Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi 160-moddasiga muvofiq, Bir necha kasbda (lavozimda) va o‘rindoshlik asosida ishlaganlik uchun mehnatga haq to‘lash.


O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi 160-moddasiga muvofiq, Bir necha kasbda (lavozimda) va o‘rindoshlik asosida ishlaganlik uchun mehnatga haq to‘lash.

Bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganlik, o‘rindoshlik asosida ishlaganlik uchun, xizmat ko‘rsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi uchun xodimlarning mehnat haqi miqdori mehnat shartnomasi taraflari o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qaroriga ilovadasida “o‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida” gi Nizomi tasdiqlangan.

Nizomning 20-bandiga muvofiq, xodim tomonidan mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan o‘zining asosiy ishi bilan bir qatorda ayni shu tashkilotda asosiy kasb va lavozim bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan ish vaqti davomida boshqa kasb va lavozimdagi qo‘shimcha ishni bajarish bir necha kasbda va lavozimda ishlash hisoblanadi.

Xodim tomonidan mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan o‘zining asosiy ishi bilan bir qatorda ayni shu tashkilotda asosiy kasb va lavozim bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan ish vaqti davomida o‘sha kasb va lavozimdagi qo‘shimcha ishlarni bajarish xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirish, ishlar hajmini ko‘paytirish hisoblanadi.

Bir necha kasbda va lavozimda ishlashga, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirishga, ishlar hajmini ko‘paytirishga shunday kasb va lavozim bo‘yicha bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lganda yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xodim tomonidan vaqtinchalik yo‘q bo‘lgan xodimning vazifalarini bajarishda yo‘l qo‘yiladi.

  Kasblar va lavozimlarda bir necha kasb va lavozim asosida ishlashga, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirishga, ishlar hajmini ko‘paytirishga, qoidaga ko‘ra, jumlasiga ushbu xodim kiradigan xodimlarning ana shu toifasi doirasida ruxsat etiladi.

Kasblar va lavozimlarda bir necha kasb va lavozim asosida ishlash, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirish, budjet tashkiloti xodimlarining ish hajmini ko‘paytirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan kelishgan holda vazirliklar va idoralar tomonidan tasdiqlangan kasblar va lavozimlarda bir necha kasb va lavozim asosida ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini ko‘paytirganlik uchun qo‘shimcha haq belgilanishi mumkin bo‘lgan kasblar va lavozimlar ro‘yxatiga muvofiq amalga oshiriladi.

Tashkilotning xodimi ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan qo‘shimcha ishni bajaradigan muddat, uning mazmuni va hajmi ish beruvchi tomonidan, xodimning yozma roziligi bo‘yicha belgilanadi.

Shuningdek, Nizomning 23-bandiga asosan, kasblar va lavozimlarda bir necha kasb va lavozim asosida ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini ko‘paytirganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lanadi.

Budjet tashkilotlarida bir necha kasb va lavozimda ishlaganlik, xizmat ko‘rsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini ko‘paytirganlik uchun qo‘shimcha haq to‘lash miqdori bir necha kasb va lavozimda ishlanayotgan lavozim bo‘yicha maoshning (tarif stavkasining) 50 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan holatlar bundan mustasno) va budjet tashkilotlarining mehnatga haq to‘lash fondida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida to‘lanadi:

Aytaylik bir oy davomda ishga kelmagan hamkasbining xizmat vazifasini bajarsangiz, sizga shu odamning oylik maoshining yarimigacha (50%) berilishi qununda nazarda tutilgan !



Amudaryo tumani Yuridik xizmat

koʻrsatish markazi bosh yuriskonsulti:                                                          J.O.Avezov