Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda Xo'jayli tumani Adliya bo'limining faoliyati


Huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishda Xo'jayli tumani Adliya bo'limining faoliyati  

Sodir etilganligi uchun ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan aybli gʻayrihuquqiy qilmish (harakat yoki harakatsizlik) – huquqbuzarlik sanaladi.
Huquq-tartibotni saqlash hamda mustahkamlash, huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga barham berish, shuningdek huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, bartaraf etish maqsadida qoʻllaniladigan huquqbuzarliklar umumiy, maxsus, yakka tartibdagi va viktimologik profilaktikasining huquqiy, ijtimoiy, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlari tizimi – huquqbuzarliklar profilaktikasi,–deb nomlanadi.
Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalari sifatida shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, oʻrganish, bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrish;
huquqbuzarlikdan jabrlanuvchilarni, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan, huquqbuzarlik sodir etgan, shu jumladan ilgari sudlangan va ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish;
jismoniy shaxslarning huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanishi xavfini kamaytirish;
huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar faoliyatining oʻzaro hamkorligini ta’minlash va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish kabi chora-tadbirlar majmuyini koʻrishimiz mumkin.
Huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tizimiga quyidagilar kiradi:
Ichki ishlar organlari;
Prokuratura organlari;
Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati organlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari;
Adliya organlari;
Davlat bojxona xizmati organlari;
Davlat soliq xizmati organlari;
Mehnat organlari;
Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari;
Davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari;
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi organlari.
Ushbu organlar va muassasalar huquqbuzarliklar profilaktikasida qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etadi.
Mazkur masalada adliya organlari tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, Xoʻjayli tumani Adliya boʻlimi tomonidan tuman Jinoyat ishlari boʻyicha sudi xodimlari bilan birgalikda joriy yilning 9 oyi davomida tumandagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish oraganlarida 9ta huquqbuzarliklar profilaktikasi tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirlarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni tizimli oʻrganish, yoshlar tarbiyasi va ularni mafkuraviy tahdidlardan himoyalashda mahallalar ishtirokini kengaytirish hamda davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorligini mustahkamlashga alohida urgʻu berildi.
Shuningdek,  Ommaviy axborot vositalari orqali Korruptsiya va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid 38 ta huquqiy targʻibotlar amalga oshirildi.
Jumladan, Mahalliy televideniya orqali 2 ta, radio eshittiruvi orqali 2 ta, VEB sayt va boshqa elektron axborot vositalarida 34 ta targʻibot tadbirlari tashkil qilindi.
Ushbu yoʻnalishda amaliy ishlar davom ettiriladi.
F.Z.Naranova,
Xoʻjayli tuman adliya boʻlimi boshligʻi