Bog'lanish

Telefon
(+998 55) 101-10-08

Elektron manzil
qoraqalpoq@adliya.uz

Habar yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Diniy ekstremizm va terrorzimdan ogoh bo'laylik


Diniy ekstremizm va terrorzimdan ogoh  bo'laylik

     Ma'lumki, ekstremizm va terrorizm eng xatarli hamda oqibati eng xunuk jinoyat xisoblanib, butun dunyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikka xavf soluvchi tahdiddir. Bu mudhish qilmishlar yovuz niyatli kimsalar tomonidan dunyoning xohlagan mintaqasi, mamlakati, hududida turib, turli shakl va usullarda amalga oshirilishi mumkin.
       Ayni paytda dunyoning turli mintaqalarida xalqaro terrorizm va ekstremizmning yangi tahdidlariga qarshi kurashish borasida targ'ibot va amaliy faoliyatning kuchaytirilayotganligi hamda unga  qarshi kurashish nafaqat  huquqni muhofaza qiluvchi organlar, balki keng jamoatchilikning birinchi darajali vazifasi sifatida tan olingan.
     O'zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurashish to'g'risida”gi  va “Ekstremizmga karshi kurashish to'g'risida”gi Qonuni qabul qilindi, Qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.      Ushbu Qonunning asosiy vazifalari shaxs, jamiyat va davlatning terrorizmdan xavfsizligini ta'minlash, davlatning suverenitetini va hududiy yaxlitligini himoya qilish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan iborat.
   terrorizm — siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog'lig'iga xavf tug'diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy ob’ektlarning yo'q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur etkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko'zlab ig'vogarliklar qilishga, aholini qo'rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O'zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo'rlik, zo'rlik ishlatish bilan qo'rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar bo'lib xisoblanadi.
        terrorchi — terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan, shuningdek terrorchilik faoliyatida ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoxud O'zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni amalga oshirgan shaxs.
ekstremizm — ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga, O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zo'rlik bilan o'zgartirishga, hokimiyatni zo'rlik ishlatib egallashga va uning vakolatlarini o'zlashtirib olishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo'zg'atishga qaratilgan harakatlarning ashaddiy shakllari ifodasi;
ekstremist — ekstremistik faoliyatni amalga oshirishda ishtirok etayotgan, shuningdek ekstremistik faoliyatda ishtirok etish uchun xorijga chiqib ketishni yoxud O'zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishni amalga oshirgan shaxs;
Ekstremizmning oldini olishga doir chora-tadbirlar quyidagilardan iborat:
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda ekstremizmga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish;
ekstremistik faoliyatni amalga oshirishga yo'l qo'ymaslik to'g'risida rasmiy ogohlantirish chiqarish;
yuridik shaxs tomonidan ekstremistik faoliyat amalga oshirilishiga yo'l qo'ymaslik to'g'risida taqdimnoma kiritish;
ekstremistik materiallarni olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etishni taqiqlash;
ekstremizmni moliyalashtirishni taqiqlash;
yuridik shaxsning faoliyatini to'xtatib turish;
tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish.
        Terrorizmga va ekstremizmga qarshi kurashning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat, qonuniylik, shaxs huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, terrorizmning oldini olish choralari ustuvorligi, jazoning muqarrarligi, terrorizmga qarshi kurash oshkora va nooshkora usullarining uyg'unligi, jalb etiladigan kuchlar va vositalar tomonidan terrorchilikka qarshi o'tkaziladigan operatsiyaga rahbarlik qilishda yakkaboshchilik kilish.
       Terrorchilik va ekstremizm faoliyatining oldini olish davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalari, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa profilaktik choralar majmuini o'tkazish orqali amalga oshiriladi.Mo'ynoq tumani adliya bo'limi tumandagi tegishli tashkilotlarning masul xodimlari bilan xamkorlikda terrorchilik va ekstremizmning oldini olish maqsadida targ'ibot ishlari davom ettirilmoqda.

A.Dastenov,
Mo'ynoq tumani adliya
bo'limi boshlig'i