Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Korrupsiyaga qarshi kurashish-davr talabi.


Korrupsiyaga qarshi kurashish-davr talabi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, hamma narsadan ustun qo'yadigan adolat tuyg'usini hayotimizda yanada keng qaror toptirish birinchi darajali vazifa ekaniga alohida e'tibor qaratmoqda. Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo'l qo'ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to'g'risidagi qonun talablarini amalda ta'minlash bo'yicha qat'iy choralar ko'rish zarurligi ta'kidlanmoqda.
2017-yil 3-yanvarda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida” O'zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. 34 moddadan iborat ushbu hujjatda korrupsiya atamasiga ta'rifdan tortib, unga qarshi kurashish, vakolatli organlar va ularning vazifalari, korrupsiyaga qarshi javobgarlik, bu masalada xalqaro hamkorlik kabi barcha muhim jihatlar qayd etilgan.
Milliy qonunchiligimizda, jumladan, O'zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi Qonuni 3-moddasida, korrupsiyaga quyidagicha ta'rif berilgan.
"Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonunda bizning bu boradagi huquqlarimiz kafolatlangan. Qonunga ko'ra, jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiyaga oid huquqbuzarlik faktlariga doir murojaatlari to'liq, xolisona va o'z vaqtida ko'rib chiqiladi. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to'g'risida axborot bergan shaxslarning himoya qilinishi ta'minlanadi.
Joriy yilda ham korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida bir qator qonunchilik hujjatlari qabul qilindi.
2021-yil 6-iyul kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021-yil 1-sentabrdan davlat organlari va tashkilotlari xodimlari onlayn ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinadi.
2021-yil 1-oktabrgacha korrupsiya, manfaatlar to'qnashuvi asosida tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish, davlat xizmatchilari tomonidan tadbirkorlikda qatnashishi huquqiy oqibatlarini belgilovchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
2021-yil 1-oktabrdan barcha davlat organlari va tashkilotlari, viloyat hokimliklarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo'lga qo'yiladi.
2021-yil 1-avgustdan davlat xaridlari sohasidagi tenderlar natijalari ochiq e’lon qilinadi.
Davlat xaridlarida hamkorlar (kontragentlar)ni tekshirish tartibi ishlab chiqiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2021-yil 1-dekabrdan har yil yakuni bo'yicha korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reyting e’lon qilib boriladi.
2021-yil 1-dekabrgacha daromad va mol-mulk deklaratsiyalari bo'yicha ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi.
2021-yil 1-oktyabrgacha davlat mablag'lari hisobiga qurilish-pudrat shartnomasi uchun o'tkaziladigan tanlovlar “Shaffof qurilish” tizimi ma'lumot almashinuvini ta'minlagan holda davlat xaridlari bo'yicha maxsus axborot portalida elektron tarzda amalga oshiriladi.
2022-yil 1-yanvargacha avtomobil yo'llari sohasiga tegishli ma'lumotlarni o'z ichiga oladigan “SHAFFOF YO‛L” onlayn axborot platformasi ishga tushiriladi.
2022-yil 1-yanvardan boshlab “halollik vaksinasi” tamoyili asosida davlat xizmatchilari muntazam korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha o'qitiladi.
Shuningdek “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo'lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, “Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reestri” yuritiladi.
Reestrga kiritilgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi:
- davlat xizmatiga qabul qilinishi va davlat mukofotlari bilan taqdirlanishi;
- saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodlarining ko'rsatilishi;
- davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari hamda idoralararo kollegial organlarning a'zoligiga kiritilishi;
- ularning tadbirkorligi davlat xaridlarida va davlat-xususiy sheriklik bitimida ishtirokchi (ijrochi) sifatida qatnashishi;
- davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo'lgan tashkilotlar hamda davlat ta'lim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritishi.
Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihalari ishlab chiqiladi:
- Jinoyat kodeksida korrupsiyaga oid jinoyatlar toifasiga kiruvchi moddalarning aniq ro'yxatini belgilash;
- Korrupsiyaviy jinoyatlarga jazoni uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasigacha keskin kuchaytirish;
- daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalashda aniqlangan noqonuniy boylik orttirganlik uchun javobgarlik o'rnatish;
- korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etganlarga engillashtiruvchi normalar qo'llanilishiga cheklovlar belgilash;
- “Manfaatlar to'qnashuvini tartibga solish to'g'risida”gi;
- “Davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish to'g'risida”gi.

Qo'ng'irot tumani adliya bo'limi bosh maslahatchisi
Marat Smetullaev