Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

1991-yil 18-noyabr O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i qabul qilingan kun


           1991-yil 18-noyabr O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i qabul qilingan kun

O'zbekiston Respublikasining davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o'zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g'urur, faxr va iftixor bag'ishlaydi.
Mustaqil O'zbekiston Respublikasining “O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida”gi Qonuni 1991-yil 18-noyabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o'tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan va shundan buyon har yili 18-noyabr kuni Davlat bayrog'i qabul qilingan kun sifatida yuritimizda nishonlanadi. Davlat bayrog'i O'zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrdagi 407-XII-sonli «O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida»gi qonuni bilan tasdiqlangan.
Shu bilan birga O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasida 5-moddasida O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga davlat ramzlario’z aksini topgan.
Davlat ramzlari har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollardir. O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i xalqaro munosabatlarda O'zbekiston Respublikasining timsoli bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i - bayroqning butun uzunligi bo'ylab o'tgan to'q moviy rang, oq rang va to'q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to'g'ri to'rtburchak shaklidagi mato hisoblandi.
Bayroqdagi to'q moviy rang - tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzidir. Oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo'lib, poklik, beg'uborlik, soflikni, ichki guzallikka intilishning timsolidir.
Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzidir, u ko'pgina xalqlarda navqironlik, umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi.
Davlat bayrog'idagi qizil chiziqlar esa, vujudumizda jo'shib oqayotgan ajdodlar qoni - hayotiy qudrat, barqarorlik va bardavomlik nishonasidir. Bayrog'imizdagi yarim oy tasviri – bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog'liq, u qo'lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi hisoblanadi.
Yarimoy va yulduzlar musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. Bayroqdagi 12 yulduz tasviri mukammallik belgisidir.
Bugun milliy bayrog'imiz davlat idora va muassasalari, o'quv yurtlari, O'zbekiston a'zo bo'lgan xalqaro tashkilotlar, chet ellardagi elchixona va doimiy vakolatxonalarimiz peshtoqida hilpirab turibdi. Turli bayram tantanalarida, mamlakatimiz a'zolari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-ma'rifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida ham bayrog'imiz Vatanimizning sha'ni, xalqimizning g'ururini yorqin aks ettirmoqda.
Shuni aytishimiz lozimki, bayroq qadim-qadimdan har bir xalq uchun mustaqillik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo'lib kelgan. Mustaqil davlatimiz bayrog'i tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorug' kelajagimizga bo'lgan ishonchimiz timsolidir.

Taxiatosh tumani Yuridik xizmat ko’rsatish
markazi boshligi O.Babanov