Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Metodistlarga qoʻshimcha ish haqi toʻlab berildi


Metodistlarga qoʻshimcha ish haqi toʻlab berildi

Amudaryo tumani Xalq ta’limi boʻlimi xodimlari F.A. va boshqalar boʻlimda metodist, qoravul vazifasida ishlashlarini, boʻlimning 2021-yil iyun-iyul oyidagi 59-k, 62-k, 63-k, 65-k, 69-k, 71-k, 73-k-sonli buyruqlari bilan 10 nafar xodimga boshqa xodimlarning vazifasini bajarish yuklatilganligini, biroq buning uchun qoʻshimcha haq toʻlab berilmaganligini bildirib, ushbu masalada amaliy yordam soʻrab Amudaryo tuman adliya boʻlimiga murojaat qildi.

Boʻlim tomonidan murojaatni oʻrganish davomida quyidagi qonunbuzilish holatlari aniqlandi:

Aniqlanishicha, Amudaryo tuman Xalq ta’limi boʻlimining 2021-yil iyun-iyul oylarida mehnat ta’tiliga chiqqan xodimlarining vazifasini bajarish boʻlim xodimlar F.A., Sh.M., O.O., J.A., O.X., Oʻ.B., R.Ya., N.A., G.N. va B.Gʻ.larning zimmasiga yuklatilgan. Bu haqda boʻlimning 2021-yil iyun-iyul oylaridagi 59-k, 62-k, 63-k, 65-k, 69-k, 71-k, 73-k-sonli buyruqlari chiqarilgan.

Yuqorida ism familiyasi sanab oʻtilgan xodimlar oʻz xizmat vazifasidan tashqari qoʻshimcha vazifalarni bajarish natijasida bajariladigan ishlar hajmi koʻpaygan.

Ammo shunga qaramay ushbu xodimlarga qoʻshimcha ish haqlari toʻlab berilmagan.

Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 160–moddasiga koʻra, bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganlik, oʻrindoshlik asosida ishlaganlik uchun, xizmat koʻrsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi uchun xodimlarning mehnat haqi miqdori mehnat shartnomasi taraflari oʻrtasidagi kelishuvga koʻra belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisida”gi NIZOMning 20-bandiga koʻra, xodim tomonidan mehnat shartnomasida koʻrsatilgan oʻzining asosiy ishi bilan bir qatorda ayni shu tashkilotda asosiy kasb va lavozim boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan ish vaqti davomida oʻsha kasb va lavozimdagi qoʻshimcha ishlarni bajarish xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirish, ishlar hajmini koʻpaytirish hisoblanadi.

Bir necha kasbda va lavozimda ishlashga, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirishga, ishlar hajmini koʻpaytirishga shunday kasb va lavozim boʻyicha boʻsh ish oʻrni mavjud boʻlganda yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xodim tomonidan vaqtinchalik yoʻq boʻlgan xodimning vazifalarini bajarishda yoʻl qoʻyiladi.

Shu nizomning 23-bandiga binoan kasblar va lavozimlarda bir necha kasb va lavozim asosida ishlaganlik, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini koʻpaytirganlik uchun qoʻshimcha haq toʻlanadi.

Yuqoridagi qonun va qonun osti hujjatlariga muvofiq Amudaryo tuman Xalq ta’limi boʻlimining 2021-yil iyun-iyul oylaridagi 59-k, 62-k, 63-k, 65-k, 69-k, 71-k, 73-k-sonli buyruqlarida nazarda tutilgan xodimlarga xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmi koʻpayganligi uchun qoʻshimcha haq toʻlab berilmagani oqibatida Amudaryo tumani Xalq ta’lim boʻlimi xodimlari haq- huquqlarini roʻyobga chiqarishni soʻrab Adliya boʻlimiga murojaat qilishga majbur boʻlgan.

Amudaryo tuman Adliya boʻlimi tomonidan murojaatni oʻrganish davomida aniqlangan qonunbuzilish holatlarini barataraf etish yuzasidan 2021-yil 26-avgustda Amudaryo tumani Xalq ta’lim boʻlimiga taqdimnoma kiritilib, taqdimnoma asosida yuqorida sanab oʻtilgan xodimlarga jami 9.251.649 soʻm qoʻshimcha haq toʻlab berilishiga erishildi.

  

  

M.Matyusupov,

Amudaryo tuman

Adliya boʻlimi boshligʻi