Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyati o‘z ishini boshladi


Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyati o‘z ishini boshladi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarini tashkil etish, hukumat qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida olib borilgan say-harakatlar hamda o‘tkazilgan eksperimentning ijobiy natijalaridan kelib chiqib, Prezidentimizning 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi va mazkur hujjatda butun Respublikamizda Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etish belgilab berildi.
Mazkur qaror bilan 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida ham Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tashkil etildi.
Bugungi kunda markaz tomonidan davlat organlari va tashkilotlariga «E-huquqshunos» elektron tizimidan foydalangan holda yuridik xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Tashkil etilganliga qisqa muddat bo‘lganligiga qaramasdan markaz bir qancha samarali ishlarni amalga oshirdi. Xususan, tuman Yuridik xizmat ko‘rsatish markazimizga  biriktirilgan tashkilotlar bilan yaqindan ishlash va ularning huquqiy savodxonligini oshirish yuzasidan jami 42 ta seminar va targ‘ibot ishlari olib borildi.
Bundan tashqari, Markaz tomonidan biriktirilgan tashkilotlarning 317 ta buyruq va 65 ta shartnoma loyihalari huquqiy eskpertizadan o‘tkazilib 90 ta buyruq va 17 ta shartnoma loyihalari qonunchilikka zid bo‘lganligi sababli Markaz xodimlari tomonidan asoslantirilgan holda qaytarildi.
Hulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, Beruniy tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tumandagi davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatida: qonun ustuvorligini ta’minlash va tashkilot xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, sifatli va malakali yuridik yordam ko‘rsatish, shuningdek, mulkiy hamda boshqa huquqlari bilan bir qatorda qonuniy manfaatlarini o‘z vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini ta’minlashni asosiy maqsad sifatida belgilab, ularga doimo ko‘makdosh ekanligini bildiradi.


A.Kamalbaev,
Beruniy tumani Yuridik xizmat
ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti