydi. Mehnat ta’tilini berish har yili taqdim etiladigan ish yili tugashidan oldin berilishi kerak. Faqat istisno hollarda, agar joriy yilda ta'til berish mumkin bo'lmasa, u keyingi ish yiliga o'tkaziladi, uning davomida majburiy foydalanish kerak. Ishlab chiqarish sabablari va xususiyatiga ko'ra, xodimning roziligi bilan 12 ish kunidan ortiq bo'lgan ta'tilning bir qismi keyingi ish yiliga o'tkazilishi mumkin.
o’ylaymizki yuqoridagi maqoladan o’z manfa’tlaringiz yo’lida unumli va tog’ri foydalanasiz.
Mehnat ta’tilingiz yaxshi o’tsin!


Taxiatosh tumani Yuridik xizmat ko’rsatish
markazi bosh-yuriskonsulti     A.Kdirbaev