Янгиликлар
17
Bilasizmi
Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o'zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ishlar xususiyatining o'zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishda qoldirish uchun…
Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o'zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o'zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishda qoldirish uchun imtiyozli huquq malakasi va mehnat unumdorligi yuqoriroq bo'lgan xodimlarga beriladi.
Malakasi va mehnat unumdorligi bir xil bo'lgan taqdirda quyidagilarga afzallik beriladi:
1) qaramog'ida ikki yoki undan ortiq kishi bo'lgan xodimlarga;
2) oilasida undan bo'lak mustaqil ish haqi oluvchi bo'lmagan shaxslarga;
3) mazkur korxonada ko'p yillik ish stajiga ega bo'lgan xodimlarga;
4) ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida tegishli mutaxassislik bo'yicha malakasini oshirayotgan xodimlarga va ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarini, hunar texnika bilim yurtlarini tamomlagan shaxslarga o'qishni tugatgandan so'ng mutaxassisligi bo'yicha ishlayotgan taqdirda ikki yil mobaynida;
5) mazkur korxonada mehnatda mayib bo'lib qolgan yoki kasb kasalligini orttirgan shaxslarga;
6) urush nogironlari, urush qatnashchilari va ularga teng-lashtirilgan shaxslarga;
7) atom ob'ektlaridagi falokatlar oqibatida kelib chiqqan oshirilgan radiatsiya nurlanishi bilan bog'liq nurlanish kasalligi va boshqa kasalliklarga yo'liqqan yoki shunday kasalliklarni boshidan kechirgan shaxslarga; nogironligi atom ob'ektlaridagi falokatlar munosabati bilan boshlanganligi aniqlangan nogironlarga; ana shunday falokatlar va halokatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlari qatnashchilariga, shuningdek mazkur zonalardan evakuatsiya qilingan yoki ko'chirilgan shaxslarga hamda ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga.
Jamoa shartnomasida xodimlarni ishda qoldirishda afzallik beriladigan boshqa holatlar nazarda tutilishi mumkin. Bu holatlar, agar xodimlar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq ishda qoldirishda afzallik huquqiga ega bo'lmagan taqdirdagina, inobatga olinadi.
1. Mehnat shartnomasi ish beruvchi tashabbusiga ko'ra texnalo-giyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishdagi o'zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o'zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarishi munosabati bilan (MKning 100-modda 2-qism 1-bandi) (korxona tugatilgan holdan tashqari) bekor qilinishi chog'ida malakasi yuqori va mehnat unumdorligi yuksak bo'lgan xodimlar ishda qolishda imtiyozli huquqdan foydalaniladilar.
Xodimning malakasi va ish natijalari yuqori ekanligi ish beruvchi tomnidan (u tashkil etgan va vakolatli komissiya tomonidan) ob'ektiv ko'rsatkichlarga asoslanib belgilanadi.
2. Mehnat unumdorligi va malakasi bir xil bo'lgan xodimlar orasidan ishdan bo'shatilishga nomzodlarni ajratib olinishi chog'ida quyidagilarga afzallik beriladi:
1) qaramog'ida undan boshqa ishlaydigan kishi bo'lmagan xodimlarga;
2) oilasida undan bo'lak mustaqil ish haqi oluvchi bo'lmagan shaxslarga;
3) mazkur korxonada ko'p yillik ish stajiga ega bo'lgan xodimlarga;
4) ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida tegishli mutaxassislik bo'yicha malakasini oshirayotgan xodimlarga va ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarini, hunar-texnika bilim yurtlarini tamomlagan shaxslarga o'qishni tugatgandan so'ng mutaxassisligi bo'yicha ishlayotgan taqdirda ikki yil mobaynida;
5) mazkur korxonada mehnatda mayib bo'lib qolgan yoki kasb kasalligini orttirgan shaxslarga;
6) urush nogironlari, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
7) atom ob'ektlaridagi falokatlar oqibatida kelib chiqqan oshirilgan radiatsiya nurlanishi bilan bog'liq nurlanish kasalligi va boshqa kasalliklarga yo'liqqan yoki shunday kasalliklarni boshi-dan kechirgan shaxslarga; nogironligi atom ob'ektlaridagi falo-katlar munosabati bilan boshlanganligi aniqlangan nogironlarga; ana shunday falokatlar va halokatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlari qatnashchilariga, shuningdek mazkur zonalardan evakuatsiya qilingan yoki ko'chirilgan shaxslarga hamda ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga.
Jamoa shartnomasida xodimlarni ishda qoldirishda afzallik beriladigan boshqa holatlar nazarda tutilishi mumkin. Bu holatlar, agar xodimlar ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq ishda qoldirishda afzallik huquqiga ega bo'lmagan taqdirdagina, inobatga olinadi.
3. Jamoa shartnomasida ana shunday hollarda ishda qolishda afzallikdan foydalaniladigan boshqa xodimlar toifalari nazarda tutilishi mumkin.
Amudaryo tumani yuridik xizmat
ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti
1 darajali yurist M.Matyusupov