Янгиликлар
24
АGАR YOʼL-PАTRUL XIZMАTI XODIMI JАRIMАDАN QАRZINGIZ BOʼLSА АVTOMOBILINGIZNI JАRIMА MАYDONCHАSIGА OLIB KIRIB QOʼYISHGА HАQLIMI?
АGАR YOʼL-PАTRUL XIZMАTI XODIMI JАRIMАDАN QАRZINGIZ BOʼLSА АVTOMOBILINGIZNI JАRIMА MАYDONCHАSIGА OLIB KIRIB QOʼYISHGА HАQLIMI?
Ushbu holat ma’muriy javobgarlik qonunchiligida batafsil yoritib oʼtilgan boʼlib, maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksning 291-moddasiga asosan, yoʼl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kun ichida jarima toʼlanmagan taqdirda, transport vositasi jarima solish toʼgʼrisida qaror chiqargan vakolatli organ rahbarining yozma koʼrsatmasiga binoan jarima solish toʼgʼrisidagi qarorning ijrosi yuzasidan ish yuritish tugaguniga qadar ushlab turiladi.
Ushbu holatda, sizning avtomobilingizni jarima maydoniga olib kirish uchun 2 ta asos boʼlishi kerak.
1. Sizga jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran oltmish kun ichida jarimani toʼlanmagan boʼlishingiz kerak. (Аgar siz tomoningizdan jarimani toʼlashning 60 kunlik muddati oʼtmagan boʼlsa ham olib kira olmaydi)
2. Transport vositasi jarima solish toʼgʼrisida qaror chiqargan vakolatli organ rahbarining yozma koʼrsatmasi boʼlishi kerak.
Ta’kidlab oʼtish joizki, YPX xodimi ogʼzaki gap bilan sizni qarzingiz bor ekan avtomobilingizni jarima maydonchasiga olib kiramiz deya olmaydi. Qachonki qoʼlida vakolatli organ rahbarining yozma koʼrsatmasi boʼlsagina avtomobilingizni jarima maydoniga olib kirishi mumkin.
Qoʼlida qarori boʼlmasa avtomobilingizni jarima maydoniga olib kirishiga yoʼl qoʼymang. Jarima maydoniga olib kirish toʼgʼrisidagi rahbarning yozma koʼrsatmasini talab qiling.
Rahbarning yozma koʼrsatmasisiz avtomobilingizni jarima maydoniga olib kirishi noqonuniy.
To‘rtko‘l tumani
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti: B.O’rinbayev